Каримов
И
.
А
.
Ўзбекистон
:
миллий
истиқлол
,
иқтисод
,
сиёсат
,
мафкура
.
Т
. 1.
– 190-
б
.
2
Каримов
И
.
А
.
Истиқлол
йўли
:
муаммолар
ва
режалар
//
Ўзбекистон
:
миллий
истиқлол
,
иқтисод
,
сиёсат
,
мафкура
.
Т
. 1. – 15-
б
.
3
Каримов
И
.
А
.
Биздан
озод
ва
обод
Ватан
қолсин
.
Т
. 2. –
Т
., 1996. – 110-
б
.
217
2) milliy istiqlol mafkurasi orqali xalqda uning o‘zidagi qudrat va
himoyaga suyanib, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon
hamjamiyatida hamda ilg‘or davlatlar o‘rtasida teng huquqli va munosib
o‘rin egallashga intilish hamda ishonch hissini tarbiyalash;
3) sog‘lom, ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish;
4) milliy istiqlol mafkurasining negizini vatanparvarlik, milliy iftixor,
insonparvarlik, baynalmilallik kabi yuksak umuminsoniy xususiyatlar bilan
boyitgan holda rivojlantirish.
Milliy istiqlol mafkurasining mohiyati va maqsadi mustaqillikni
mustahkamlashdir. Har qanday g‘oya yoki mafkura xalq, jamiyat
ma’naviyatining mahsulidir.
Aytish mumkinki, milliy ma’naviyat masalasi hech qachon shu
bugungidek yuksak maqomda dasturiy vazifa qilib qo‘yilmagan edi. Milliy
ma’naviyatimizning ildizlari esa umuminsoniy qadriyatlar, islom ta’limoti,
o‘zbek milliy urf-odatlari bilan butunlay hamohang va chambarchas
bog‘liqdir. Ma’naviyat davlat tomonidan o‘z xalqining ta’lim va tarbiyasini
qo‘llab, uni ongli rivojlantirishdir. Buyuk mutafakkir Abdulla Avloniyning
«Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat –
yo falokat masalasidir», degan mashxur o‘giti doimo jamiyatimiz ma’naviy
rivojining asosi bo‘lib qolaveradi.
Barcha davrlarda jamiyat taraqqiyoti rivojining mohiyati, uning sur’atlari
insonlarning ma’naviy kamoloti darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Jamiyat
ma’naviy kamolotini ta’minlash uchun, birinchi navbatda, ma’naviyatning
mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilovchi ilmiy
muammolarni yaxshi bilish talab qilinadi. Bu borada sobiq Ittifoq
davridagidek quruq shiorlar va mavsumiy tadbirlar bilan amaliy natijalarga
erishib bo‘lmaydi. Afsuski, bizda ma’naviyatning mohiyati va tarixiy
taraqqiyotning o‘tish davridagi hal qiluvchi ahamiyati ilmiy adabiyotda
chuqur, mukammal yoritib berilgan emas. Ma’naviyatning mohiyati va
jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyati masalasi O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti Islom Karimovning asarlari, maqolalari va nutqlarida mukammal
tarzda, hozirgi kunning dolzarb masalalari bilan bog‘liq holda yoritib
berilgan. Ularda ma’naviyat va ma’rifatning tub nazariy va amaliy
muammolariga doir ellikdan ortiq muhim jihatlar ko‘rsatib berilgan. Ilm-fan,
amaliy faoliyat uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan bu muammolarning
asosiy yo‘nalishlari haqida qisqacha quyidagilarni qayd etish mumkin.
Birinchidan, ma’naviyat faqat insonga xos bo‘lgan xususiyatdir.
Ma’naviyatli odam Inson degan buyuk va sharafli nomga muyassar bo‘ladi.
Lekin ma’naviyat insondagi tug‘ma xususiyat emas: u hayotiy tajriba
natijasida shakllanadi va rivojlanadi. Insonda ma’naviyatni egallashga imkon
beruvchi, irsiyat qonunlari bilan belgilanuvchi tug‘ma imkoniyatlar ham bor,
albatta. Lekin bu tug‘ma imkoniyatlar mehnat, hayot tajribasi, jamoatchilik
bilan qilingan aloqalar tufayli sayqal topadi, e’tiqodga aylanadi. Shu sababli
Yurtboshimiz ma’naviyatning ijtimoiy mohiyati haqida u «Insonga ona suti,
ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi», degan chuqur falsafiy
fikrni bildirgan edi.
218
Ikkinchidan, Przident Islom Karimov o‘z asarlarida ma’naviyat insonga
xos bo‘lgan ichki ruhiy holatgina emas, balki jamiyat, millat, shaxs
taraqqiyoti va kamolotining asosiy omili ekanligini ham ishonarli dalillar
bilan ko‘rsatib o‘tgan. Ma’naviyat insonga faqat mohiyatgina emas, balki
muayyan maqsad hamda kelajakka qat’iy ishonch, katta umid va kuch-qudrat
ham baxsh etadi. Inson aqli, qo‘li bilan nimaiki yaratmasin, uning zamirida
ma’naviyat yotadi. Ma’naviyat tajriba, amaliy malaka va tafakkurning
in’ikosi shaklida namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, shaxs ma’naviyati millat, davlat va jamiyat ma’naviyatining
kurtagi, bir bo‘lagidir. Shaxs ma’naviy kamoloti odamlarning ko‘p qirrali
o‘zaro munosabatlari, jamiyat hayotidagi sharoit va imkoniyatlar asosida
shakllanadi. Ma’naviyat inson, xalq, davlat va jamiyatning tub omillarini
nazariy-falsafiy tahlil etishning yuksak ifodasidir.
To‘rtinchidan, ma’naviyat odamlarning yuksak axloq-odob me’yorlari,
huquqiy mezonlar, adolatli mafkuraviy e’tiqodga asoslangan insonparvarlik
va halollik bilan sug‘orilgan munosabatlarining ham asosidir. Jamiyatda
inson boshqa insonlarsiz yashay olmaydi. Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro
hamkorlik, hamjihatlik, ahillik va samimiy muloqotga intilishning ehtiyoji
ham ma’naviyatning ko‘rinishidir. Hatto jamiyatning o‘zi ham kishilar
o‘rtasidagi yuksak ma’naviyatga asoslangan o‘zaro munosabatlar ifodasidir.
Beshinchidan, Prezident Islom Karimov asarlarida olg‘a surilgan chuqur
falsafiy-nazariy g‘oyalardan yana biri ma’naviyatning cheksizligi
masalasidir. Ma’naviyatning mohiyati, uning qirralari va rivojlanish
imkoniyatlari shunchalik kattaki, uni o‘lchab yoki poyoniga yetib bo‘lmaydi.
Har bir tarixiy davr, sharoit, ehtiyoj va imkoniyatlar ma’naviyatning
yangi mezonlarini yaratadi. Bu mezonlar tasodifiy bir hodisa bo‘lmay, balki
tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichlarida inson kamolotining yangi
yo‘nalishlariga bo‘lgan ehtiyojning ifodasidir. Jamiyat oldinga qarab taraqqiy
qilgani singari, uning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan ma’naviy kamolot ham
uzluksiz davom etaveradi.
Oltinchidan, Yurtboshimiz ko‘rsatib o‘tganidek, ma’naviy kamolotning
negizi ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq. Ma’naviy kamolotga intilish insonga
xos fazilatdir. Bilim, amaliyot taraqqiyotining har bir bosqichi
rivojlanishning oxirgi nuqtasi bo‘la olmaydi. Ma’naviy kamolotning har bir
bosqichi aniq davrlarning o‘ziga xos ehtiyojlari va imkoniyatlari bilan
belgilanadi. Taraqqiyot har qanday ehtiyojni yuzaga keltiradi. Ehtiyojlarning
ro‘yobga chiqishi esa taraqqiyotning yanada ilgarilab borishiga imkoniyat
yaratadi. Ijtimoiy taraqqiyotning tub mohiyati bilan belgilanuvchi har qanday
ehtiyoj inson faoliyatining maqsad va yo‘nalishlariga ham ta’sir etadi.
Shuningdek, ma’naviyatning yangi cho‘qqilariga yetishish ehtiyoji shaxs va
jamiyat kamolotining hal qiluvchi omilidir. Shu sababli ma’naviyat insonga
havo bilan suvdek zarur.
Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekiston fuqarolarida shakllanayotgan yangi
ma’naviy ehtiyoj – Vatanga muhabbat, tanlagan yo‘limiz va yurtimizning
istiqboliga qat’iy ishonchdir. Istiqlol qo‘lga kiritilganidan so‘ng, biz o‘z
219
kuchimiz, qudratimizga ko‘proq ishona boshladik, qadr-qimmatimizni
teranroq angladik.
Ma’naviyatga bo‘lgan ehtiyoj inson uchun moddiy ne’matlarni
o‘zlashtirish, yeyish-ichish, kiyinishga nisbatan muhimroq. Negaki,
ma’naviyat barqaror bo‘lmagan joyda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va
iste’mol qilish madaniyati ham yuksak bo‘lmaydi. Yuksak ma’naviyat va
aqliy salohiyat sohibi bo‘lgan kishilargina kelajakni oldindan ko‘ra olishga,
har qanday og‘ir sharoitda ham yuksak maqsadlarga iymon va e’tiqod bilan
intilishga qodir.
Tarixda bunga misollar ko‘p. Bir vaqtlar yaponlar Ikkinchi jahon
urushidan keyingi og‘ir sharoitlarda «oldin xalqning miyasini to‘ldirish
kerak, shundan keyin uning qorni ham to‘yadi», degan umummilliy shiorga
asoslanib ish ko‘rdilar. Ular mamlakat tarixidagi og‘ir va murakkab sharoitda
milliy burch va mas’uliyat, vatanparvarlik tuyg‘usi targ‘ibotini
kuchaytirdilar. Natijada o‘z burchi va mas’uliyatini anglash tez vaqt ichida
mamlakatni dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlardan biriga aylantirdi.
Hozir O‘zbekistonda ham jamiyat taraqqiyotining ana shu muhim masalasiga
katta e’tibor berilayotgani istiqbolimizning rejalari chuqur ilmiy asos va
jahondagi ilg‘or tajribaga tayanganidan dalolatdir.
Bugun yurtdoshlarimizda mamlakat, millat oldidagi burch va mas’uliyat,
vatanparvarlik, millatparvarlik, milliy ruh, milliy iftixor tuyg‘ularini
shakllantirishni davr talab etmoqda. Shuningdek, ona tilini rivojlantirish va
uni hayotning barcha sohalarida kengroq, to‘laroq qo‘llash imkoniyatlarini
izlash, Vatandan uzoqlashishni og‘ir judolik deb tushunish, tabiat
muhofazasi, vijdon erkinligi mezonlariga rioya qilish, ijtimoiy adolatning
milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan qoidalariga tayanib
ish yuritish zarur. Ajdodlarimiz boshlagan ulug‘ ishlarni ochiq ko‘z va
sog‘lom aql, davrning sharoitlari, imkoniyatlari va ehtiyojlari asosida
rivojlantirish, har qanday sharoitda ham milliy manfaatlar ustuvorligini his
qilish va ularni adolat, insonparvarlik, do‘stlik mezonlaridan chekinmay
himoya eta bilish ham kerak.
Har qanday yangi jamiyat o‘z mafkurasi bilan vujudga keladi. Mafkurasiz
jamiyat bo‘ladi, deyish jiddiy xatodir. O‘zbekiston siyosiy va iqtisodiy
sohalarda bo‘lganidek, ma’naviy sohada ham o‘zining aniq yo‘liga ega
bo‘lmog‘i kerak. Bu borada Prezidentimiz I. A. Karimovning: «Xalqimizning
ma’naviy poydevori – bo‘lajak davlatimizning tayanchlari juda qadimiy va
mustahkam. Buni hech kim inkor qila olmaydi»
, – degan fikrlari e’tiborga
loyiqdir.
Demak, oldimizda turgan eng muhim masala milliy istiqlol mafkurasini
yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir. Mafkura har bir jamiyatning o‘z
ichidan xalq ma’naviyatining mahsuli sifatida o‘sib chiqmog‘i kerak.
Ma’lumki, g‘oyalar majmuining muayyan tizimi mafkurani vujudga
keltiradi. Mafkura jamiyatning turli sohalari haqidagi yangi ilmiy, iqtisodiy,
1
Do'stlaringiz bilan baham: |