363
Miopatiyaning turli shakllari nasllanish turi, jarayon boshlanish vaqti,
kechishining tezligi va xarakteri hamda mushak atrofiyasi topografiyasi bilan
o‘zaro farqlanadi.
Miopatiyalar klinik jihatdan mushaklar madorsizligi va atrofiyasi bilan
harakterlanadi. PMD ning turli shakllari mavjuddir.
Dyushen miodistrofiyasi (PMD ning psevdogipertrofik shakli)
Barcha PMD lar ichida eng ko‘p uchraydi. (30:100.000).
Ushbu shaklga
kasallik erta kelib chiqishi (2 – 5 yosh) va xavfli kechishi xos bo‘lib, asosan o‘g‘il
bolalar kasallanadilar. Dyushen miopatiyasi retsessiv turida X – xromosomaga
birikkan holda nasldan naslga o‘tadi. Patologik gen xromosomaning qisqa
yelkasida joylashadi. (X, yoki 21-xromosoma).
Gen mutatsiyasi deyarli yuqori bo‘lib, bunga kasallikni sporadik hollarining
ko‘pligi yorqin dalildir. Gen mutatsiyasi (ko‘proq deletsiya) mushak hujayralari
membranasida distrofin oqsilining yo‘qolishiga
olib keladi, bu esa
sarkolemmaning tarkibiy o‘zgartiradi. Bu kalsiyni ko‘p miqdorda chiqib ketishi va
miofibrillarni nobud bo‘lishiga olib keladi.
Kasallikning birinchi belgilaridan biri boldir mushaklarining zichlashishi va
psevdogipertrofiya hisobiga hajmining asta-sekin oshib borishi hisoblanadi.
Jarayon yuqoriga ko‘tariluvchi harakterga ega. Kasallik avj olgan bosqichga o‘rdak
yurish xos, bemor o‘zini u yondan bu yonga tashlab yuradi,
bu esa dumba
mushaklari madorsizligi bilan bog‘liq.
Buning natijasida tosning tayanch bo‘lmagan oyoq tomonga og‘ishi
(Trendelenburg fenomeni) va tananing qarama-qarshi tomonga kompensator
og‘ishi yuzaga keladi (Dyushen fenomeni). Yurganda og‘ish yo‘nalishi doimiy
o‘zgaradi. Buni Trendelenburg holati orqali tekshirish mumkin. Bemordan oyoqni
chanoq-son va tizza bo‘g‘imidan to‘g‘ri burchak ostida bukkan holatda bir oyoqni
ko‘tarish so‘raladi, oyoq ko‘tarilgan tomonda tos pastga tushadi (me’yorda esa
ko‘tariladi), bu vaziyat tayanch oyoqning o‘rta dumba
mushagi quvvatsizligidan
kelib chiqadi.
Dyushen miopatiyasida yaqqol lordoz, qanotsimon kuraklar, mushak
kontrakturalari kuzatiladi, tizza refleksi erta yo‘qoladi.
Suyak tizimida bir qator
o‘zgarishlar uchraydi (panja, ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasi deformatsiyasi,
diffuz osteoporoz) goho intellekt pasayishi va turli endokrin buzilishlar kuzatiladi
(adipozogenital sindrom, Itsengo-Kushing sindromi). 14 – 15 yoshga kelib bemor
to‘liq harakatdan qoladi, terminal davrda jarayon yuz, xalqum,
diafragma
mushaklariga tarqalishi mumkin. Bemorlar ko‘pincha 30 yoshlarda
kardiomiopatiya yoki interkurrent infeksiyadan nobud bo‘ladilar.
Dyushen miopatiyasining o‘ziga xos xususiyati bu – mushak fermenti –
kreatinfosfakinaza (KFK) miqdorining o‘n va yuz barobar, mioglobin miqdorining
6 – 8 barobar oshib ketishidir.
Tibbiy-genetik maslaxat berish uchun geterozigot tashuvchanlikni aniqlash
katta ahamiyatga ega. 70% geterozigot tashuvchilarda
mushak patologiyasining
klinik va subklinik belgilari: boldir mushaklarining kattalashuvi va zichlashuvi,
364
jismoniy zo‘riqishda tez mushaklarning charchashi, mushak bioptatlari va EMG
ko‘rsatkichlari biopotentsiallarining o‘zgarishlari ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: