Masofadagi belgilar.
Ular o‘choqli belgilarga nisbatan kech paydo bo‘ladi
va noturg‘undir, miya shishishi va miya to‘qimasining siljishi natijasida
likvorodinamikaning buzilishi oqibatida paydo bo‘ladi. Ko‘pincha ular 2 turdagi
dislokatsion sindromlar ko‘rinishida kechadi.
1. O‘sma chakka bo‘lagida joylashganida gippokamp pushtasini miya
chodiri teshigida siqilib qolishi natijasida kelib chiqadi. Bunda miya oyoqchasi va
uzunchoq miya eziladi, xushning buzilishi fonida ko‘zni harakatlantiruvchi
nervning (ptoz, midriaz, tashqariga qaragan g‘ilaylik) shu tarafda zararlanishi bilan
kechadi.
2. Subtentorial o‘smalarda miyacha bodomchalari va miya so‘g‘oni pastki
qismlari katta ensa teshigiga tiqilishi mumkin. Klinik jihatdan bu sindromlar
xushni, nafasni, yurak faoliyatini buzilishi, tonik tutqanoqlar bilan xarakterlanadi.
Bosh miya o‘smasining qiyosiy tashhisi miyaning avj oluvchi tomirli
kasalliklari, anevrizma (ko‘pincha venoz-arterial), miya abstsessi, meningit,
ensefalit, tuberkuloma, gumma, kraniostenoz va miyaning parazitar kasalliklari
(sistotserkoz, exonokokkoz) bilan o‘tkaziladi.
Bosh miya o‘smasini tashhisi yaxshi yig‘ilgan anamnez (asta-sekin
kasallikni boshlanishi, umum miya va o‘choqli belgilarni oshib ketishi) va odatda,
umum infeksion belgilarning bo‘lmasligiga asoslanib qo‘yiladi. O‘smaga shubha
bo‘lganda orqa miya punktsiyasini ehtiyotkorlik bilan o‘tkaziladi. Chunki yuqorida
aytilgan dislokatsion sindromlar rivojlanishi mumkin. Tashhisiy usullardan eng
dolzarbi bo‘lib MRT, KT va kraniografiya hisoblanadi.
Davolash.
O‘sma joylashishiga qarab radikal yoki palliativ jarrohlik
aralashuvi o‘tkaziladi. Radikal operatsiyalarga kasallikning erta davrida yaxshi
sifatli miyadan tashqaridagi o‘smalarni olib tashlash kiradi. Palliativ operatsiyalar
operatsiya qilib bo‘lmaydigan o‘smalarda dekompression trepanatsiya ko‘rinishida
o‘tkazilib, bu likvorotsirkulyatsiyani yaxshilashga imkon yaratadi.
Konservativ davo: ximioterapevtik o‘smaga qarshi vositalar (neotsid,
tioTEF), gormonlar va rentgenoterapiya yordamchi xarakterga ega.
Hamma hollarda degidratatsion davo o‘tkaziladi. Mannit 10-20% eritmasi
v/i 0,5-1,0 g/kg vaznga hisobida qo‘llaniladi. Diakarb (fonurit) 0,25 kuniga 2
mahal, glitserin 0,2-0,5 g/kg vaznga (10-150 ml/sut) ichishga, kortikosteriodlar
361
tavsiya etiladi. Nurli davo operatsiyadan keyin, kam hollarda yomon sifatli
o‘smalarni mustaqil davolash uchun ishlatiladi. O‘smalarni gistologiyasini bilish
nurli davo tavsiya etishning birdan bir sharti bo‘lib hisoblanadi.
Oqibati: miyadan tashqaridagi o‘smalarni xirurgik va kombinirlangan
davolagandan keyin (meningiomalar, nevrinomalar, xolesteatomalar va boshqalar)
to‘liq tuzalishi yoki uzoq davom etuvchi remissiya miya zararlanishining qoldiq
belgilari bilan kuzatilishi mumkin. Miya ichi o‘smalarida operatsiya qisqa
muddatga yordam berishi mumkin.
362
Do'stlaringiz bilan baham: |