O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Каримов
 
И

А
.
 
Адолат

Ватан
ва
халқ
манфаати
ҳар
нарсадан
улуғ
. – 
Т
., 1998. – 
37-
б

2
Каримов
 
И

А
.
 
Ўз
келажагимизни
ўз
қўлимиз
билан
қурмоқдамиз
// 
Халқ
сўзи

– 1999. – 3 
фев

29


shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, agar xalq o‘z qobig‘iga o‘ralib, jahon 
tajribasidan ajralib qolsa, bu jarayon yanada og‘irroq kechib, cho‘zilib 
ketadi.
Demak, har qanday xalq yuksak ma’naviyatga ega bo‘lishi uchun milliy 
o‘ziga xosligini, asrlar davomida sinovdan o‘tgan, iymon-e’tiqod bilan 
yashash kabi an’analarini saqlab qolish bilan birga, umuminsoniy 
qadriyatlarni ham o‘zlashtirib borishi lozim. Lekin biz uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan inson huquqlariga rioya etish, tadbirkorlik erkinligi, 
matbuot erkinligi, ijtimoiy va iqtisodiy raqobat, o‘zaro murosa, o‘zgalarning 
fikrlarini hurmat qilish, ular bilan hisoblashish kabi demokratik qadriyatlar 
biz uchun yangilik. Bu sohadagi ehtiyotsizlik kutilmagan salbiy oqibatlarga 
olib kelishi mumkin. Masalan, ma’rifatdan yiroq bo‘lgan siyosiy raqobat 
ekstremizmga, ijtimoiy yo‘naltirilmagan bozor munosabatlari iqtisodiy 
tanglikka olib kelishi mumkin. Ana shunday noxush hodisalarning oldini 
olish maqsadida o‘z rivojlanish yo‘lini aniqlab olgan respublika rahbariyati 
o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozimligi haqidagi qoidaga amal 
qilishni o‘zining muhim burchi deb hisoblab kelmoqda va unga to‘la-to‘kis 
amal qilmoqda. Mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik yuqoridagi 
qoidaga izchillik bilan amal qilinayotganligidan dalolat berib turibdi.
Mustaqillik sharoitida mamlakatdagi siyosiy barqarorlikni ta’minlash 
respublika aholisining farovonligini oshirish, moddiy va ma’naviy 
ehtiyojlarini tobora to‘laroq qondirishdek murakkab vazifani so‘zsiz 
bajarishning kafolatidir. O‘z navbatida, barqarorlikning negizi O‘zbekiston 
aholisining milliy va etnik yakdilligini ta’minlashga bog‘liq. Buning uchun 
respublika rahbariyati mustaqillikning birinchi kunlaridanoq O‘zbekiston 
barcha xalqlari uchun “Umumiy uy” shiori asosida o‘z faoliyatini ko‘p elatli 
birlikni vujudga keltirishga qaratib kelmoqda. I. 
A. 
Karimovning 
ta’kidlashicha: “O‘zbek madaniyatining umuminsoniy mohiyati, ma’naviy-
ruhiy qadriyatlarning va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi bu birlikning 
negizini tashkil etdi”
1
.
Bizningcha, bu birlik murakkab jarayonning boshlanishidir. O‘zbekiston 
aholisini tashkil qilgan barcha millat vakillari “men rus, qozoq, tojik, qirg‘iz 
yoki turkmanman” deyish o‘rniga g‘urur bilan “men O‘zbekistonlikman”, 
desin. Kelajakda shunday bo‘ladi ham, chunki respublikada milliy masalada 
o‘rnatilgan tartib bo‘yicha hech qaysi millat vakili kamsitilmaydi. Bunga 
ko‘plab misollar keltirish mumkin. Respublikaning eng yuqori organlaridan 
tortib viloyat, shahar, tuman, qishloqlar boshqaruvida istisnosiz barcha millat 
vakillari bab-baravar ishtirok etmoqdalar. U yoki bu millat vakillari 
uyushibroq yashagan hududlarda ular o‘z ona tillarida bilim olish 
imkoniyatiga egalar. Televideniyeda maxsus xalqaro telekanal tashkil 
qilingan. Shuningdek, radioda rus, qozoq, tojik va boshqa tillarda 
eshittirishlar olib boriladi. O‘z milliy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish 
imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun turli milliy markazlar tashkil qilingan va 
h.k.
1
Каримов
 
И

А
.
 
Ўзбекистон
ХХ

аср
бўсағасида

хавфсизликка
таҳдид

барқарорлик
шартлари
ва
тараққиёт
кафолатлари
. – 
Т
., 1997. – 143-
б

30


Shunday qilib, bu omillar hozirgi o‘zbek xalqining tarixi faqat XV–XVI 
asrlardan boshlanadi, deb o‘ylashimiz to‘g‘ri emasligini asoslaydi. O‘zbek 
xalqining tarkibiga “ko‘chmanchi o‘zbeklar” so‘nggi qo‘shilma sifatidagina 
kirdi.
O‘zbek xalqining asosini uzoq asrlar mobaynida murakkab etnogenez 
jarayoni orqali shakllangan barcha turkiy aholi tashkil etadi.
Vatanimiz O‘zbekistonning uzoq davom etib kelgan, uzluksiz taraqqiyot 
yo‘li, tarixi bor. Shuningdek, biz xalq tarixini uning nomi tarixi bilan 
aralashtirish mumkin emasligini ham ko‘rdik. Garchi, u «o‘zbek» nomini 
hayot kechirib kelgan zamonlardan ancha keyin olgan bo‘lsa-da, lekin bu 
uning qadimgi tarixini sira yo‘qqa chiqara olmaydi.
Uzoq yillar davomida o‘zbek xalqi o‘zining eng buyuk qadriyatlarini 
asrab-avaylab saqlab qolish bilan birga, o‘zga xalqlarning ilg‘or 
madaniyatini ham o‘ziga singdirib, ma’naviyatini boyitib bordi. Shuningdek, 
o‘zbek xalqining yuksak madaniyatidan boshqa xalqlar ham bahramand 
bo‘ldilar.
Mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining madaniyati va ma’naviyatining 
yuksalishi, turmush tarzining boyishi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. 
Uning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan ma’naviyatining 
hosilalari O‘zbekiston xalqining yakdilligi, tabiiy birligi va davlat miqyosida 
tili va etnosidan qat’i nazar yagona millat sifatida shakllanishiga asos 
bo‘lmoqda.
31



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish