Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Qadoqsimon tana o‘smasi. 
Asosan psixotik buzilishlar (karaxtlik, tormozlanish
alaxsirash, aqliy zaiflik, konfabulyatsiyalar), hushning buzilishlari, psevdobulbar 
belgilar, chap qo‘lning apraksiyasi bilan xarakterlanadi.
Po‘stloq osti tugunlari o‘smalari. 
Bular uchun ekstrapiramida giperkinezlari yoki 
parkinsonizmdagi tonik sindromlari tipik hisoblanadi.
Ko‘ruv bo‘rtig‘i o‘smasi. 
Kontrlateral gemigipesteziya, giperpatik tusdagi 
gemiparesteziya, sensitiv gemiataksiya, astereognoz, talamik og‘riqlarning bo‘lishi 
bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, gipertrixoz, giperkeratoz ko‘rinishidagi 
trofik buzilishlar, terining atrofiyasi, ko‘pincha atetoz, depressiya kuzatiladi.
Epifiz o‘smasi. 
Erta jinsiy rivojlanish, vaqtdan oldin aqliy rivojlanish, tashqi 
jinsiy a’zolar o‘lchamining kattalashishi, uyquning buzilishi, yuqori va pastga 
nigohini falaji bilan xarakterlanadi.
Gipofizar soha o‘smasi. 
Adenogipofiz o‘smasi (xromofob, eozinofil, bazofil 
adenomalar, adenokartsinomalar) va gipofizar yo‘lning embrional qoldiqlaridan 
o‘suvchi o‘smalar (kraniofaringiomalar) farqlanadi.


 359
Bu soha o‘smalari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
1. Endokrin – modda almashinuvining buzilishlari o‘sma turiga bog‘liq. 
Xromofob adenomada uyquchanlik, jinsiy kuchsizlik, tashqi jinsiy a’zolarning 
rivojlanmaganligi, amenoreya, son, chanoq, sut bezlari va ensani semirishi
polidipsiya, bulimiya yoki anoreksiya, qandsiz diabet, terining rangparligi va 
quruqligi, gipoglikemiya, tirnoqlar sinuvchanligi, arterial bosimni oshishi 
kuzatiladi. Eozinofil adenoma akromegaliya sindromi (burni, qosh usti ravog‘i va 
engagining yirikligi, tilining kattalashishi, kaft va tovonni, ichki a’zolarning 
kattalashishi, gigantizm) bilan kechadi. Itsenko-Kushing sindromi gipofizni bazal 
adenomasi uchun xarakterli bo‘lib, qorinda, tanada, bo‘yinda yog‘ni to‘planishi, 
oysimon qizil yuz, amenoreya, son, qorin va ko‘krak terisida striyalar paydo 
bo‘lishi, arterial bosimni oshishi, giperglikemiya, eritremiya, girsutizm va kaftlarni 
osteoporozi bilan kechadi.
2. Xiazma ichki qismini zararlanish belgilari bitemporal gemianopsiya va 
ko‘ruv nervi diskini birlamchi atrofiyasi ko‘rinishida kechadi.
3. Turk egari tarafidan suyak o‘zgarishlar bilan kechib, bu uning hajmini 
kattalashishi, turk egariga kirish qismining kengayishi yoki destruktsiyasi 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Kraniofaringioma ko‘pincha bolalik davridayoq namoyon bo‘ladi. Uning 
uchun infantilizm, bo‘y va jinsiy rivojlanishning orqada qolishi, amenoreya, 
qandsiz diabet, giperglikemiya xos. O‘sma kista hosil qilish xususiyatiga ega. 
Ko‘pncha kista yorilib, turli darajadagi meningial belgilar yuzaga keladi va tana 
harorati subfebrildan to baland ko‘rsatkichlargacha ko‘tarilishi mumkin. Bunda 
likvorda yuqori miqdorda oqsil, pleotsitoz va ksantoxromiya kuzatiladi. Ko‘pchilik 
hollarda o‘smaning ba’zi qismlari ohaklanib, kraniofaringiomaning muhim 
rentgendiagnostik belgisi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish