Mavzu Xalqum oʼsmalari, bolalarda oʼziga xos kechishi, zamonaviy tekshirish usullari, davolash printsiplari Xalqum oʼsmalari



Download 202,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi202,04 Kb.
#724422
  1   2
Bog'liq
9 6 maruza kuni



Mavzu Xalqum oʼsmalari, bolalarda oʼziga xos kechishi, zamonaviy 
tekshirish usullari, davolash printsiplari 
Xalqum oʼsmalari 
Boshqa LOR aʼzolari kabi xalqumdagi xosilalari xam oʼsmasimon xosila, 
xafsiz va xafli oʼsmalarga boʼlinadi.
Xalqumni oʼsmasimon xosilalariga kista kiradi. Bu kistalar xalqumni turli 
joylarida uchraydi, yaʼniy bodomcha bezlarida retintsion kista xolida,yoki 
yumshoq tanglayda xaqiqiy (intramural) kistalar shaklida uchraydi. Bunday 
kistalarni ichki qismi epitelial qavatdan iborat boʼlib, seroz suyuqlik bilan 
toʼlgan boʼladi. Xajmi unchalik katta boʼlmaganligi uchun,bemorlarni kam 
bezovta qiladi. 
Davolash asosan jarroxlik usulida olib tashlanadi. 
Xalqumni xafsiz oʼsmalari. 
Xalqumni xafsiz oʼsmalriga papilloma,oʼsmirlar angiofibromasi kiradi. 
Papilloma,xalqumni tanglay yoylarida,orqa devorini yon tomonida va xalqum 
usti togʼayini til yuzasida uchraydi.Rangi qizil pusht boʼlib keng asosda 
joylashadi,soʼrgʼich kabi koʼrinadi,xajmi katta boʼlmasa bemorlarni bezovta 
qilmaydi,faqat kattalashgan xolda, tomoqda yot jism borligi sifatida xalaqit 
beradi. 
Davolash faqat jarroxlik usulida olib tashlanadi,lazer nurida kuydirish 
mumkin,agar qayta oʼsishga moyillik boʼlsa olingandan soʼng oʼrniga 30% 
prospedin malxami surtiladi. 
 
Oʼsmirlar angiofibromasi 
Bu kasallik asosan 20 yoshgacha boʼlgan oʼgʼil bolalarda uchraydi. Аgar 
davolanish 
oʼz 
vaqtida 
oʼtkazilmasa,bemorlar 
xayotiga 
xaf 
tugʼilmasa,keyinchalik asta-sekin qisman qayta soʼrilishi mumkin. Oʼsma burun 
xalqumda uchraydi,kelib chiqishi embironal rivojlanishdagi mezinximani 
patologik qoldigʼi sifatida paydo boʼladi. Gistologik tuzilishi boʼyicha xafsiz 
oʼsma,qoʼshuvchi toʼqima asosli,qon tomirlarga boy boʼladi,ammo oʼsish 
jarayoni xafli oʼsma kabi boʼladi.Oʼsishi qoʼshni azolarni devorlarini yemirib, 
bosh miyaga,yondosh boʼshliqlarga va burun boʼshligʼiga kirib boradi. 
Kechishida koʼp va xafli qon ketishi kuzatiladi.
Kasallikni klinik kechishi uni oʼsish bosqichiga bogʼliqdir.Oʼsish bosqichlari 
V.S.Pogosov 1987 y.tomonidan taklif qilingan siniflanishga asoslanadi. 
1.bosqich-oʼsma burun xalqumni yoki burun boʼshligʼini toʼldirgan,ammo 
suyak devorlarini yemirilishi kuzatilmaydi. 


11.bosqich oʼsma birinchi bosqichga toʼgʼri keladi,qanotsimon chuqurga,burun 
yondosh boʼshliqlariga oʼsib kiradi, suyak devorlarida yemirilishlar paydo 
boʼlgan. 
111.bosqich oʼsma koʼzga va bosh miyaga oʼsib kiradi. 
1Y.bosqich oʼsma 111 bosqichga toʼgʼri keladi va qoʼshimcha kavernoz 
venaga,gipofizar chuqurlikka oʼsib kiradi. 
Kasallikni boshlanishida burunni bir tomonida nafas olish bir muncha 
qiyinlashadi,tomoqda achishish xissiyoti boʼladi,baʼzan burundan qon ketishi 
kuzatiladi. Keyinchalik oʼsma xajmi kattalashgandan soʼng burundan nafas 
olish butunlayin boʼlmaydi,xid bilish pasayadi,burundan qoʼyiq yiringli ajralma 
keladi, tovush oʼzgaradi (pinqilik),bemorda adenoid yuz xolati paydo boʼladi, 
bemorlarda ogʼiz yarim ochiq,pastki jagʼ osilgan,nafas olish ogʼiz orqali 
boʼladi. Oʼsmani ogʼir asoratlaridan biri vaqti-vaqti bilan burundan qon 
ketishidir,buning natijasida bemor ancha xolsizlangan,quvvatsiz,rangi oqargan. 
Oʼsma kattalashgan sari bemor yuzida assimetriya paydo boʼladi,koʼz oʼz 
joyidan (orbitadan) chiqqan,xarakati chegaralangan,koʼrish faoliyati pasaygan. 
Rinoskopiyada burun boʼshligʼida pushti kulrang,yuzalari tekis oʼsma 
koʼrinadi,ayrim xollarda mezofaringoskopiyada burun xalqumdan osilib turgan 
oʼsma koʼrinadi. Barmoq bilan burun xalqum paypaslanganda,yuzalari tekis, 
ammo qattiq oʼsma aniqlanadi,tekshirish vaqtida qon ketishi kuzatiladi. 
Tashxis 
bemorni 
shikoyati,kasallik 
tarixi,rinoskopiya,endoskopiya,rentgenografiya,angiografiya 
va 
KT,MRT 
tekshirish natijalariga asoslanadi. Oxirgi tashxis oʼsmani gistologik 
tekshirgandan soʼng qoʼyiladi. 
Qiyosiy tashxisni adenoiddan,xoanal polipdan va sarkomadan qilinadi. 
Davolash faqat jarroxlik usulida boʼladi,oʼsma aniqlangandan soʼng tez 
muddatda olib tashlanishi zarur,aks xolda qoʼshni aʼzolarga tarqalish extimoli 
yuqori. Oʼsmani olish usuli endonazal,endooral va transmaksillyar orqali 
amalga oshiriladi.Jarroxlik vaqtida koʼp qon ketishi kuzatiladi,shuning uchun 
xam oʼsmani olish toʼxtovsiz qon quyish bilan olib boriladi. Аyrim xollarda qon 
ketishini oldini olish maqsadida,jaroxlikdan avval tashqi uyqu arteriyasini 
bogʼlanadi. 

Download 202,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish