oshirildi. Fanni o‘rganishning
dolzarb muammolari, asosiy g‘oyalari
Prezident I. Karimovning tarixchi olimlar bilan uchrashuv chog‘idagi nutqida
belgilab berildi. Bu g‘oyalar O‘zbekiston tarixini o‘rganishning asosiy
konsepsiyasini ishlab chiqishda o‘z aksini topdi. Bugungi kunda mazkur
konsepsiyaning asosiy g‘oyalari shakllantirildi. Ular quyidagicha:
– O‘zbekiston hududida tub aholi va uning ajdodlarining ko‘p ming yillar
davomida o‘troq yashab kelganligi hamda mahalliy madaniyatning boy
qadimiy ildizi va o‘tmishi bo‘lganligini qayd etish;
– O‘zbekistonda davlatchilikning paydo bo‘lishi va o‘zbek xalqining
shakllanishi jarayonida tub o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullangan
aholining o‘rni hal qiluvchi omil ekanligini nazarda tutish. Bugungi o‘zbek
xalqi tarixan shu zaminda yashagan xalq shajarasining davomi va shu yerda
shakllangan turmush tarzi hamda madaniyatining
vorisi ekanligining tan
olinishi;
– mil. av. III-II ming yilliklarda shakllangan sun’iy sug‘orishga
asoslangan dehqonchilik xo‘jaligi, hunarmandchilik va mahsulot almashish
O‘zbekistonda davlatchilikning kelib chiqishidagi asosiy omil ekanligini
tushunish;
– O‘zbekistonda davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida
tub aholining urf-odatlari, an’analari va ma’naviyati, azaliy ijtimoiylashuv
birlashtiruvchi omil bo‘lganligining tan olinishi;
– O‘zbekistonda ijtimoiy hayotning shakllanishi, butun O‘rta Osiyo
miqyosidagi
qadimiy madaniy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni qamrab
olgan siyosiy-ijtimoiy hodisa sifatida talqin etilishi;
– O‘zbekistonda ijtimoiy hayotning shakllanishi va rivojlanishi unga xos
xususiyatlar va qonuniyatlarga, jahon sivilizatsiyasi rivoji, dunyo xalqlari
tarixida muhim o‘ringa ega ekanligining qayd etilishi.
Agar konsepsiyaning mohiyatini chuqur talqin va idrok qiladigan bo‘lsak,
bir qancha yangicha muammolar mavjud ekanligi ko‘rinib turibdi. Jumladan
O‘zbekistondagi ijtimoiy hayotning o‘ziga xosligi, uning shakllanishida
o‘troq o‘zbek aholisining yetakchi o‘rin tutganligi, o‘zbeklarning o‘zi
esa shu
yerda yashagan o‘troq xalqning qonuniy vorislari ekanligi kabi ilmiy
asoslangan g‘oyalar shular jumlasidandir.
O‘zbekiston tarixi davrlarga bo‘lib o‘rganiladi. Bugungi kunda ular shartli
ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1. Davlatchilikka o‘tish davri (mil. av. II ming yillikning o‘rtalari va
ikkinchi yarmi).
2. Ilk davlat uyushmalari (mil. av. I ming yillikning birinchi yarmi).
3. Qadimgi davr ijtimoiy-siyosiy hayoti tarixi (mil. av. IV asrning oxiri –
milodning IV asri).
4. Ilk o‘rta asr davlatchiligi tarixi (V–VIII asrlarning o‘rtalari).
5. Rivojlangan o‘rta asrlar davlatchiligi (IX–XIII asrlarning boshlari).
6. Amir Temur va Temuriylar davlati tarixi (XIV asrning ikkinchi yarmi –
XVI asrning boshlari).
7. XVI–XIX asrlarning birinchi yarmi davlatchiligi tarixi.
8. O‘zbekiston XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrdagi
mustamlakachilik davrida.
8
9. Mustaqil O‘zbekiston tarixi.
Ushbu davlatlashtirish bosqichlari muayyan kamchilikdan ham mustasno
emas, lekin keltirgan bu usulimiz yetarli darajada o‘zini oqlamagan tarixiy
jarayonlarni formatsion usulda tahlil qilishdan voz kechilganidan dalolat
berib turibdi. Buni ilgarigiga nisbatan biroz bo‘lsa-da, olg‘a siljish deyish
mumkin.
O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlar kabi o‘zining muayyan
qonun-qoidalariga ega. Ular umumiy va xususiy usullarga bo‘linadi.
Umumiylariga, jumladan obyektivlik (holislik), tarixiylik
qoidalarini keltirish
mumkin. Tarixiy hodisalarni chuqurroq o‘rganish uchun xususiy usullar
qo‘llanishi mumkin. Ularga, masalan, statistika, matematika, sotsiologik
tadqiqot usullari kiradi. Bu usullar tarixiy hodisalarning miqdoriy va sifat
o‘zgarishlarini tahlil qilish asosida chuqur tarixiy-ilmiy xulosalarni
shakllantirishga yordam beradi. Ulardan qaysi birini qo‘llash tadqiqotchining
o‘z oldiga qanday maqsad qo‘yganligi bilan belgilanadi.
Endi asosiy qoidalarni izohlab berishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: