O‘zbekiston tarixi


O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

2. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va
xalqaro nufuzining ortib borishi 
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi turlicha ko‘rinishga 
ega. Ulardan biri xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishdir. Jahondagi 
eng nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bilan mustahkam 
aloqalarning o‘rnatilishi respublikamiz uchun alohida ahamiyatga ega. 
1992 yilning 2 martida O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh 
Assambleyasining 46-sessiyasida ovozga qo‘yilmasdan, yakdil ma’qullash 
asosida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Bu bilan respublika 
231


xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning to‘laqonli subyektiga aylandi. 
Prezident I. A. Karimov ta’biricha, «Birlashgan Millatlar Tashkiloti – bu barcha 
davlatlarning, mintaqalarning va butun jahon hamjamiyatining eng muhim 
muammolarini muhokama qilish va yechish uchun tuzilgan noyob 
tashkilotdir»
1

Bugungi kunda jahonning 185 ta mamlakati BMT a’zosi hisoblanadi. 
Ularning har biriga o‘zining jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni va to‘lov 
qobiliyatiga mos keladigan darajadagi badallar belgilangan. O‘zbekistonning 
to‘laydigan badali respublika milliy daromadining 0,13 foizini tashkil etadi. 
1998 yilda O‘zbekistonning badali 840 ming AQSH dollarini tashkil etdi
2

1993 yil 24 oktabrda Toshkentda BMTning O‘zbekistondagi 
vakolatxonasi ochildi. Bu vakolatxona tarkibiga BMTning Taraqqiyot dasturi 
(PROON), Axborot va ijtimoiy aloqalar bo‘limi, Narkotik moddalarga qarshi 
kurash bo‘limi (YUNDKP), BMTning Fan, madaniyat va ta’lim masalalari 
bo‘limi (YUNESKO), Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissar 
boshqarmasi vakolatxonasi, BMT Bolalar jamg‘armasining vakolatxonasi 
(YUNISEF), Sanoat taraqqiyoti tashkiloti (YUNIDO), Jahon sog‘liqni 
saqlash tashkiloti, BMTning Ko‘ngillilar dasturi (DOON) va bir qancha 
tashkilotlar hamda vakolatxonalar kiradi. BMTning ana shunday keng 
imkoniyatlaridan O‘zbekiston ham foydalanishga intilib kelmoqda. 
Prezident I. A. Karimovning e’tirof etishicha, «...biz o‘zimizning bunday 
obro‘li xalqaro tashkilot ishidagi ishtirokimizni Markaziy Osiyo mintaqasida 
xavfsizlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlashning keskin muammolariga jahon 
jamoatchiligi e’tiborini qaratish imkoniyati deb bilamiz, faqat BMTgina 
xavfsizlikni saqlash va ta’minlashga xizmat qiladigan – oldini olishga 
qaratilgan diplomatiyadan tortib, to tinchlik o‘rnatishga qaratilgan 
operatsiyalarda qatnashishgacha bo‘lgan vositalarning hammasiga ega». 
Mazkur imkoniyatdan foydalanishni nazarda tutib, Prezident I. A. Karimov 
o‘zining BMT Bosh Assambleyasining 48-(1993 yil sentabr) va 50-(1995 yil 
oktabr) sessiyalarida so‘zlagan nutqlarida bir qancha aniq takliflarni aytdi. 
Ularni quyidagicha umumlashtirish mumkin, ya’ni Markaziy Osiyodagi 
xavfsizlik va hamkorlik masalalari yuzasidan BMTning seminarini chaqirish; 
Markaziy Osiyoni yadrosiz mintaqa deb e’lon qilish; BMT Xavfsizlik 
kengashi huzurida vujudga kelib turgan xalqaro nizolarni tahlil qilish va 
buning uchun maxsus guruh tashkil etish; Markaziy Osiyoda narkobiznesga 
qarshi birgalikda kurash olib borish uchun BMTning mintaqaviy 
komissiyasini tashkil etish; Orol bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini 
tuzish va boshqalar. 
Ana shu barcha takliflarning natijasi o‘laroq, O‘zbekistonning tashabbusi 
bilan va BMT rahnamoligida 1995 yilning sentabr oyida Toshkentda 
Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan 
seminar bo‘lib o‘tdi. Unda 20 ta xalqaro tashkilot va jahonning 30 dan ortiq 
mamlakatlari, shu jumladan AQSH, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, 
1
Каримов

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish