subyekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik
munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz»
1
.
O‘zbekiston ana shu maqsaddan kelib chiqib va o‘z manfaatlarini hisobga
olib, barcha mamlakatlar bilan teng huquqli munosabatlarni amalga
oshirmoqda. Bugungi kunda 10 milliard AQSH dollaridan ortiq (ular doim
ko‘payib bormoqda) chet el sarmoyalari ishtirokida 200 dan ortiq investitsiya
loyihalari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston chet el
investitsiyalarini respublikamizga jalb qilishning eng samarali yo‘li qo‘shma
korxonalarni tashkil qilish, deb hisoblaydi. Hozirgi kungacha dunyoning 80
ta mamlakati sarmoyalari ishtirokida tuzilgan 3200 dan ortiq qo‘shma
korxona ro‘yxatga olingan. Bu hamkorlik natijasi yuqori sifatli, eksportbop
mahsulotlar ishlab chiqarishga olib kelmoqda. Respublikada ishlab
chiqarilgan an’anaviy mahsulotlar – paxta, rangli metall bilan birga kalava,
benzin, avtomobil sotish yo‘lga qo‘yildi
2
.
Mazkur yutuqlarning asosi respublika rahbariyati tomonidan chet el
investitsiyalari kirib kelishiga huquqiy kafolatlarning yaratilishidir. Ushbu
masala birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI
sessiyasida muhokama qilingan va qator qonunlar qabul qilingan edi.
Jumladan «Chet el investitsiyalari» hamda «Xorijiy investorlar va
investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida»gi qonunlar investorlar uchun qo‘l
keldi. «DEU» avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash, «Zarafshon-
Nyumont» va shu kabi ko‘plab korxonalarning samarali faoliyati yuqorida
yaratilgan kafolatlarning natijasidir.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishidagi yana bir muhim
yo‘nalishi – MDH davlatlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama
aloqalarning mustahkamlanayotgani bilan bog‘liq. Bu yo‘nalish muayyan
xususiyatlarga ega. Chunki sobiq Ittifoq davrida bu mamlakatlarning
iqtisodiyoti o‘zaro chambarchas bog‘liq edi. Ittifoqning tarqalib ketishi
an’anaviy aloqalarning susayishiga, ba’zi soxalarda esa umuman uzilib
qolishiga olib keldi.
MDHning ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritishdan oldin uning dunyoga
kelishi xususida to‘xtalib o‘tish lozim. 1991 yilning 8 dekabrida Rossiya,
Ukraina, Belorussiya respublikalarining rahbarlari B. Yelsin, L. Kravchuk,
S.
Shushkevichlar Mustaqil davlatlar hamdo‘stligini tuzish haqidagi
shartnomani imzoladilar va bu hamdo‘stlik ilgari Ittifoqqa kirgan davlatlar
uchun ochiq deb e’lon qilindi. 1991 yil 31 dekabrda Ashxobodda
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston
respublikalari rahbarlarining Minskdagi uchrashuvida MDHga sobiq SSSR
respublikalarining teng huquqda kirishi kelishib olindi. Uning tarkibiga
kirgan davlatlar MDHning ta’sischilari deb hisoblanishi haqidagi taklif
ma’qullandi.
1
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: