Taqrizchilar:
tarix fanlari doktori,
professor
S. S. A’zamxo‘jayev;
tarix fanlari doktori
R. M. Abdullayev
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005
KIRISH
O‘zbekiston tarixida 1991 yil 31 avgustdan boshlab yangi, mustaqillik
davri boshlandi. Xalqimiz o‘zi tanlagan yo‘lidan borib, huquqiy demokratik
davlat qurish, mamlakatimizni rivojlangan buyuk davlatlar darajasiga
ko‘tarishdek murakkab, oliy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun
sobitqadamlik bilan mehnat qilmoqda.
Mustaqillik ruhi mamlakatimiz miqyosida davlatchilik, iqtisodiyot,
siyosat sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bilan bir qatorda ijtimoiy-
siyosiy qarashlar, ma’naviyatni shakllantirish masalalariga yangicha
yondashishni talab qilmoqda. Sanab o‘tilgan muammolarning yechimini
topishda tarix fanining ahamiyati kattadir. Tarix faniga, xususan,
O‘zbekiston tarixiga nisbatan turli yondashuvlar ko‘zga tashlanmoqda.
Buning bir qancha sabablari bor. 74 yillik sobiq sovetlar davrida
kommunistik mafkuraning tazyiqi ostida juda ko‘p tarixiy jarayonlar siyosiy
maqsadda buzib ko‘rsatilgan yoki xaspo‘shlab o‘tilgan. Natijada haqiqatga
putur yetgan. Bundan tashqari, unchalik uzoq davr bo‘lmasa ham mustaqillik
yillarida nafaqat tarixchilar, balki faylasuf, siyosatchi, tilshunos, iqtisodchi
olimlar, shuningdek, jurnalistlar, publitsistlar tomonidan juda katta ishlar olib
borildi. Yangi tarixiy faktlar ochildi, arxiv hujjatlari matbuot yuzini ko‘rdi,
ilmiy, obyektiv xulosalar shakllandi. Bularning barchasi Vatanimizning
yangicha, haqiqiy tarixini yaratishga imkon tug‘dirdi.
Bayon qilingan vaziyatni hisobga olib, O‘zbekistonning tarixini
yaratishga yangicha yondashuvga alohida ahamiyat berib, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996 yil 16 dekabrda O‘zbekiston
tarixining yangicha talqinini tayyorlash va nashrdan chiqarish haqida maxsus
qaror qabul qildi. Ushbu qarorda tarixiy jarayonlarni va shaxslarni talqin
qilishning, baholashning metodologik yo‘nalishlari belgilab berildi.
Mazkur taqdim qilinayotgan ma’ruzalar to‘plamini yuqorida
qo‘yilayotgan talablarni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi bir tajriba deyish
mumkin. Ma’ruzalar so‘nggi bir necha yillar davomida IIV Akademiyasida
O‘zbekiston tarixi kafedrasi tomonidan tinglovchilarga ta’lim berish
jarayonida sinovdan o‘tdi va muayyan mazmun va shaklga ega bo‘ldi.
Haqiqatan ham, O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishda unga xolisona
yondashish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri, desak
yanglishmaymiz. Tarixiy haqiqatni tinglovchilarga o‘z holicha yetkazish
uchun esa biz, murabbiylardan, ozgina jonbozlik, fidoyilik talab etiladi.
3
Hukmingizga havola etilayotgan ma’ruzalar to‘plami V 380200 «Huquqni
muhofaza qilish faoliyati» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «O‘zbekiston tarixi»
fani namunaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlandi. Bu Siz, aziz kitobxonlarga
ona Vatanimiz tarixini o‘rganish yo‘lida hadya etilayotgan bir debocha,
kichik bir tuhfadir. Albatta, ushbu ma’ruzalar mukammal, kamchiliklardan
xoli deyishdan yiroqmiz, unga Siz, aziz o‘quvchilar, tegishli baho berasiz
degan umiddamiz.
Ma’ruzalarni yozishda mualliflar
Do'stlaringiz bilan baham: |