Instituti ma’muriyat-boshqaruv bo‘lim xodimlari, hisobot bo‘limi va ilmiy xodimlar o‘rtasida vazifalar taqsimoti



Download 41,8 Kb.
Sana12.02.2017
Hajmi41,8 Kb.
#2403
Taqsimot

Vazifalar taqsimoti

PAXTA SELEKTSIYASI, URUG‘CHILIGI VA YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYALARI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI INSTITUTI MA’MURIYAT-BOSHQARUV BO‘LIM XODIMLARI, HISOBOT BO‘LIMI VA ILMIY XODIMLAR O‘RTASIDA VAZIFALAR TAQSIMOTI



DIREKTOR.

Institutning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bajariladigan fundamental va ilmiy amaliy tadqiqotlarni bajarilishiga, grantlardan yutilgan loyihalarga, to‘gallangan ilmiy ishlanmalarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida joriy etishga bevosita rahbarlik qiladi. Institutning bo‘limlari, laboratoriyalari, filiallari va tajriba xo‘jaliklari faoliyatiga umumiy rahbarlik kiladi. Byudjet, grant va boshqa nobyudjet mablag‘larni taqsimlab, maqsadli foydalanishni nazorat qiladi. Bosh institut tarkibidagi bo‘limlar, kadrlar bo‘limi, mahsus qism, buxgalteriya, texnik xizmat ko‘rsatish, aspirantura, ilmiy kengash faoliyatlariga filiallar va tajriba xo‘jaliklarining ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi. Birlashmaning vakolatiga kiradigan filial va tajriba xo‘jaliklar direktorlarini, birlashma vakolatiga kiradigan filial va tajriba xo‘jaliklari direktorlarining ilmiy ishlar hamda ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini va filial va tajriba xo‘jaliklari ilmiy kotib, bosh hisobchi va boshqa iqtisodchilarini, ishga qabul qilish va istagan vaqtda mexnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega.



Direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.

Direktor yo‘q paytida uning topshirigiga binoan bosh direktor vazifasini bajaradi. YUqori tashkilotlarga taqdim etiladigan ma’lumotlar va xujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash ishlarini muvofiqlashtiradi. Institutning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘limlari, laboratoriyalari va filiallarida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi. Ilmiy izlanishlar bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlanishi va ularni ilmiy kengashlarda muqokamasini tashkil qiladi. Institutda ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha yillik, kelajak rejalarni tuzishda bevosita rahbarlik qiladi. Institutning bo‘lim va laboratoriyalarida qo‘yiladigan dala, lizimetr, vegetatsion tajribalarni uslubiy tomondan to‘g‘ri olib borilishini nazorat qiladi. Ish yuritish, buyruqlar, ilmiy kengash qarorlari ijrosini filiallar va tajriba xo‘jaliklari ishlab chiqarishini tahlil va nazorat qiladi. Fan yutuqlarini filial va tajriba xo‘jaliklariga hamda respublika qishloq xo‘jaligiga joriy etishni rejalashtiradi va tahlil qiladi. Instit va uning filiallarida bosh institut mavzu rejasi bo‘yicha dala, laboratoriya va lizimetr tajribalari besabab o‘tkazilmasa yoki metodik noto‘g‘ri o‘tkazilishi qayd qilinsa, bosh direktorning o‘rinbosari bosh direktorga bildirishnoma orqali murojaat qilib, yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi moliyalashtirishni to‘xtatish huquqiga ega.



Direktorning Ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

Institut tajriba uchastkalari va filiallariga ajratilgan er maydonlaridan samarali foydalanishni va qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishni rejalashtiradi. Rejalashtirilgan ishlarni bosh direktor tasdiqlagandan so‘ng bajarilishini nazorat qiladi.

Institut ishlab chiqarish bo‘limi, tajriba uchastkalari va filiallarining ishlab chiqarishini rivojlantirishga yaqindan yordam ko‘rsatadi. Tajriba uchastkalari va filiallarida dala tajribalarini o‘tkazishga shart-sharoit yaratadi, er maydoni ajratadi, tajriba uchun kerakli mineral o‘g‘it, texnika, suv va boshqa vositalar bilan o‘z vaqtida ta’minlanishini tashkil etadi. Biznes reja tuzishga rahbarlik qiladi va filiallar hamda tajriba uchastkalarida ish yuritishni nazorat qiladi. Ilmiy ishlanmalarni tajriba uchastkasi va filiallarda joriy qilishga ko‘maklashadi va tahlil qiladi. Markaziy tajriba uchastkasida ishlab chiqarish bo‘limi xodimlari va mutaxassislari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga yaqindan yordam beradi. Ishlab chiqarish bo‘limi faoliyatini nazorat qiladi va zarur holatlarda bosh direktorga bildirishnoma orqali murojaat qilib, ishlab chiqarish bo‘lim boshlig‘i, bo‘limdagi mutaxassislar hamda mexanizatorlari va ishchilariga mehnat kodeksi asosida chora ko‘rish xuquqiga ega.

 Ilmiy kotib.

 Institutning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bajariladigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni bajarishda ilmiy-tashkiliy ishlarni amalga oshiradi. Institut bo‘yicha yillik va kelajak mavzu ilmiy tadqiqotlar rejalarini, shuningdek, institutning bo‘lim va laboratoriya mavzu rejalarini tuzish va ularning bajarilishini ta’minlash hamda joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi. Institutda bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarini boshqa ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda bajarilishini rejalashtirishda qatnashadi va nazorat qiladi. Bosh institut bo‘limlari va filiallar ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish muddatlarini nazorat qiladi, ilmiy ish dasturlarini, hisobotlar taqrizlarini, chorak va yillik hisobotlarni o‘z vaqtida yozilishini boshqaradi. Ilmiy xodimlarni aspirantura orqali tayyorlash, ularni dissertatsiya mavzularini ilmiy kengashda tasdiqlash, institut mavzu reja dasturiga kiritishni hamda ularni malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni nazorat qiladi. Institutda o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalar va seminarlarni tashkil qilishni rejalashtiradi. Institut ilmiy kengashida ko‘rib chiqiladigan masalalarni, dissertatsiya ishlarini ko‘rib chiqish, ilmiy unvonlarga taqdim etilayotgan hujjatlarni tayyorlashni boshqaradi. YAngi ixtirolar va ilmiy ishlanmalarni patentlashni nazorat qiladi. Ilmiy kengashning a’zolari ro‘yxatini, yarim yillik va yillik ish rejasini tuzadi va ilmiy kengash rejasi asosida uni o‘tkazishni tashkillashtiradi.

 Bosh hisobchi.

Birlashma bo‘yicha barcha moliyaviy ishlarni bajaradi. O‘z vaqtida qo‘l ostidagi xizmatchilarni o‘z vazifalariga taalluqli ordenlarini hisob-kitob qilib tushiradi, byudjet, grant va nobyudjet manbalaridan kelib tushayotgan pul mablag‘larini smeta xarajatlariga asosan maqsadli foydalanishni nazorat qiladi, chorak, yarim yillik, yillik hisobotlarni o‘z vaqtida topshiradi.

Ishchi va xizmatchilarning o‘z vaqtida oylik maosh olishlarini ta’minlaydi, bank hisobotlarini kechiktirishga yo‘l qo‘ymaydi. Bajariladigan ishlar bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni nazoratga oladi, debitor va kreditor qarzlarni muddatini o‘tkazmaslik chora tadbirlarini ko‘radi, o‘z vaqtida dalolatnomalar tuzadi.

Bosh hisobchi yuqori tashkilot tomonidan buyruq va yo‘riqnomalarni ijrosini o‘z vaqtida bajaradi, xatlarga o‘z vaqtida javob beradi.

Bosh hisobchi filiallar va tajriba xo‘jaliklarni moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyatlarni, hisob-kitob ishlarini hamda chorakda, yarim yillik va yillik hisobotlarni filiallar hamda tajriba xo‘jaliklar tomonidan o‘z vaqtida topshirishni ta’minlaydi.



Ilmiy ishlanmalarni va xorijiy aloqalarni muvofiqlashtirish bo‘limi

Institut va filiallarda olib boriladigan tadqiqotlarning byudjet va nobyudjet mablag‘larini taksimlash, smetalar tuzish, birlashma bo‘yicha xodimlar ruyxatini tuzadi.

Grantlar va boshqa xo‘jalik shartnomalarining smeta xarajatlarini shakllantiradi, smeta xarajatlarining chorak va yillik rejalarini, ularning ijrosini va chorak, yillik hisobotlarni tayyorlaydi. Barcha byudjet va nobyudjet mablag‘larni hisobini rejalashtiradi va tahlil qiladi.

 Xodimlar bo‘limi mudiri

 Institutning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlar (laboratoriya va bo‘lim mudirlari, ilmiy xodimlar, laborantlar, ishchi va xizmatchilar) bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarni boshqaradi. Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazishni o‘z vaqtida qonuniy tomondan to‘la bajarilishini ta’minlaydi. Kasaba uyushma qo‘mitasi bilan birgalikda pensiya yoshiga etgan xodimlarni nafaqaga chiqarish bo‘yicha xujjatlarni tayyorlash va topshirishni tashkil qiladi. Xodimlarni malakasini oshirish, bo‘sh ishchi o‘rinlariga tanlovlar o‘tkazish ishlarini amalga oshirishda qatnashadi. Birmashma buyruqlarini to‘g‘ri shakllantirib, bajarilishini ta’minlashda ishtirok etadi, bo‘lim mudirlari, filial direktorlari, fan nomzodi va doktorlari uchun ma’lumotnomalar tayyorlaydi, yoshlari bo‘yicha hisoblar olib boradi.

 Ish yurituvchi

Institutga kelgan xat va xujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtiradi, nazoratga oladi, muntazam bajarilishini ta’minlaydi. Institutdan chiqadigan xatlarni nazoratini olib boradi. Nazoratdagi xujjatlarning bajarilishi bo‘yicha bo‘limlar va filiallarga o‘z vaqtida etkazilishini va ijrosini nazorat qiladi. Ularni ko‘paytirish, tarqatish va ijro muddatini tekshirib beradi.

 Bo‘lim va laboratoriya mudiri

Bo‘limning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bajariladigan ilmiy amaliy tadqiqotlarni bajarilishiga, grantlardan yutilgan loyihalar bo‘yicha o‘z vaqtida ilmiy hisobotlarni topshirish yuzasidan olib boriladigan ishlarga rahbarlik qiladi hamda tugallangan ilmiy-ishlanmalarni qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarishda joriy etish uchun o‘z takliflarini institut ma’muriyatiga topshiradi. Bo‘lim tomonidan tematik reja bo‘yicha olib borilayotgan dala, lizimetr, vegetatsion tajribalarni ijrochilar tomonidan olib borilishini hamda bo‘lim xodimlarini ishga kelib-ketishini nazorat qiladi. Bo‘limga xodimlarni ishga qabul qilish va mexnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha bosh direktorga bildirishnoma orqali murojaat etish huquqiga ega. Bo‘lim mavzu rejasi bo‘yicha institut va uning filiallarida o‘tkaziladigan dala, lizimetr va vegetatsion hamda ishlab chiqarish tajribalarini o‘tkazishni rejalashtiradi, ularni sifatli o‘tkazishni tashkil etadi va ta’minlaydi. Bo‘lim mavzusi bo‘yicha olib boriladigan barcha tadqiqotlarga uslubiy rahbarlik qiladi. Mavzu rejasi bo‘yicha noma’lum sabab bilan tadqiqotlar olib borilmagan bo‘lsa yoki tajriba metodik noto‘g‘ri kuyilishini aniqlasa bo‘lim mudiri bosh direktorga bildirishnoma orqali murojaat etib, moliyalashtirishni to‘xtatish huquqiga ega.

 Katta ilmiy xodim

Bo‘lim tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, dala, lizimetr tajriba ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlab, asosiy mustaqil tajribalar olib borishga mas’uldir hamda ilmiy, kichik ilmiy xodimlarga ilmiy-tadqiqotlar olib borishda yordam ko‘rsatadi. Ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy hisobotlarni o‘z vaqtida topshirishga va ularni ilmiy kengashlarda muxokama etishga tayyorlaydi. Tugallangan ilmiy ishlanmalar bo‘yicha ilmiy maqolalarni ilmiy to‘plamlarda, gazeta, jurnallarda chop etish uchun topshiradi hamda bu ishlanmalarni ishlab chiqarishda joriy etish uchun targ‘ibot ishlarida aktiv qatnashadi.

 

Ilmiy xodim

Bo‘lim tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridan biriga asosiy ijrochi sifatida o‘z vaqtida ilmiy tadqiqotlarni olib borishni ta’minlaydi. Dala tajribalarida o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat etadi hamda chorak, yillik ilmiy hisobotlarni o‘z vaqtida topshirishga va ilmiy kengashga muxokama etishga tayyorlaydi. Fan yutuqlarini radio, gazeta, jurnallar orqali o‘z fikr-muloxazalarini ilmiy maqolalarda e’lon qiladi.

 

Kichik ilmiy xodim

Bo‘lim tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarda bevosita ishtirok etadi hamda bu ilmiy tadqiqotlarni o‘z vaqtida, sifatli olib borishga mas’uldir. Institut ilmiy kengashlarida faol ishtirok etib o‘z fikr-muloxazalarini bayon etadi. Bo‘lim tomonidan biriktirilgan dala, lizimetr tajribalarida o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlarni olib borishni nazorat etadi hamda chorak, yillik hisobotlarni o‘z vaqtida topshiradi. Aspirantura orqali -“tadqiqotchi” sifatida fan nomzodligi dissertatsiya ishini o‘z vaqtida himoya etishga xarakat qiladi hamda o‘z ilmiy izlanishlari bo‘yicha fikr-muloxazalarini ilmiy maqolalari orqali gazeta, jurnallarda e’lon qiladi.

 

Laborant

Bo‘lim tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan dala, lizimetr tajribalarda fenologik – kuzatuv, agrokimyoviy, agrofizikaviy hamda boshqa izlanishlarda faol ishtirok etadi. Dala, lizimetr tajribalarda olib boriladigan hamma agrotexnik tadbirlarni sifali o‘tkazishga xarakat qiladi. Dala, lizimetr, vegetatsion tajribalardan olingan ma’lumotlarni tahlil etishda qatnashadi.

 

1-kategoriya hisobchisi

PSUYAITItizimi bo‘yicha bosh kitobni yuritadi. Debet va kredit qarzdorligi bo‘yicha nazoratni tashkil etish va hisobotini olib boradi. № 18, № 20-raqamli o‘tkazmalar va hisobotlarni yuritadi. Buxgalteriya hisobotining barcha bo‘limlari bo‘yicha har oylik hisobotini, barcha hisobotlarni tegishli qonunlar doirasida topshirilishini ta’minlab asosiy manbalarni maqsadli yo‘naltirilganligini hisobga olish, barcha ishonchnomalarni hisobdan chiqarish va ularni yuk xati orqali topshirishni hamda kassa operatsiyalarini nazorat qilishni o‘z zimmasiga oladi.

 

Hisobchi

Oylik maoshlari, stipendiya, pensiya maoshlari, ishga yaroqsizlik vaqti uchun to‘lovlar va boshqalarning hisob-kitob va nazoratini, kirim va chiqim bo‘yicha kassa orderlari, to‘lovnoma qog‘ozlari, xizmat safari xarajatlari hisobini yuritadi.

 Moddiy hisobchi

№ 13, 14, 15, 17 buxgalteriya o‘tkazmalari bo‘yicha moddiy boyliklarni hisobotini yuritadi.

 Hisobchi-kassir

Kassa operatsiyalari bo‘yicha barcha me’yoriy qoidalarni bajaradi. To‘lov topshiriqnomasini o‘z vaqtida bankka o‘tkazadi.

Hisobot bo‘limining har bir hisobchisi har oyning 1-sanasida oylik hisobotlarini o‘z vaqtida bosh hisobchiga oylik balansni tuzish uchun topshiradi.



PSUEAITI MUXATASSISLARINING VAZIFALARI TAQSIMOTI

BO‘LIM BOSHLIG‘I:  

Tajriba ishlab chiqarish bo‘limiga ajratilgan er maydoniga PSUYAITI bo‘limlari tomonidan davlat ilmiy texnik dasturlari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi, tajribalar uchun er maydonlari ajratishi, bosh hosilot, bosh injener, mexanik, bosh hisobchi muovini iqtisodchi va tajriba ishlab chiqarish bo‘limi mexanizator, ishchilari bilan birgalikda PSUYAITI bo‘limlari uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga zarur imkon yaratib yaqindan yordam beradi.

Ishchi xizmatchilar tabeli, ish yuzasidan bo‘ladigan talabnoma, bildirishnoma, dalolatnomalarga imzo qo‘yadi va mutaxassislar, ishchilar, traktorchilarning ishlarining bajarilishini nazorat qiladi hamda ishlarning kamchiligiga javobgardir. Tajriba ishlab chiqarish bo‘limiga kerakli bo‘lgan texnika extiyot qismlari, yoqilg‘i moylash materiallari, moddiy tovar mollari, mineral o‘g‘it, urug‘ va boshqa materiallar bilan ta’minlab beradi.

Mavjud ekin maydonlaridan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotini omborga kirib kelishi va shartnoma asosida Davlatga sotilishini nazorat  qiladi va rejani bajarilishiga javob beradi. Ishlab chiqarishdagi natijalar bo‘yicha yil yakunida yillik hisobot beradi.

 

BOSH HOSILOT:

 

Tajriba ishlab chiqarish bo‘limiga ajratilgan er maydoniga konturlar bo‘yicha ball boniteti hisobotini olib boradi. Tajriba uchastkalarini ishlari uchun urug‘lar o‘g‘itlar, yadoximikat, kerakli bo‘lgan boshqa tovar materiallari bilan ta’minlab ilmiy fan taraqqiyoti uchun xizmat ko‘rsatadi.



Tajriba dalalarida bajariladigan er haydash, chizel, boronalash molalash, egat olish, ekin ekish sifatiga javob beradi, qishloq xo‘jalik ekinlarini begona o‘tlardan tozalashga, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish, o‘g‘it berish, kasallik va zararkunandalarga qarshi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining monitoringini olib borish va mahsulotlarni tozalash, quritish davlat standartiga javob beradigan holda Davlatga topshiradi va uning sifatiga javob beradi. Oila pudratchilarning etishtirgan mahsulotlarini hisobotini hisobchilar bo‘limiga topshiradi. O‘g‘it ishlatish hisobotiga to‘liq javobgardir.

 BOSH MUXANDIS:

 PSUYAITI tajriba ishlab chiqarish bo‘limidagi barcha avtoulov, traktor, qishloq xo‘jalik texnikalari va avtogarajga tegishli bo‘lgan binolarga javob beradi.

Avtoulovlarni traktor va qishloq xo‘jalik texnikalarini shofer va traktorchilar tomonidan ishlatilishini tekshirib boradi. Tajriba ishlab chiqarish bo‘limiga tegishli bo‘lgan er maydoniga ishlov berishga bosh hosilot talabi asosida avtoulov traktor va qishloq xo‘jalik texnikalarini ajratib beradi. Texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash ishlari nazoratini olib boradi. Avtoulov, traktor qishloq xo‘jalik texnikalarni sozlashda kerakli bo‘lgan extiyot qismlarni ombordan yuk xati bilan oladi va defekt dalolatnomasi, zabor vedomosti, ehtiyot qismlarni qo‘yilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan avtoulov, traktor markasi, davlat raqami belgisi ko‘rsatilib hisobdan chiqaradi.

Motorchi, chilangar, elektr payvandchilarga ishlarni taqsimlab, ehtiyot qism va kerakli bo‘lgan tovar mollari bilan ta’minlaydi.

Avtoulov, traktor, q/x mashinalarini ishga yuborishga, yo‘l varaqasiga, texnika sozligiga javob beradi.



OMBOR MUDIRI:

Institut hisobidagi asosiy vositalar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar asbob-uskunalarning saqlanishiga, ularni institut omboriga kirim-chiqim xujjatlarini rasmiylashtirishda bevosita javobgar hisoblanadi.



IQTISODCHI:

 Tajriba ishlab chiqarish bo‘limining qishloq xo‘jalik mahsulot ishlab chiqarish biznes rejasini tuzadi.

Oilaviy pudratchilar bilan mahsulot ishlab chiqarish xo‘jalik ichki shartnomasini tuzadi.

Har oyda avtogaraj, oilaviy pudratchilar tabelini nazorat etadi.



Ilmiy ishlab chiqarish markazi va statistika markaziga xaftalik, oylik, kvartallik qishloq xo‘jalik hisobotini axborotini olib boradi.

Oilaviy pudratchilar bilan tuzilgan shartnomani nazorat qilib boradi.
Download 41,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish