O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Каримов
 
И

А

Буюк
мақсад
йўлидан
оғишмайлик
// 
Ўзбекистон

миллий
истиқлол

иқтисод

сиёсат

мафкура

Т
.1. – 
Т
., 1996. – 203-
б

220


siyosiy, falsafiy, huquqiy, diniy, badiiy, axloqiy qarashlarning yig‘indisidan 
iborat. Mafkura – dunyoqarashni tashkil etuvchi fikrlar va g‘oyalar majmui. 
Jamiyat taraqqiyotini yuksak ma’naviyat va mafkurasiz tasavvur etish 
qiyin. Mafkura muvaqqat bo‘la olmaydi. U millatning uzoq taraqqiyoti 
istiqbollarini belgilab, hatto, uning pirovard maqsadlarini ham aniqlab 
berishi, qanday jamiyat quramiz, degan savolga ham to‘la javob berishi 
kerak. Millat mafkurasining shakllanishida milliy g‘urur katta ahamiyatga 
ega. Millatda o‘ziga xos g‘urur, faxrlanish hissi bo‘lmasa, Vatan va millat 
ravnaqiga ishonch, muhabbat paydo bo‘lmaydi. O‘zbek xalqi g‘ururi va 
faxrining hayotbaxsh ildizlari mavjud. Bular quyidagilar: 
1) Vatanimizning buyuk, ko‘p ming yillik tarixiy o‘tmishida uning Sharq 
ma’rifatparvarligi, umuman jahon ma’naviyati tarixiga qo‘shgan hissasi; 
2) ulug‘ vatandoshlarimizning jahon miqyosida tan olinishi, din, adabiyot 
va san’at daholarining borligi; 
3) yurtimizda bebaho madaniyat, san’at va me’morchilik 
yodgorliklarining ko‘pligi; 
4) o‘zbek xalqida o‘z ona tili, urf-odatlari va qadriyatlari bilan faxrlanish 
hissining paydo bo‘lganligi; 
5) o‘zbek yerining serhosilligi, tabiat boyliklarining ko‘pligi, 
iqtisodiyotning mamlakat kuch-qudratini rivojlantirish imkoniyatlari
6) O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishi
1

Dunyoda sanoqli millatlargina insoniyat sivilizatsiyasiga o‘zining 
munosib hissalarini qo‘shgan. O‘zbeklar ana shundaylar safidagi millatdir. 
Bu millat eski zamondan faxrlanib, yangi zamonga kurashlar orqali kirib 
keldi. 
Yana bir jihat haqida to‘xtalib o‘tish zarur. Hech bir mafkura davlat 
mafkurasi darajasiga ko‘tarilmasligi lozim. U fikrlar, g‘oyalar va qarashlar 
majmuini o‘zida saqlab qolgan holda uyushmalar va partiyalarning o‘z 
fikrlarini erkin ifoda qilishlariga yo‘l ochib bermog‘i kerak. Har qanday 
g‘oya va ta’limot aniq maqsadga qaratilgani kabi har qanday mafkura ham 
ma’lum bir manfaatga bo‘ysungan bo‘ladi. Milliy mafkuramizning asosiy 
maqsadi insonparvar demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurishdek yagona 
umummilliy g‘oya atrofida fuqarolarni birlashtirishdan iborat. 
Bizdagi milliy mafkuraning qudrati xalqimizning mo‘g‘ullarga qarshi 
mustaqillik uchun kurashgan Mahmud Torobiy va sarbadorlar harakatlarida 
yaqqol ko‘ringan edi. Amir Temur ana shu mustaqillik orzusini o‘zining 
harakatlarida mujassamlashtirdi. Xalq orzusini sun’iy yo‘l bilan vujudga 
keltirib bo‘lmaydi. Uni bo‘rttirib ko‘rsatish esa mafkuraga nisbatan xalq 
nafratini paydo qiladi. Rahbarning xalqdagi mustaqillik va vatanparvarlik 
g‘oyasini boshqa tomonga burib yuborib, sun’iy mafkurani yaratishi ham 
davlat uchun katta xavfni vujudga keltiradi. Xalq mo‘g‘ullarga qarshi 
kurashda o‘ziga jasur yo‘lboshchi kerakligini his qildi. Ulamolar esa Amir 
Temurga fatvo berib, xalqni uning ketidan ergashish va to‘planishga 
chaqirdi.
1
Qarang 
Саидов
 
А
., 
Тожихонов
 
У

Мустақиллик
ва
ҳуқуқий
мафкура
. – 
Т
., 1995. 
– 17-
б

221


Mo‘g‘ullar zulmidan ezilayotgan xalqlar Temurni bosqinchilardan ozod 
etuvchi haloskor sifatida kutib oldilar. Bu Amir Temur davlati barpo 
bo‘lishining asosi edi. Xalq ma’naviyatini Amir Temur yanada yuksaklikka 
ko‘tardi. Buyuk xalq esa markazlashgan va qudratli davlat atrofida birlashdi. 
Bugun biz yangi davlat, yangi jamiyat qurayotgan ekanmiz, bu tizimdagi 
ijtimoiy-siyosiy munosabatlar, odamlarning ongi va tafakkurida ham o‘ziga 
xos o‘zgarishlar mutlaqo yangicha ma’no kasb etayotganining guvohimiz. 
Avvalo, shaxs bilan davlat, inson bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar 
batamom yangicha mazmun va shakl topishi, yangi qoida va prinsiplarga 
asoslanishi kerak. Bularning barchasi yangicha qadriyatlar va demokratik 
prinsiplarga, o‘z turmush va tafakkur tarzimizga mos, biz barpo etayotgan 
adolatli jamiyat talablariga javob beradigan munosabatlar bo‘lmog‘i darkor. 
Bu jarayonning eng muhim jihati shundan iboratki, har qaysi fuqaro jamiyat 
taraqqiyoti, uni o‘stirishga bo‘lgan o‘z munosabati va o‘rnini, kerak bo‘lsa, 
o‘z burchini ana shu asosda aniqlab olishi zarur. 
Mamlakatda yashayotgan barcha xalqlarning manfaatlarini teng himoya 
qilish, milliy munosabatlarning barcha muammolarini qonunlar, sotsial 
adolat mezonlari asosida hal qilish respublika rahbariyati olib borayotgan 
ichki siyosatning eng muhim jihatlaridandir. Bu ham ma’naviyatning 
ko‘rinishlaridan biri. 
Bugungi kunda xalqimiz millatlararo ahillik, fuqarolar totuvligini 
avaylab-asrab, demokratik prinsiplar asosida milliy davlatchilikni komil 
ishonch bilan tiklamoqda. Ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar 
xilma-xilligi asosida rivojlanib bormoqda. Bu sharoitda, Konstitutsiyada 
belgilab qo‘yilganidek, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi darajasigacha 
ko‘tarilmasligi kerak. Ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, e’tiqod, bir xil 
huquq va erkinliklarga ega bo‘lgan xalq mafkurasi umummilliy mafkura 
bo‘lmog‘i lozim. O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning 
azaliy turmush tarziga, tili, dili va ruhiyatiga asoslanib kelajakka yuksak 
ishonch, mehr-oqibat, ma’rifatni ongimizga singdirishga xizmat qilishi, ulug‘ 
maqsad yo‘lida hammamizni ruhan birlashtiruvchi vosita bo‘lishi aniq. 
Davlatning qudratini oshirishda iqlim sharoitlari va tabiiy boyliklarning 
ham ahamiyati bor. Lekin bu mas’uliyatli vazifani hal qilishdagi asosiy omil 
– yuksak ma’naviyatli insonlardir. Agar yetuk ma’naviy omil bo‘lmasa, 
tabiiy boyliklari benihoya ko‘p mamlakat ham rivojlangan ma’naviy 
kamolotning eng yuqori cho‘qqisi – hozirgi zamon fani, texnikasi, 
texnologiyasi, madaniyati borasidagi yutuqlarni to‘liq egallash, milliy meros 
va qadriyatlarni ular bilan bog‘lagan holda yangi bosqichga ko‘tarolmaydi. 
Buning uchun yoshlar chuqur zamonaviy bilimga, yetuk malakaga ega 
bo‘lishlari zarur. Xalq ta’limini rivojlantirish, malakali mutaxassislar 
tayyorlashni yaxshilash borasidagi tadbirlar O‘zbekiston davlati olib 
borayotgan siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanganligining 
sababi ham ana shunda. Yoshlarni bilim olishga da’vat etish ham hozirgi 
kunda amalga oshirilayotgan mafkuraviy ishlar tizimiga kiradi. 
222


Binobarin, milliy g‘oya va mafkura qoidalarini yoshlar ongiga 
muvaffaqiyatli singdirish barcha murabbiylarning o‘z vazifalariga vijdonan, 
mas’uliyat bilan ijodiy yondashishlariga bog‘liq. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish