Tibbiyot kasbiga kirish. Bemorlarni umumiy parvarishlash. Yotoq yaralarini oldini olish. Bemorlarni transportirovkasi. 102-’A’ guruh talabasi: Xoshimxonova Madinaxon. Bemor parvarishi. Shifokor tomonidan bеrilgan tavsiyalarni aniq bajarish, barcha a'zolarning vazifalarini sinchkovlik bilan kuzatib, bеmorning xayotini saqlab qolish va qayta tiklanishi uchun xissaqo’shish, muolajalarni amalga oshiruvchi doktorning ko’rsatmalarini aniq bajarish, asoratlarni oldini olish, bеmorning sеzuvchan organlari funksiyalarini nazorat qilish,holatini nazorat qilish –bеmorga g’amxo’rlik qilishdir bunda shifokor davolaydi, hamshira esa shifokorga yordam bеradi. 1.Bemorni yotoq kiyimlari g’ijim bo’lmasligi kerak.Tabiiy toladan tikilgan kiyimlar tanlang. 2. Agar bemorda siydik kateteri yoki nefrrostomiya bo'lsa, kiyimlari terini siqib qo'ymasligiga ishonch hosil qiling. 3. Tugmalar,tasmali ichki shimlar,sintetik paypoqlardan foydalanmang. 4. Yotoqda mayda narsalar bo’masligi kerak. 5.bemor yotog’I ostiga selofan solinmaydi. 6.har 2 soatda yotish usulini almashlash. Yotoq yaralarini oldini olish: Yotoqdagi bemorni yuvintirish Antibakterial ta'sirga ega bo'lmagan yengil yuvish vositalari. Yumshoq sovun (masalan, "Baby"). To'shak kasallari uchun maxsus tozalash ko'pik. Sovun to'liq yuvilganligiga ishonch hosil qiling. Yaralarni suvda uzoq vaqt saqlamang. Shifokor davolash xonasida ko'pik, jel, suv yoki havo bilan to'ldirilgan tozalagichlar, changni yutish va gidroaktiv qoplamalar bo’lishiga e’tibor bering. Матрас не заменяет необходимости смены положений тела человека в постели! Matras bo’lsa ham yotish holatini o’zgartirish kerak Kuniga (kamida) / kerak bo'lganda: To'shak va ichki kiyimni o'zgartiring. Bemorning tanasini nam shimgichni bilan yuving va artib oling. Bemorning tanasini qizarish va boshqa terining o'zgarishini tekshiring. Doimiy ravishda: yostiqlardan foydalaning. Optimal xona haroratini (21-23 ° C) saqlang. To'shak va kiyimdagi g’ijimlarning oldini oling. Taglikni o'z vaqtida o'zgartiring. Ovqatlanishda (A, B, C vitaminlari - tvorog, go'sht, sabzavotlar) va ichish rejimiga rioya qiling. Terini himoya krem bilan tozalang. Bemor yotoq yaralarini oldini olishda yostiqlardan foydalanish zarur. Yerga qarab yotganidagi yostiqlar joylashuvi. Tekis yotganida yostiqlar joylashuvi. Yotoq yaralar 4 darajada bo’ladi. I bosqich - terining sezilarli qizarishi (eritema), bemorning yotoq joyi o'zgarishlar natijasida yo'qolmaydi. II bosqich - terining eritema fonida ko'zga ko'rinadigan ingichkalanishi, yiringli pufakchalar paydo bo'lishi. III bosqich - teri va mushak to'qimalariga zararlanishi. IV bosqich - teriga va chuqurroq to'qimalarga katta zarar etkazish: hatto suyak to'qimalari. - Bemorda 4-6soat davomida qimirlamay yotishi tufayli bemorning dastlab terisi rangsizlanib dag’allashadi.Ammo og’riq sezilmaydi.
- Keyinchalik bu soha ko’kimtir tusga kirib , suyuqlikka to’lgan pufakchalar hosil qiladi. Bu soha atrofi qizarib, teri shilinishi,yiringlash kuchayadi.
- Yotoq yara paydo bo’lganda margansofka eritmasi ,yod yoki brilliant ko’ki (zelyonka )bilan tozalash tavsiya etilmaydi.
Bemor yonchalab yotganda ham yostiqlarni tizza orasiga va to’piqlar ostiga ham qo’yish kerak. Bemorlarni transportirovkasi - Qabulxona bo’limida bemorlarni bo’limlarga transportirovka qilish uchun yetarli miqtorda qulay aravachalar va zambillar, bemorlar uchun yil fasliga va ob- havoga mos kiyim- boshlar bo’lishi kerak Darmonsiz bemorlarni zambilda ohista ko’tarib, karavot yoki kushetkaga va aksincha bulardan zambilga yotqizishni bilishi kerak
Bemorni bitta sanitar o’ng qo’li bilan sonlari ostidan, chap qo’lini esa ko’kraklari sathida ko’kragidan o’tkazib ko’tarishi mumkin. Bemorni aksari ikki tibbiy hodim ko’taradi. Ulardan biri o’ng qo’li bilan bemor boshi, bo’yni va ko’kragining yuqori qismidan ko’tarib turadi, chap qo’lini esa ko’kragining pastki qismi ostidan o’tkazadi, ikkinchi hodim qo’llarini bemorning beli va sonlari tagidan o’tkazadi Bemorni ko’tarish qulay bo’lishi uchun zambilni karavotga nisbatan to’g’ri burchak ostida, parallel, ketma – ket , karavotga taqab qo’yish mumkin. Zambilni karavotga zich qilib qo’yib, bemorni olib yotqizish undan ma’lum darajada kuch sarflashni talab etadi va shuning uchun hamma vaqt bunga ruxsat etilmaydi E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |