O’zbekistonda xususiylashtirish bosqichlari



Download 7,1 Kb.
Sana18.04.2023
Hajmi7,1 Kb.
#929946
Bog'liq
O’zbekistonda xususiylashtirish bosqichlari-hozir.org


O’zbekistonda xususiylashtirish bosqichlari

O’zbekistonda xususiylashtirish bosqichlari


Xar qanday jamiyatning iqtisodiy tuzilishi mulkchilikdan boshlanadi. Ajdodlar
tomonidan yaratilgan ne’matlar albatta mulk shaklida namoyon bo’ladi.
Umuman olganda, mamlakat miqyosida mulk va uning ko’payib borishiga ikki tomondan
yondashish mumkin. Odamlarning mulki qancha ko’p bo’lsa, davlat ham shuncha boy bo’ladi
yoki aksincha, davlat qancha boy bo’lsa, aholining mulki ham shuncha ko’p bo’ladi, farovon
yashaydi.
Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish yoki davlatlashtirishdan qaytish bu davlatning
iqtisodiy faoliyatdagi hukmronligini, monopol mavqeini sindirib, iqtisodiyotni
boshqarishda yagona davlat mexanizmi o’rniga aralash iqtisodiyotga xos bozor
mexanizmiga keng yo’l berishni ifodalaydi. U mulkni davlat tasarrufidan chiqarishdan
tashqari, davlatning markazlashgan rejalashtirish, narx belgilash, tashqi savdo, valyuta
munosabatlari va boshqa iqtisodiy faoliyatdagi yakka hukmronligini keskin qisqartirilishini o’z
ichiga oladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish — bu iqtisodiyotni tartibga solishni to’la bozor
mexanizmiga topshirish emas, balki bozor mexanizmi bilan davlat aralashuvini optimal darajada
bo’lishini ta’minlashdan iborat. Sababi, hozirgi iqtisodiyot davlat aralashmasa samarali rivojlana
olmaydi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirishning asosini davlat tasarrufidan chiqarish tashkil etadi.
Davlat tasarrufidan chiqarish deganda davlat mulkini turli mulk va xo’jalik yuritish shakllariga
aylantirish tushuniladi.
Davlat tasarrufidan chiqarishning asosini xususiylashtirish tashkil etadi.
Xususiylashtirish — bu davlatga qarashli mulkning fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy
mulk shaklida berilishidir.
Xususiylashtirish yakka xususiy mulk va shu mulkka asoslangan korxonalar tashkil etish
yo’li bilan yoki guruhiy korporativ xususiy mulk, ya’ni ma’lum maqsadni ko’zlab o’zaro
birlashgan mulk sohiblari mulki asoslangan korxonalar tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Xususiylashtirish miqyosi va uslublari, muddati turlicha bo’lib, ular asosan har bir
mamlakatning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq.
O’zbekiston modeli» bo’yicha xususiylashtirishni bosqichma-bos-qich, «oddiydan
murakkab sari» qoidasi asosida amalga oshirish ko’zda tutildi. Birinchi (1992—1994 yillar)
bosqichda xususiylashtirish savdo, maishiy xizmat sohasi doirasida amalga oshirildi.
Kichik xususiylashtirishni amalga oshirish natijasida savdo-sotiq hajmi va umumiy
ovqatlanish, yalpi mahsulotning 82% dan ortig’i nodavlat sektor hissasiga to’g’ri kelgan.
Uy-joylarni xususiylashtirish natijasida bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy
fondining 95% dan ortig’i fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lib qoldi. Bunda har uch kvartiraning
bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o’qituvchilar,
tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlar, ijodiy ziyolilar kvartiralarning bepul egalari bo’lishdi.
Kam daromadli, mehnatga layoqatsiz va yolg’iz, keksa shaxslar, yosh oilalar hamda
fuqarolarning ijtimoiy himoyalanmagan, kam ta’minlangan boshqa toifalari, uy-joyga muhtojlar
uchun aniq maqsadli maxsus kommunal uy-joy zaxiralari tashkil etildi.
kkinchi bosqichda (1994(yil o’rtalaridan boshlab)-1995 yillar) ommaviy
xususiylashtirish boshlandi. Bu bosqich engil, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati, tayyorlov
shoxobchalari, qurilish, transport, aloqa korxonalarini qamrab oldi.
Jahon banki yalpi xususiylashtirish mexanizmini ishlab chiqishda katta yordam ko’rsatdi.
Bank mutaxassislari tavsiyasiga ko’ra korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarib aktsionerlik
jamiyatlariga aylantirishni quyidagicha amalga oshirish ko’zda tutildi.
25% gacha — mehnat jamoasiga, 25% gacha — davlatga (davlat bilan mehnat
jamoasining hissasi 49% dan oshmasligi lozim).
Kamida 50% i erkin sotuvga, shu jumladan, 25% va undan ortiqrog’i xorijiy investorga
sotilishi belgilandi.
«O’zbekiston modeli» xususiylashtirilgan korxonalardan tushgan mablag’lar ishlab
chiqarishni texnika bilan qayta qurollantirish, xususiylashtirilgan korxonalarni, tadbirkorlikni
rivojlantirishga sarflanishi bilan ajralib turadi.
Uchinchi bosqich 1996-1998 yillarni o’z ichiga olib, aktsiya nazorat paketlari davlat
ixtiyorida bo’lgan yirik korxonalarning aktsiyalarining davlat ulushi sotilishi amalga oshirish
boshlandi. Xususiylashtirilmaydigan davlat ahamiyatiga ega bo’lgan, umumjamiyat manfaati
uchun zarur bo’lgan korxonalar ro’yxati va byudjetdan tashqari fondlar Oliy Majlis va Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yildi.
Uchinchi bosqich 1996-1998 yillarni o’z ichiga olib, aktsiya nazorat paketlari davlat
ixtiyorida bo’lgan yirik korxonalarning aktsiyalarining davlat ulushi sotilishi amalga oshirish
boshlandi. Xususiylashtirilmaydigan davlat ahamiyatiga ega bo’lgan, umumjamiyat manfaati
uchun zarur bo’lgan korxonalar ro’yxati va byudjetdan tashqari fondlar Oliy Majlis va Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yildi.
2003 yil 26 avgustda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig «Davlatning past
rentabelli, zarar ko’rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor korxonalar va ob’ektlarni
xususiylashtirishni tezlashtirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risidagi» qarori muhim
ahamiyatga ega. Unga ko’ra past rentabelli, zarar ko’rib ishlayotgan iqtisodiy nochor korxonalar
va past likvidli ob’ektlarni 0 qiymatida tanlov asosida investorlarga investitsion majburiyatlar
qabul qilish yo’li bilan sotish tartibi va xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari aktivlari
bahosini navbatma-navbat pasytirish tartibini tasdiqladi.
«O’zbekiston modeli»da mulk shakllarining xilma-xilligiga bi-rinchi navbatda xususiy
mulkka e’tibor beriladi, chunki mulk o’z egasini topsagina, haqiqiy mulkka aylanadi.
O’zbekistonda o’tkazilayotgan tub islohotlar, jumladan, mulkchilikni isloh qilish,
iqtisodiyotni rivojlantirish pirovard natijada demokratik o’zgartirishlar qilish, kuchli, suveren,
huquqiy davlatni barpo etish, xalqimizni farovon, osuda hayot kechirishini ta’minlashning
moddiy negizini yaratishga qaratilgan.
E’tiboringiz uchun raxmat!
2141-guruh

Abduqayumova Xadicha


http://hozir.org
Download 7,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish