Miloddan avvalgi 550 yilda Ahamoniylar boshliq forslar midiyaliklar
hukmronligiga chek qo‘yganlaridan so‘ng, hokimiyatni o‘z qo‘llariga
oladilar, so‘ng O‘rta Osiyo yerlarini bo‘ysundirish uchun kurash olib
boradilar.
Gerodot Kirning Midiya va Bobilni bo‘ysundirgandan keyin o‘z
kuchlarini Kaspiy dengizining sharqiy tomonidagi massagetlar yashaydigan
tekisliklar sari yo‘naltirgani to‘g‘risida xabar beradi
1
.
Ahamoniylarning O‘rta Osiyodagi bir qancha viloyatlar ustidan
hukmronligi ikki yuz yildan ortiqroq davom etdi. Albatta, Ahamoniylarning
O‘rta Osiyodagi hukmronligi, bu yerda yashovchi xalqlarning tiliga va tashqi
ko‘rinishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Tarix ilmi Turon yerida va Turon
davlatlarida faqat turklar emas, balki hozirgi kunda tojik deb nomlangan
xalqlarning ota-bobolari ham yashaganligini ko‘rsatadi.
Bundan bilishimiz mumkinki, Turon zamini qadimdan turkiylar va
tojiklar yeri edi. O‘rta Osiyoda azaldan so‘g‘dlar, xorazmliklar hamda turkiy
elatlar aralash bo‘lib yashab kelganliklari ma’lum. So‘g‘dlar o‘troq hayot
kechirib, asosan, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo bilan
shug‘ullanishgan, turklar va so‘g‘dlarning sak qabilalari esa ko‘chmanchi
hayot kechirib, asosan, chorvachilik va askarlik bilan shug‘ullanganlar. Tili
har xil, lekin tarixda doimo bir davlat doirasida yashagan bu ikki elatni bir-
birisiz tasavvur etish qiyin. Shuning uchun o‘zbek xalqining shakllanishida
bu xalqning ham ta’siri bo‘lganligini aytmasdan ilojimiz yo‘q.
Uzoq davr mobaynida Iskandar Zulqarnayn yurishidan (miloddan avvalgi
329–327-yillar) VI asrning o‘rtalarigacha, ya’ni Yettisuv tuprog‘ida
G
arbiy
turk xoqonligi yuzaga kelgan vaqtga qadar, hozirgi O‘zbekiston hududiga
juda ko‘p istilochilar kelib ketdi. Ular bu yerda o‘zlarining chuqur siyosiy,
madaniy va etnik izlarini qoldirdilar. Iskandar Zulqarnaynning yurishlari
natijasida Yunon-Baqtriya podsholigi vujudga keldi, miloddan avvalgi III–II
asrlarda mavjud bo‘lgan So‘g‘d o‘lkasi shu podsholik tarkibiga kirgan va u
zamonlar mahalliy so‘g‘d madaniyati ellinizm elementlari bilan boyigan edi.
Biroq mahalliy aristokratik guruhlar bilan bog‘langan yunon-
makedoniyaliklar Yunon-Baqtriya o‘lkasida kichik bir qatlamni tashkil
etganliklaridan, dehqonchilik qiluvchi aholining etnik tarkibiga, xususan,
so‘g‘dlar tiliga jiddiy o‘zgartirishlar kiritmadilar
2
.
O‘rta Osiyo xalqlari tarixida, jumladan o‘zbek xalqining shakllanishida
Qang‘ davlatining ahamiyati juda katta bo‘lgan. Miloddan avvalgi III asrda
bu davlat Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi tub aholini va bir qancha
ko‘chmanchi, yarim ko‘chmanchi qabilalarni hamda o‘lkalarni birlashtiradi.
Ishlab chiqarish kuchlarining tobora o‘sib borishi bilan dehqonchilik,
hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat taraqqiy etadi, yirik shaharlar va
qishloqlar vujudga keladi. Qang‘ davlatining chegarasida qadimiy eron tilida
so‘zlashuvchi xalqlar Markaziy Osiyo, Janubiy Sibir va Yettisuvning
shimoliy tumanlarida yashovchi turkiy tilda so‘zlashuvchi qabilalar bilan
1
Ўзбекистон
ССР
тарихи
.
Т
. 1. –
Т
., 1970. – 71-
б
.
2
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: