Umumiy tushunchalar



Download 44,91 Kb.
Sana04.03.2023
Hajmi44,91 Kb.
#916482
Bog'liq
Aniqlikka erishish usullari

Aniqlikka erishish usullari Reja: 1. Umumiy tushunchalar. 2. Aniqlikka erishish usullari: 2.1. Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash usuli. 2.2. Aniqlikka avtomatik erishish usuli. 3.Aniqlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar


Umumiy tushunchalar
Tanavor yoki detalning aniqligi deb, ularning haqiqiy o’lchamlarini ishchi chizmadagi, nusxasidagi yoki etalonidagi o’lchamlariga mos kelish darajasiga aytiladi.
Detalllarga mexanik ishlov berishda aniqlik tushunchasi deganda asosan detallarning ish chizmalariga ko'ra o'rnatilgan o'lchamlarining ishlov berish usuli bilan aniq bajarilishi, sirtlarining shakllari va o'zaro joylashuvlari standart bo'yicha o'rnatilgan qiymatlarda ta'minlanishi tushuniladi.
Mexanik ishlov berish natijasida turli omillar ta’siridan turlicha noaniqliklar va shakl xatoliklari kelib chiqadi. Masalan, bunday shakl xatoliklarni silindrik val tipidagi detallarda ko’rishimiz mumkin, silindrik sirtda bo’ylama kesimi yo’nalishi bo’yicha bochkasimon, egarsimon va konussimon shakl xatoliklari va ko’ndalang kesimi bo’yicha ovalsimon hamda ko’pqirralik shakl xatoliklari bo’ladi.
Detallarni ish chizmalari bo'yicha ishlov berishda o'lchamlarning eng yuqori va pastki chetga chiqishlari yoki yuqori va pastki chetga chiqish qiymatlari o'rtasidagi algebraik farq absalyut qiymatlarini ta'minlash muxim hisoblanadi. Шунинг учун деталларга ишлов беришда уларнинг номиналь ўлчамлардан рухсат этилган қийматлардан четга чиқишларини сақлаб қолиш ишлов бериш усулларини таъминлашнинг асосини ташкил қилади.
Detallarga mexanik ishlov berishda stanok, qo'llanilayotgan moslama, ishlov beruvchi asbob va detal konfigurasiyalarining ishlov berish va uning turlariga bog'liq ravishda ta'sirlari bo'ladi
Aniqlikka erishish usullari
Aniqlikka erishishning asosan ikkita usuli mavjud:
1. Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash yoki Sinov qirindisi olish va o’lchash usuli.
2. Aniqlikka avtomatik erishish usuli.
Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash usulining mohiyati shundan iboratki, dastgohda o’rnatilgan tanavor ishlanuvchi yuzasiga keskich asbob yaqin keltiriladi va boshlanish uchastkasidan qisqa masofada sinov qirindi olinib keskich oldingi holatiga surib qo’yiladi, so’ngra esa dastgoh to’xtatiladi. Ishlangan sirt o’lchagich asbob bilan o’lchab ko’riladi, chizmadagi o’lchamdan chetga chiqishi aniqlanib, keskich asbobning holatiga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish dastgoh limbi bo’yicha hisoblanib, amalga oshiriladi. Кeyin esa yana, tanavorning shu uchastkasiga ishlov berilib sinov qirindisi olinadi va o’lchanadi va bu aniq o’lchamga erishguncha davom ettiriladi. Undan keyin tanavorga butun uzunligi bo’yicha ishlov beriladi." Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usulida keskichni tanavorga nisbatan to’g’ri holati o’rnatiladi va talab etilgan o’lcham aniqligi ta’minlanadi. Navbatdagi tanavorga ishlov berishda bu uslubni qo’llash yana takrorlanadi.
2. Aniqlikka avtomatik erishish usuli
Aniqlikka avtomatik erishish usuli sozlangan dastgohlarda amalga oshiriladi va birinchi usulga xos bо’lgan kamchiliklardan ancha xolisdir.
«O’lchamlarni avtomatik olish usuli» bilan tanavorlarga ishlov berishda dastgohlar avvalam bor shunday sozlanishi kerakki, tanavordan talab еtilgan aniqlikka avtomatik ravishda еrishilsin va h.k. hamda uning aniqligi ishchining malakasiga va diqqat-е’tiboriga bog’liq bо’lmasin.
Shunday qilib, "Aniqlikka avtomatik еrishish" usuli sozlangan stanoklarda bо’lganligi uchun, talab еtilgan ishlov berish aniqligi ishchi-operatorga bog’liqlikdan, birinchidan dastlab dastgohni sozlagan sozlovchiga, maxsus moslama tayyorlagan asbobsozga va tanavordagi baza va о’lchamlarni belgilab beruvchi hamda о’rnatish va mahkamlash uslubini aniqlovchi hamda kerakli moslama loyihasini belgilovchi texnologga о’tadi.
Bu usulning afzalligidan seriyalab, yirik seriyalab va ommaviy (kо’plab) ishlab chiqarishlarda keng qо’llaniladi.
Bu usulni mayda seriyalab ishlab chiqarishda qо’llansa tejamkorlik jixatdan yaxshi natijalar bermaydi va о’zini qoplay olmaydi, chunki partiyadagi detallar soni juda ham kam bо’lganligi sababli maxsus dastgohlarni, moslama va asboblarni, shuningdek sozlash jarayonlarini qо’llash о’zini qoplay olmaydi, tayyorlangan detalning tannarxi juda ham yuqori bо’ladi; jiddiy texnologik tayyorgarlik, texnologik jarayonni puxta qilib yaratish va puxta sozlash sxemalarini qо’llash mayda seriyalab ishlab chiqarish sharoitida amalga oshirilmaydi.
Ко’rib chiqilgan har bir berilgan aniqlikka еrishish usulida о’ziga xos har-xil sabablarga kо’ra paydo bо’luvchi sistematik va tasodifiy ishlov berish xatoliklari kuzatiladi. Bu еsa, aniqlikka turli omillarning ta’sir еtishi natijasidir.
Aniqlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi:
-Dastgohlarning noaniqligi, emirilishi va deformasiyalanishidan hosil bо’luvchi xatoliklar;
- Кeskich asboblar yeilishining ta’siri;
-Texnologik tizimning haroratdan deformasiyalanish hatoligi;
-Texnologik tizimning bikrligi;
-Dastgohlarni sozlash hatoligi;
-Detallarni moslamalarga о’rnatish hatoligi;
-Tanavorlarning nusxalanish hatoligi;
-Tanavorlarning ichki kuchlanishidan sodir bо’luvchi xatoliklar va boshqalar.
Download 44,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish