O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Ijodiy yondashuv qoidasi

Obyektivlik va tarixiylikni to‘ldiruvchi 
omillardan biridir. Fan bir joyda qotib qolmaydi, ya’ni yangi manbalar 
ochiladi, izlanishlar orqali yangi xulosalar ishlab chiqiladi. Ulardan tarixiy 
jarayonlarni, shaxslarni baholashda foydalanish obyektiv haqiqatni tiklashga 
yordam beradi.
Bundan tashqari, ijodiy yondashish har bir manbaning asl nusxa yoki 
soxta ekanligini qayta-qayta tekshirib ko‘rishni, qiyoslashni taqozo etadi. 
Shuningdek, o‘tmishda mafkuraviy va ba’zi bir siyosiy maqsadlarda 
shakllangan xulosalar vaqt va tarixiy sharoit o‘zgarishi bilan o‘zining 
ahamiyatini yo‘qotadi yoki tarix sinovidan o‘tmaganligi ma’lum bo‘ladi.
10


Masalan, sovetlar davrini o‘rganayotgan tadqiqotchi, albatta, partiya va 
sovet tashkilotlari hujjatlariga murojaat qilishi aniq. Lekin ularning ayni 
haqiqat deb qabul qilinishi mushkul. Haqiqatni aniqlash uchun esa mavjud 
hujjatlarga kommunistik mafkuraning ta’siri bo‘lganligi ham hisobga olinishi 
kerak.
Tarixiy hodisalarni ma’lum davr, vaqt o‘lchovlari asosida o‘rganadigan 
usullar ham mavjud. Ularga bir vaqtda, bir yo‘la, baravariga sodir bo‘lgan 
tarixiy voqealarning vaqtini ketma-ket hisobga olib borish, tarixiy tadrijiylik, 
davrlarga ajratish usullarini kiritish mumkin. Shulardan birinchisi – bir 
vaqtda, bir yo‘la sodir bo‘lgan bir nechta tarixiy voqealar o‘rtasida 
aloqadorlik borligini ochsa, ikkinchisi – tarixiy voqealarning kelib 
chiqishidagi genetik aloqalarning mohiyatini tushuntiradi, uchinchisi – 
ularning rivojida yangi sifat o‘zgarishlariga o‘tish imkoniyatlarining borligini 
ko‘rsatib beradi.
Yana shu guruhga kiruvchi usullar: tarixiy qiyoslash, tuzilish tartibi 
bo‘yicha yondashish usullari ham mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi tarixda 
yuz bergan bir xil turdagi voqealarni qiyoslash (taqqoslash) orqali ularning 
taraqqiy etishidagi umumiy yo‘nalishlarni aniqlab bersa, ikkinchisi bo‘lib 
o‘tgan tarixiy hodisalarning ba’zi muhim tomonlarini qaytadan hosil qilib, 
ular o‘rtasidagi aloqalarning qonuniyatlarini aniqlab beradi, uchinchisi esa 
jamiyatni ko‘p qirrali murakkab tartibli jism deb bilgani holda, ularning 
“gorizontal”, ya’ni yon tomonlama aloqalarini tahlil qilib beradi. 
Tadqiqotchining o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadlariga qarab uslub ham 
belgilanadi.
O‘zbekiston tarixi jahon xalqlari tarixidan alohida, yangi tarixiy fan 
bo‘lmay, balki jahon tarixi fanining tarkibiy qismi, uning qonuniy davomi 
bo‘lgan, o‘zining yutuqlari bilan jahon tarixi fanini boyitadigan va ularning 
yutuqlaridan o‘zbek xalqini bahramand qiladigan fandir. Bu fanni jahon 
xalqlari tarixi faniga qarama-qarshi qo‘yish, ulardan ajratish yoki ular bilan 
aynanlashtirish mumkin emas.
O‘zbekiston tarixi boshqa ijtimoiy fanlar – falsafa, siyosatshunoslik, 
madaniyatshunoslik, iqtisodiyot, huquqshunoslik fanlari bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Masalan, falsafa fanining qonun va kategoriyalari O‘zbekiston 
tarixi uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qilsa, siyosatshunoslik esa bevosita 
siyosiy tarix fanining davomi sifatida uning asosiy yo‘nalishlarini belgilab 
beradi. Iqtisodiy fanlar esa tarixda yuz bergan siyosiy munosabatlar qaysi 
iqtisodiy bazisning in’ikosi ekanligini ko‘rsatib beradi. O‘zbekiston tarixi 
davlat va huquq tarixi fani bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ulardan birinchisi 
ko‘proq siyosiy munosabatlar tarixini o‘rgansa, ikkinchisi davlat va 
huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonini to‘liq, xronologik (birin-
ketin yuz berishi) tarzda o‘rganadi. Ular o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik 
har ikkala fanning ham siyosiy munosabatlarni o‘rganishi va shu asosda 
huquqiy munosabatlar tarixini tahlil qilishi bilan tavsiflanadi.
Shunday qilib, O‘zbekiston tarixi fani oldida quyidagi 
vazifalar 
turibdi: 
11


– O‘zbekistonda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va eng 
qadimgi davlatchilikning kelib chiqishida azaliy o‘troq aholining madaniyati 
hal qiluvchi omil bo‘lganini ko‘rsatib berish; 
– miloddan avvalgi IX–VIII va VII–VI asrlarda ilk davlatchiligimiz 
taraqqiyoti jarayonini chuqur va izchil tadqiq etish; 
– ahamoniylar bosqini, Iskandar Zulqarnayn va uning vorislari davridagi 
qadimiy davlatchiligimizni tiklash uchun kurashning mohiyatini ochib 
berish; Kushonlar sulolasi davri tarixini o‘zbek davlatchiligi tarixi asosida 
chuqur tadqiq qilish;
– Buyuk Ipak yo‘lining paydo bo‘lishi va uning ichki, tashqi savdo, 
iqtisodiy hamda madaniy munosabatlarda tutgan o‘rnini yoritib berish; 
– ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda o‘zbek davlatchiligining barcha 
bosqichlari tarixini yaxlit tizim sifatida o‘rganish va uning jahon 
sivilizatsiyasi rivojlanishiga qo‘shgan hissasini tadqiq etish; 
– XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda markazlashgan o‘zbek 
davlatchiligi rivojlanishining o‘ziga xos qonuniyatlari va xususiyatlarini, 
Amir Temurning yirik davlat arbobi, madaniyat va fan xomiysi sifatida jahon 
tarixida tutgan o‘rnini chuqur yoritish; 
– XVI–XIX asrning birinchi yarmida o‘zbek davlatchiligining 
xususiyatlarini, siyosiy tarqoqlik sharoitida boshqarish usullaridagi 
nuqsonlarni, madaniyat, fan, san’at sohalaridagi tanazzul alomatlarini 
o‘rganish; 
– 
o‘zbek xalqining Chor Rossiyasi mustamlakachiligi va sho‘rolar 
istibdodi davridagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy ahvoliga xolisona 
baho berish; 
– o‘zbek davlatchiligi tarixining istiqlol qo‘lga kiritilgandan keyingi eng 
yangi davrini har taraflama, keng yoritish.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish