O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Сайфуллаев
 
Н

Б
.
Ўзбекистон
маданиятининг
ҳозирги
аҳволи
ва
уни
ривожлантиришнинг
истиқболлари
(1991–1998 
йй
.): 
Тарих
фанлари
номзоди
... 
дис

автореф
. – 
Т
., 2002. – 8-
б
.
2
Маданий
-
маърифий
муассасалар
фаолиятининг
1997–1998 
йилги
асосий
кўрсаткичлари
. – 
Т
., 1998. – 24-
б

225


zarur. O‘shanda turmushimizda uchrab turgan dilni siyoh qiluvchi 
voqealarning barham topishiga erishamiz. 
Madaniyatning ma’naviy jihatlaridan biri – dunyoqarash. Insonning ilmiy 
dunyoqarashi madaniyatni ilmiy boshqarish jarayonidagina shakllanadi. 
Madaniyatning ijtimoiy turmushdagi ma’naviy omillari estetik did va estetik 
madaniyatdir. Estetik did voqelikdagi, ya’ni tabiat va insondagi go‘zallikni, 
nafosatni chuqur idrok etish, uni baholash, undan zavqlanish, o‘zida 
go‘zallikni chuqur his qila olishni shakllantirish ko‘nikmasining majmuidan 
iborat bo‘lsa, estetik madaniyat estetik did orqali his etilgan va baholangan 
g‘oyalarni amaliy hayot talablari bilan bog‘lashdir. Zero, milliy xususiyatlar 
estetik did va estetik madaniyatda yanada aniqroq ko‘rinadi. Inson ichki 
tuyg‘ulari, ehtiyojlari va hayotga munosabatini ifodalagani uchun millatga 
xos betakror belgilar odamlarning estetik didi va madaniyatida aks etib 
turadi. 
Shu sohadagi ulug‘vor vazifalardan biri ta’lim va tarbiya tizimini isloh 
qilishdan iborat. U respublikada quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
birinchidan, ta’lim tizimini yangi, ya’ni bozor sharoiti talablariga 
moslashtirish; 
ikkinchidan, mustaqillik tufayli milliy va tarixiy qadriyatlarning tiklanish 
imkoniyatlarini ta’lim tizimiga yoyish; 
uchinchidan, tayyorlanayotgan kadrlarning malakasini jahon standartlari 
darajasiga ko‘tarish.
Shu munosabat bilan ta’lim quyidagi bosqichlarda amalga oshirilmoqda: 
1) maktabgacha ta’lim – uch yoshdan olti yoshgacha; 
2) boshlang‘ich ta’lim 1–4-sinflarni o‘z ichiga oladi, o‘qish 6–7 yoshdan 
boshlanadi; 
3) umumiy ta’lim – 5–9-sinflar doirasida bilim beriladi; 
4) o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi – o‘qish muddati uch oydan kam 
bo‘lmagan akademik litseylar, kasb-hunar letseylari, kollejlar; 
5) oliy mutaxassislik ta’limi – odatda, 18–19 yoshdan boshlanib, kamida 
4 yil davom etadi.
Oliy mutaxassislik ta’limi bakalavrlik hamda magistraturaga bo‘linadi. 
Bakalavrlik muayyan yo‘nalish bo‘yicha bazaviy ta’lim berish demakdir. 
Unda o‘qish muddati kamida 4 yil davom etadi, u oliy ma’lumot va tayanch 
mutaxassislik diplomini olish bilan tugaydi. Magistratura – aniq 
mutaxassislik bo‘yicha oliy kasbiy ta’lim bo‘lib, bakalavrlik negizida yana 2 
yil davom etadi. Yakuniy kvalifikatsiya davlat attestatsiyasi va magistrlik 
diplomini himoya qilish bilan yakunlanadi; 
6) aspirantura – nihoyasiga yetkazilgan magistrlik negizida 3 yil davom 
etadi.
7) Doktorantura – doktor ilmiy darajasi uchun 3 yil davom etadi. 
Dissertatsiya himoyasidan keyin fan doktori ilmiy darajasi beriladi. 
Qo‘shimcha kasbiy ta’limga qayta tayyorlash va malaka oshirish kiradi.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish uni bosqichma-
bosqich o‘tkazish prinsipi asosida olib boriladi. 
226


Birinchi bosqich – 1997–2001 yillar. U 4 yil mobaynida joriy etildi. Bu 
bosqichda quyidagi vazifalar bajarildi: milliy dasturni amalga oshirishning 
boshlanishi; yangi talablarga javob beradigan pedagogik kadrlarni 
tayyorlash; o‘quv standartlarini yaratish va yangi o‘quv dasturlari ustida 
ishlash; umumta’lim maktablarini tuzilishi jihatdan qayta qurish; uzluksiz 
ta’lim-tarbiya tizimiga asos soladigan tadbirlarni amalga oshirish; ijtimoiy 
himoyalash, kafolatlash.
Ikkinchi bosqich – 2001–2005 yillarni o‘z ichiga olib, bunda milliy dastur 
keng miqyosda to‘liq amalga oshiriladi. 
Uchinchi bosqich – 2005 yildan keyingi yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, 
to‘plangan barcha tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida kadrlar 
tayyorlash tizimi umumlashtiriladi. Hozir davlatimiz jahon davlatlari bilan 
birgalikda ta’lim va tarbiya tizimini davr talablari darajasida 
takomillashtirish borasida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. 
Respublikada «Kamolot», «Umid», «Ulug‘bek» yoshlar jamg‘armalari, 
«Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, «Jahon adabiyoti» jurnalining tashkil 
qilinishi, «Sharq taronalari» xalqaro festivalining Samarqandda 
o‘tkazilayotgani keng jamoatchilikning katta qiziqishini uyg‘otmoqda. 
Bugungi kunda O‘zbekistondagi 59 ta oliy, 258 ta o‘rta maxsus, 75 ta 
kollejlarda jami 360 ming nafar talaba bilim olmoqda. 
Mustaqillik sharoitida yashash va ishlash respublikamizdagi har bir inson 
qalbini g‘ururga to‘ldirish bilan birga, ularga ulkan mas’uliyat ham yuklaydi. 
Respublika ilmiy jamoatchiligi oldida turgan asosiy vazifa ma’naviy 
hayotimiz, ilm-fan rivoji va barcha izlanishlarimizni eski mafkura 
qoldiqlaridan xalos etish, tozalashdir. Respublika ilmiy jamoatchiligi ustuvor 
soha – madaniyat va uning milliy manbalari, o‘zlikni anglash, estetik didni 
tarbiyalash, ta’lim va tarbiyani isloh qilish yo‘lidagi harakatlarda ongli, 
vijdonan ishtirok qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. 
227



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish