namunalar saqlanib qolmagan. Buning asosiy sabablari arab
bosqinchilarining faoliyati bilan bog‘liq. O‘lkada e’tiqod qilinadigan
zardo‘shtiylik va buddaviylikni tag-tomiri bilan yo‘q qilish uchun yozma
manbalar gulxanda yondirildi, savodli bo‘lgan din targ‘ibotchilari
jismonan
yo‘q qilindi. Shuning uchun eng qadimgi tarixning tiklanishida yunon, rim
(Gerodot, Strabon va h. k.), xitoy, arab, fors manbalaridan foydalanilgan.
Keyingi davr – o‘rta asrlarga taalluqli bo‘lgan juda ko‘plab arab, fors, turkiy
tillarda yozilgan manbalar bizgacha yetib kelgan. Bugungi kunda
O‘zbekiston kutubxonalarining o‘zida tarix va ijtimoiy hayotning o‘zga
sohalariga oid 20 mingdan ortiq nodir qo‘lyozmalar saqlanmoqda.
Respublika kutubxonalarida tarixning turli jabhalari yoritilgan minglab
ilmiy,
publitsistik, badiiy adabiyotlar, davriy matbuot materiallari borki,
o‘quvchi bularni o‘rganish bilan O‘zbekiston tarixi haqida to‘la tasavvurga
ega bo‘lishi mumkin. Akademiya tinglovchilari O‘zbekiston tarixini o‘quv
dasturi doirasida bilishlari shart. Buning uchun Vatanimiz tarixiga oid
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yetarli.
Talabalar uchun asosiy manba sifatida O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi, Oliy Majlisning umumiy va oliy ta’limga oid boshqa
qonunlari, hukumat qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoyishlari xizmat qiladi. Bu borada Prezident I.
A.
Karimovning
asarlarini alohida ta’kidlab o‘tmoq lozim. Ularda o‘tmishni o‘rganishning
mohiyati va metodologiyasi, yuksak ma’naviyatni shakllantirish, o‘zlikni
anglashning
ahamiyati, tarixiy, milliy qadriyatlar, diniy e’tiqodlarni tiklash
va boshqa masalalar yoritilganki, ularni bilish va amal qilish voyaga
yetayotgan yoshlarimiz uchun o‘ta muhimdir.
Bundan tashqari, Prezident
asarlari o‘tmishga va bugungi kunimizga taalluqli boy tarixiy ma’lumotlar
keltirilgan yagona manba hisoblanadi.
Tarixni o‘rganuvchi har bir inson zamon bilan hamnafas bo‘lishi, ya’ni
tinglovchi davriy matbuot bilan muntazam tanishib borishi, radioeshittirish
va televideniye ko‘rsatuvlaridan boxabar bo‘lib, ularda ilgari surilayotgan
g‘oyalarni o‘zlashtirib borishi kerak. Shundagina o‘quvchining
fikri
asoslangan, mukammal bo‘ladi, u mustaqil ravishda jamiyatda sodir
bo‘layotgan jarayonlarning kelib chiqish sabablarini tushunib, ularga
obyektiv baho bera olish darajasiga yetadi. Shu tariqa o‘quvchi O‘zbekiston
davlatining yetuk fuqarosi bo‘lib shakllanadi.
13