O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

B. V. Hasanov 
(2, 3, 16, 17-ma’ruza-
lar), 
SH. Q. Alimov 
(6, 7, 14, 15-ma’ruzalar), 
E. Q. Arifdjanov 
(1, 8, 9, 10, 
11, 12-ma’ruzalar, xulosa), 
B. A. Irmuhamedov 
(4, 5, 13-ma’ruzalar), qat-
nashdilar. To‘plam haqidagi fikr va mulohazalaringizni bajonidil qabul 
qilamiz.
4


1- ma’ruza 
O‘ZBEKISTON TARIXI FANINING MAZMUNI, NAZARIY-
METODOLOGIK ASOSLARI VA UNI O‘RGANISHNING 
AHAMIYATI 
1. O‘zbekiston tarixini o‘rganish – muhim siyosiy vazifa 
O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan xalqlarning tarixi qadim 
o‘tmishga borib taqaladi. Yashab turgan hududimiz tarixiy manbalari, 
arxeologik qazilmalari, xalq og‘zaki ijodi namunalari orqali umumjahon 
sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini butun olam tan olmoqda. Bu 
qadimiy va tabarruk zaminda buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, siyosatchilar, 
buyuk sarkardalar yashab o‘tganlar. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari 
mana shu yerda yaratilgan, sayqal topgan. Milodgacha va undan keyin 
qurilgan murakkab suv inshootlari, osori atiqalar dehqonchilik, 
hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak 
bo‘lganligidan dalolat beradi. Topilgan ko‘plab qadimgi toshyozuvlar, 
bitiklar, kutubxonalarda saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozmalar, 
ijtimoiy hayotning turli sohalariga doir o‘n minglab qimmatbaho asarlar 
o‘lka xalqlari ma’naviyatining yuksakligini namoyon qilib turibdi.
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, 
axloqiy, ilmiy qarashlarini sinchiklab o‘rganish, ulardan O‘zbekiston 
mustaqilligini mustahkamlash, mamlakatimizni buyuk davlatlar qatoriga 
ko‘tarishda, xalq farovonligini yuksaltirishda foydalanish muqaddas 
vazifadir. Chunki O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov 
ta’kidlaganidek, “...kim bo‘lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z 
o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar 
ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, 
irodasini mustahkamlaydi”
1
. Demak, o‘zligini tanigan, tarixiy tajribadan 
chuqur saboq olgan fuqarolariga ega bo‘lgan davlatni tanlagan yo‘lidan 
qaytarib bo‘lmaydi. Bunday davlatda tinchlik, taraqqiyot, farovonlik barqaror 
bo‘ladi.
O‘zbekiston tarixining bog‘chadan boshlab barcha turdagi o‘quv 
yurtlarida o‘qitilishi yuqoridagi g‘oyadan kelib chiqadi. Fanni o‘qitilishining 
ahamiyati uning oldiga qo‘yilayotgan vazifalar va maqsadlardan kelib 
chiqishi tabiiydir. Bizningcha, O‘zbekiston tarixini o‘qitishdan ko‘zlangan 
maqsadni quyidagi uch jihat bilan izohlash mumkin:
Birinchidan,
O‘zbekiston tarixini fan sifatida o‘qitish bilan ijtimoiy 
jarayonlarni chuqur tahlil qilishga, ularning rivojlanish qonuniyatlari, sabab 
va oqibatlarini aniqlash va tushuntirib berish orqali yoshlarning ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirishga, intellektual qobiliyatini yuksaltirishga 
erishiladi. Tarixiy jarayonlar tasodifiy, o‘zaro bog‘lanmagan voqealar emas, 
1
Каримов
 
И

А
.
 
Тарихий
хотирасиз
келажак
йўқ
. – 
Т
., 1998. – 3–4-
б

5


balki muayyan qonuniyatga, mantiqqa ega bo‘lgan hodisalar ekanligini 
tushungan, ongli, bilimli odamni aldab bo‘lmaydi. U har bir narsani aql va 
mantiq tarozisiga solib ko‘radi va to‘g‘ri xulosalar chiqara oladi.
Ikkinchidan,
hech qaysi ijtimoiy fan O‘zbekiston tarixi kabi 
millatimizning o‘zligini bilishiga salmoqli hissa qo‘shmaydi. Aynan shu 
sababli O‘zbekiston tarixini o‘rganish jarayonida millatimizning o‘zini o‘zi 
anglash ehtiyoji to‘laroq qondiriladi. Boshqacha aytganda, tarix xalqning 
ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’naviyatning ajralmas tarkibiy qismi milliy tuyg‘udir.
Milliy tuyg‘u – insonning o‘zi mansub bo‘lgan millatning tarixi, 
xususiyatlari, ruhiyati, hozirgi ahvoli va qadriyatlarini tug‘ma, hissiy 
anglashidir. Insonda milliy ong, tuyg‘u va g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi 
millatga mansubligini his etmasa, bunday inson o‘zga millatlarning ham 
qadr-qimmatini anglab yetmaydi, unda tarbiyaning vatanparvarlik, jasorat, 
ishonch kabi shakllarini qaror toptirish to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin 
emas.
I. Karimovning ta’biri bilan aytganda, “Xalqimizning ma’naviyati va 
madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi 
jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda 
olg‘a siljishda hal qiluvchi..., belgilovchi ahamiyatga ega”
1
.
Shuningdek, O‘zbekiston tarixini o‘rganish davlatimiz fuqarolarini 
vatanparvarlik, baynalmilallik ruhida tarbiyalash, xalqimizning milliy 
xudbinlik, maqtanchoqlik, milliy mahdudlikka botib ketmasligining oldini 
olish kabi bir qator tarixiy vazifalarni ado etadi.
Uchinchidan,
mustaqil davlatimizning kishilik jamiyati tarixiy 
taraqqiyotidagi insonparvar demokratik rivojlanish yo‘lini tanlaganligi bu 
davrda turli xil partiyalar, siyosiy harakatlar va birlashmalarda ishtirok 
etayotgan fuqarolardan davlatimizning iqtisodiy rivojlanishi uchun siyosiy 
barqarorlikni ta’minlashlarini talab etadi. Bu talab fuqarolarimizda siyosiy 
ong va siyosiy madaniyatning yuksak darajada bo‘lishini taqozo etadi. 
O‘zbekiston tarixi fani esa jahondagi ilg‘or demokratik kuchlar, 
davlatlarning tajribalarini umumlashtirish asosida fuqarolarimizda yangicha 
siyosiy madaniyatni shakllantirish, ularning davlatimizni boshqarish 
ishlaridagi qatnashuvida siyosiy kaltabinlikka yo‘l qo‘ymasliklarining yo‘l-
yo‘riqlarini ko‘rsatish kabi amaliy-siyosiy vazifalarni ham bajaradi.
Xullas, o‘tmishimizni chuqur tahlil etsak, undagi boy tajribani to‘laligicha 
egallasak, undan saboq olsak, eski xatolarga yo‘l qo‘ymasak, bugungi 
kunimiz va kelajagimizni to‘g‘ri belgilab olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Tarixsiz kelajak, milliy g‘urursiz mustaqillik bo‘lishi mumkin emas. 
Shunday ekan, endilikda biz istiqlolga erishgan vatanimizning turli 
mafkuraviy qarashlardan xoli bo‘lgan ilmiy siyosiy tafakkurini 
1
Каримов
 
И

А
.
 
Ватан
саждагоҳ
каби
муқаддасдир

Т
. 3. – 
Т
., 1996. – 273-
б

6


shakllantirishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan yangicha tarixiy 
tafakkurning mahsuli sifatida o‘rganishimiz kerak. Uni mustaqillikni 
mustahkamlash, millatimizning o‘zligini anglash, milliy g‘ururni 
shakllantirish, yoshlarimizni mustaqil Vatanimizga cheksiz sadoqat ruhida 
tarbiyalash ishlariga xizmat qildirmog‘imiz darkor.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish