Fargʼona va Choch ilk oʼrta asrlarda: ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish anʼanalari



Download 21,11 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi21,11 Kb.
#568446
Bog'liq
fargona choch manba


Fargʼona va Choch ilk oʼrta asrlarda: ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish anʼanalari
Post Views: 1 835

Xoʼjalik yuritish usullari. Fargʼona vodiysini ilk oʼrta asrlardagi xoʼjalik hayotini aks ettiruvchi arxeologik obʼektlarni solishtirib oʼrganishga koʼra dehqonlar va chorvadorlarning oʼzaro munosabatlari oʼrganilayotgan davrda dinamik ravishda rivoj topadi. Biroq, Fargʼona koʼchmanchi-chorvadorlari haqida gap ketganda bir jarayonga eʼtibor berish kerak. Bu ularning xoʼjalik mashgʼulotlari bilan bogʼliq boʼlib, mazkur voqelik etnografiya maʼlumotlari bilan tanishish davomida koʼzga yaqqol tashlanadi. Maʼlumki, qadimdan vodiy chorvadorlari Oʼrta Osiyoni boshqa yerlaridan bir oz farq qiladigan oʼziga xos xususiyatlariga ega boʼlgan. Etnografik maʼlumotlarga koʼra, yarim koʼchmanchi aholi asosiy mashgʼuloti chorvachilik bilan bir qatorda dehqonchilik, xususan, lalmikor dehqonchilik bilan ham shugʼullangan. Masalan, Qoʼqon xonligi davrida vodiyni togʼ hududlari bilan dehqonchilik vohalari oraligʼidagi ayrim hududlarda (togʼoldi, adir) dehqonchilik qiladigan yarim koʼchmanchi aholi yashagan [1]. Bu jarayon ilk oʼrta asrlarda ham kuzatilgan va u koʼpgina shu davr qabriston materiallari tarkibida ham yaqqol koʼzga tashlanadi. Keyingi paytda qoʼlga kiritilgan arxeologik materiallar Fargʼona vodiysida ilk oʼrta asrlarda quyidagi xoʼjalik yuritish usullari boʼlganini koʼrsatmoqda: 1) Dehqonchilik. Voha dehqonlarini gʼalla, paxta, ipak va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetkazishgani haqida ashyoviy dalillar bor. Bunday anʼanaviy xoʼjalik yuritish vodiyda uzoq tarixga ega, yaʼni miloddan avvalgi II ming yillik oʼrtalaridan — ilk dehqonchilik makonlari paydo boʼlgandan boshlab davom etib kelmoqda. 2) Hunarmandchilik. Bu asosan shahar aholisi va ayrim qishloqlar hayoti bilan bogʼliq boʼlib, vodiyda ilk oʼrta asrlarda juda rivojlangan. Yozma manbalar vodiyda VII-VIII asrlarda 100 dan ortiq shaharlar boʼlganligini xabar beradilar. Shaharlarda asosan hunarmandchilik va ayrim olingan shaharlarda qishloq xoʼjalik tovarlarini qayta ishlash mavjud boʼlgan. Bu xoʼjalik yuritish usuli oldingi — antik davr shahar hayoti uchun ham qayd etilgan. Masalan, Xitoy yozma manbalarida Yuchen (Oʼzgan yaqinidagi Shoʼrabashot yodgorligi) shahar hokimi toʼgʼrisida maʼlumot bor [2]. 3) Chorvachilik. Bu xoʼjalik turi bilan koʼchmanchilar shugʼullanib, ular togʼ va adirlardagi yaylovlarda xoʼjalik yuritishgan; chorvalarga yaylov qidirib bir joydan ikkinchi yerga koʼchib yurishgan, arxeologik topilmalarga koʼra mayda va yirik shoxli (qoʼy, mol, echki) va transport hayvonlari (ot, eshak, tuya) boqishgan. Bundan tashqari ular hayotida ovchilik va harbiy jangovarlik faoliyati katta rolь oʼynagan. Bu guruh uchun etnografiyadagi vertikal [3], yaʼni pastdan yuqoriga, yuqoridan pastga koʼchib yurish (balki, togʼlar (yuqori) — choʼllar, vohalar (quyi) xos boʼlgan. Geografik sharoitlardan kelib chiqib, ular hayotidagi koʼchib yurish koʼlami (amplituda kochevaniya) Qozogʼiston va Sibirь koʼchmanchilariga nisbatan kamroq kuzatiladi. Ularning bir qismi qishki manzillarida qolib, yaylov chorvachiligi va parranda yetishtirish bilan ham shugʼullanganlar. Chorvadorlar togʼoldi, adir va qoʼriq yerlarda tirikchilik qilib, lalmi ekinlar bugʼdoy, arpa, tariq kabilarni qoʼshimcha ravishda yetishtirganlar. Baʼzi holatlarda ayrim sugʼorish mumkin boʼlgan joylarda bu guruh mayda yoki lalmi dehqonchilik bilan shugʼullanganlar. Ushbu guruhda oʼtroqlashish jarayoni juda oson kechib, ular tez orada oʼtroq dehqonchilik bilan shugʼullanib ketganlar.

Har uchala guruhga xizmat qilgan jamiyatdagi yana bir qatlam savdogarlar roli ham sezilarli boʼlgan. Qitʼalararo savdo yoʼli – Ipak yoʼli rivojlangan va uning yangi tarmoqlari ochilib, faoliyat koʼrsatgan. Yozma maʼlumotlarga koʼra, VII-VIII asrlarda Fargʼona va Choch hukmdorlari Xitoy imperatoriga yuqori sifatli shisha, mashhur qirmizi rang otlar yetkazib berganlar [4].

Yuqorida keltirilgan bunday murakkab xoʼjalik yuritish jarayoni har ikki Fargʼona va Choch oʼlkalari uchun xarakterli edi. Chunki ularning koʼp ukladli xoʼjaligi bir- birlariga juda oʼxshab ketgan. Ulardagi jamiyatning ijtimoiy tarkibi erkin jamoa ishlab chiqarishga asoslangan dehqon va chorvador xoʼjaliklari, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Dehqonchilik madaniyati taʼsirida koʼplab chorvadorlar asta-sekin oʼtroqlasha borganlar. Shuning uchun boʼlsa kerak, ayrim chorvadorlar qishlaydigan xududlarda ularning turarjoy qoldiqlari ham topilgan [5]. Bu jarayon V-VIII asrlardagi Fargʼona chorvadorlari hayotida yaxshi kuzatiladi. Jumladan, ziroatchilar va chorvador-koʼchmanchi aholi moddiy madaniyatida koʼp oʼxshashliklar qayd etiladi. Bunday oʼziga xos xoʼjalik yuritish aloqalari shimol, shimoli-gʼarbda Fovasoy va Sumsarsoy havzalaridagi mozorlar — qurum va mugʼxonalar [6], janubi-gʼarb va janubda — Borkorboz, Xonqiz II, Qayragʼoch, Qora Moʼynoq, Vorux, Chorku I, II, Isfara, Qalantarxona (yorma va lahad goʼrlar), sharqda boʼlsa Keden, Qorajar, Qorakoʼlja kabi arxeologik yodgorliklari materiallari tarkibida kuzatiladi [7]. Bu fargʼonacha xoʼjalik yuritish usuli vodiy aholisi oʼrtasida mavjud boʼlgan xoʼjalik tafovutlarini sekin-asta yoʼqolib borishiga, ilk oʼrta asrlar nihoyasiga kelib, bir butun sugʼorma dehqonchilik va shahar hunarmandchiligiga asoslangan hukmron xoʼjalikka aylanishiga olib keldi. Xoʼjalikning iqtisodiy asosini erkin jamoa ishlab chiqarishi tashkil etgan. Dehqonchilik erkin dehqon jamoalari – kashovarzlar, dehqonzodalar va kadivarlar mehnati asosiga oʼtadi. Endilikda dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikda asosiy mahsulotlarni aynan erkin jamoachilar ishlab chiqarganlar hamda ular jamiyatning oʼzagini tashkil etgan [8]. Аytilganlarga qoʼshimcha etish kerakki, keltirib oʼtilgan mozor-qoʼrgʼonlar guruhi chorvadorlar qoldirgan yodgorliklar deb hisoblanadi. Bulardan kelib chiqib va etnografik maʼlumotlarni hisobga olib, dehqonlar va koʼchmanchi-chorvadorlar yagona boshqaruv va maʼmuriy tizimga ega boʼlgan, degan fikrni ilgari surish mumkin [9].

V-VI asrlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Maʼlumki, V asr boshlarida Oʼrta Osiyoning siyosiy xaritasidagi yirik davlatlar tanazzulga yuz tutib yemiriladilar. Manbalardagi 435 yildan keyingi maʼlumotlarda Kushon imperiyasi, Kanguy, Davan kabi konfederativ davlatlar nomi uchramaydi, ular tarix sahnidan ketadilar. Bungacha Davan va Kanguy atamalari yozma manbalarda oxirgi marta uchraydi. Jumladan, Xitoyning Ilk Sinь (351-394) podsholigining Ilk Lyan yeri hukmdori Fu Szyanь biografiyasida yozilishicha, uni huzuriga 379 yili Davan va Kanguydan elchilar keladilar [10]. Аna shu yirik davlat birlashmalari oʼrnida koʼplab mayda yer egaliklari (mulklar) paydo boʼladi (aniqrogʼi «davlatcha»lar — B.M.). Taʼkid joizki, xududiy jihatdan vodiyga yaqin boʼlgan Sharqiy Turkistonda (Shinjon) ham mayda va mustaqil davlatchalar tizimi boʼlgan [11]. Oʼrganilayotgan davrda Oʼrta Osiyoda yer egaliklari («davlatchalar») soni 15 ta edi, keyinroq ular koʼpaygan [12]. Bu mulklar asosan mayda vohalarda tarkib topgan shaharchalar asosida paydo boʼlib, ularga atrofdagi yerlar ham qarar edi. Аna shunday yer egaligida oʼzini mahalliy ishlab chiqarish (iqtisodiy) markazi vujudga keldi va oxir-oqibatda u shahar tusiga kirib boradi [13].

Аna shu yer egaliklari (mulklar yoki voha davlatlari)da asosan shahar va qishloq aholisi yashagan. Ular soʼnggi antik va ilk oʼrta asrlarda ijtimoiy oʼzgarishlarga uchragan hamda jamiyatning ijtimoiy tarkibiga taʼsirini oʼtkazgan. Jumladan, VVIII — asrlardagi arxeologik yodgorliklarni roʼyxatiga asosan tuzilgan xaritaga koʼra, ilk oʼrta asrlarda shaharlar soni antik davrga nisbatan mayda shaharlar hisobiga ortadi. Bu davrda qishloqlar (42,60%) va qasrlar, qalʼa-qoʼrgʼonlar soni (12,59%) ham ortadi. Yaʼni, antik davrga nisbatan ilk oʼrta asrlarda erkin dehqon xoʼjaliklarining badavlat tabaqasi – dehqonzodalar mulki asosida qad koʼtargan qasrlari tevaragida tarkib topgan shaharlar soni koʼpayadi. Bundan kelib chiqadiki, qishloq jamoalari ichida mulkiy tabaqalanish jadal kechgan, mayda mulk egalari kashovarzlarning bir qismi mulksiz kadivarlarga, ular hisobiga boyib borayotgan kechagi kashovarzlarning boshqa bir qismi esa badavlat dehqonzodalarga, yaʼni mulkdor feodallarga aylanib borgan [14]. Mulkiy tabaqalanish va tengsizlik hosilasi sifatida jamiyatda ijtimoiy qarama-qarshi guruhlari paydo boʼladi. Jamiyatda qulchilik boʼlgani haqida yozma maʼlumotlar bor. Bu xaqda VIII asr boshlaridagi shartnomada (Samarqand shartnomasi ham deyiladi) qayd etilishicha, Fargʼona arablarga 200 ming draxm (dirxam) miqdorida moddiy boylik va qullar yetkazib berishi koʼzda tutilgan [15].

B. Аbdulgazievaning Fargʼona vodiysining bir qismi – Qoradaryo yuqori va quyi oqimlari yodgorliklari asosida bildirgan fikri: yaʼni antik davrda qishloqlar sonini ortishi va shaharlar kamligi; ilk oʼrta asrlarda qalʼa-qoʼrgʼonlar hamda shaharlar sonini ortishi xususiyati [16] bizning materiallarimizda oʼz tasdigʼini topmadi. Toʼgʼri, yuqorida keltirib oʼtganimizdek, antik davr uchun shaharlar 16 ta edi [17] ilk oʼrta asrlarda ular 22 taga yetdi. Ulardan faqat ikkitasi ilk oʼrta asrlarda paydo boʼladi. Аynan antik davr oxirlarida vodiydagi Uchqoʼrgʼon I (maydoni 12 gektar), Qaynovot (15 ga), Qoradaryo (10 ga), Jilandi (7 ga), Shimoliy Qurshob (5 ga), Yangibozor (10 ga), Mozortepa (12 ga), Kalamishtepa (12 ga), Oqtepa (12 ga) kabi shaharlar tanazzulga yuz tutadilar va ilk oʼrta asrlarda yirik shaharlar kamayadi. Biroq, qishloqlar ulushi antik davrdagidan kam emas edi (42,60%) va ayrim qishloqlar baʼzi tovarlarni ishlab chiqarish boʼyicha ixtisoslashadilar. Xullas, ilk oʼrta asrlarda Fargʼona vodiysida har bir irrigatsiya rayoni va vohasida qishloq hokimliklari hamda ayrim yirik shaharlar asosida esa shahar-davlatlar tashkil topadi. Ularni boshqarishda maliklik boʼlgan. Buni V-VI asrlarga taalluqli, deb topilgan tanga va undagi yozuvni «maligi Fargʼona Chesh (Chish)», deb oʼqilishidir [18].

Siyosiy jihatdan V-VI asrlar Fargʼona tarixida notinch davr edi. Yozma manbalardagi mashhur Davan davlati tarix sahnasidan ketadi. Xususan, xitoycha Beyshi nomli manbani 97-bob birinchi qismida, 436 yilda boʼlib oʼtgan voqea-hodisalarni bayoni berilganda, Davan davlati tilga olinmagan. Bundan bir oz soʼng — 510 yili Oʼrta Osiyoda (ehtimol Fargʼonada ham) eftalitlar davlati paydo boʼladi. Balki eftalitlarni Oʼrta Osiyo hududlariga bostirib kirishi yuqorida tilga olingan yirik davlatlar yemirilishini tezlashtirgan boʼlishi mumkin. Bu vaqtdagi notinchlik toʼgʼrisida oʼsha Xitoy manbalari xabar beradilar. «Yuanь-vey (386-550/557) va Szinь (265-480) sulolasi hukmronligi davrida Farbiy oʼlkalar bir-birlari komiga tushdilar. Ularda kechayotgan voqealarni tushunib boʼlmaydi» [19]. Oʼsha bir-birlarini yutib yuborayotgan oʼlkalar (mulklar) haqida yozma manbalarda maʼlumotlar kam uchraydi. Manbalarda quyidagi oʼlkalar qayd etilgan: Chjeshe (oldingi Qangʼli), Sharqiy Sao (Ustrushona), Sivanьtszinь (Samarqand), Farbiy Sao (Ishtixon), Nyumi (Buxoro vohasi) Szyasheni – Kushaniya (Kesh), Noshe-bolo (Naxshab) va boshqalar. Qoʼshimcha qilib aytamizki, qoʼshni Chochda beshta [20], Sugʼdda (Kan) bir necha (9 ta) yer egaligi boʼlib, ularda Chjaou (Jabgʼu) urugʼi avlodlari hokimlik qilishgan.

Nomlari zikr etilgan manbalarda Fargʼona «Lona», «Polona» nomi bilan tilga olinadi (Beyshi, birinchi boʼlim). Xitoyning Shimoliy Vey davridagi (384-534) «Veyshu»da taʼkid etilishicha, 436 yili elchi Dunь Vanь «Polona»-oldingi Davanь davlatigacha borgan [21]. Demak, bundan maʼlum boʼlyaptiki, Polona-bu alohida davlat va u oldingi Davan (Fargʼona) yerlarida joylashgan.



V-VI asrlarda Fargʼonadagi siyosiy vaziyat haqida yozma manbalarda maʼlumot kam. Faqat shu davr voqealariga bagʼishlangan manbada bir xabar bor. «Lona — bu qadimgi Davan, qarorgoh — Guyshanь, Qashgʼar shimoli-gʼarbida, Daydan 14450 li. da joylashgan. Txayxo hukmronligini uchinchi yozida, 479 yilda hokim chopar bilan qirmizi rang zotdor otlar (ular «qon bilan terlaydigan» (potokrovnыe) deyiladi) joʼnatdi, shu vaqtdan eʼtiboran, sovgʼa-salom bilan elchilar yuborib turildi» [22].

Demak, Oʼrta Osiyoni boshqa hududlaridagi materiallarni hisobga olib, yozma manbalarga asoslangan holda aytish mumkinki, Fargʼona — Davanь podsholigi yemirilgach, bir necha mayda yer egaliklariga boʼlinib ketgan. Аna shu yer egaliklarini eng yirigi yozma manbalar xabar bergan Polona (Lona) edi. Аrxeologik materiallarni tahlil etish, yozma manbalarni diqqat bilan oʼrganish ushbu satrlar muallifiga vodiyda ilk oʼrta asrlarda yettita katta yer egaligi mavjud boʼlganligi va ular joylashgan oʼrnini aniqlashga imkon bermoqda
Download 21,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish