Tokarlik stanogini geometrik aniqlikka sinash



Download 49,42 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2022
Hajmi49,42 Kb.
#446878
  1   2   3
Bog'liq
Amaliy ish 10


Tokarlik stanogini geometrik aniqlikka sinash


Ta'mirlashdan keyin yig‘ilgan dastgoh foydalanishdan oldin texnik nazorat bo‘limi tomonidan, albatta ta'mirlash sexi vakillari (usta, sex boshlig‘i) ishtirokida amalga oshiriladigan nazoratdan o‘tishi kerak. Texnik nazorat dastgohni geometrik aniqlikka va bikrlikka tekshirish, dastgohda ishlov berilgan mahsulotni aniqligini o‘lchash, tashqi ko‘rinishi va pardozsini tekshirishni nazarda tutadi. Ta'mirlashdan chiqqan dastgohlarni aniqlikka tekshirish yangi dastgohlarni qabul qilish uchun GOST .... “Stanki metallorejuщie. Normы tochnosti” standartdagi alohida guruhdagi dastgohlarga o‘rnatilgan aniqlik normalari bo‘yicha bajariladi. Sinash dastgohni gemetrik aniqlikka tekshirishdan boshlanadi. Sinashdan oldin dastgoh bikr stend yoki poydevorda aniq o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Dastgohlarni aniqlikka tekshirishda mos standartlar talablariga javob beradigan o‘lchash vositalari qo‘llanishi kerak. Xomaka ishlov berishga mo‘ljallangan dastgohlarni qabul qilishning alohida hollarida GOST da belgilangan barcha tekshirishlarni o‘tkazmasa ham bo‘ladi. Mos guruhdagi dastgohlarni bikrlikka sinash GOST .....
“Stanki metallorejuщie. Normы jestkosti” talablari bo‘yicha mos standartlarda o‘rnatilgan normalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Dastgohlarni ta'mirlash va yig‘ish jarayonida ba'zi defektlarga yo‘l quyilgan bo‘lishi mumkin. Tokarlik vint kesish dastgohlari defektlari ruyxatini keltiramiz: dastgohning titrashi (staninani tumba bilan, tumbani esa poydevor bilan ishonchli biriktirilmagani natijasida yuz berishi mumkin); supportning karetka bilan yetarlicha aniqlikda biriktirilmagani (karetka yo‘naltiruvchisi, support, rostlovchi klin, siqish plankasi va b. orasida lyuft mavjud bo‘ladi), tezliklar qutisida tormozning nosozligi, tishli g‘ildiraklarda shovqin, shpindelning o‘qiy siljishi, dastaklarni yomon fiksatsiyasi, tezliklarni qayta o‘lashning qiyinligi, nasosning moyni yomon uzatishi, friksionlarning ishlashida (ularning yomon rostlanganligi sababli) kuchli issiqlik ajralishi. Barcha bunday kamchiliklar dastgohni detallariga ishlov berish va yig‘ish texnologik jarayoniga amal qilinmaganligi natijasida kelib chiqishi mumkin.
Sinash natijasida aniqlangan kamchiliklar vedomostga kiritiladi va kamchiliklarga barham berish uchun ta'mirlash brigadasiga beriladi.
Yig‘ilgan dastgohni ko‘rikdan o‘tkazish, tekshirish yig‘uvchi-chilangarlar brigadiri, ta'mirlash-mexanik sexi ustasi va nazoratchi usta ishtirokida o‘tkaziladi. Ko‘rikdan keyin defektlar bo‘lmasa dastgohni oldin salt yurishlarda, keyin esa yuk ostida sinashni o‘tkazishga ruxsat beradi.
Dastgohning alohida uzellari ko‘rikdan o‘tkazilganidan keyin cheklovchilarning mavjudligi va sozligi, dastgohka xizmat ko‘rsatishda zarur jadvallarning borligi, elektrik, gidravlik va pnevmatik va b. jihozlarining mavjudligi va sozligi tekshiriladi.


Download 49,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish