dehqonchilik hududlari – o‘rta va Yaqin Sharq,
shu jumladan Markaziy
Osiyo mamlakatlarida yuz bergan. Dastlab, Markaziy Osiyodagi ilk davlatlar
deyilganda, yaqin yillargacha miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda vujudga
kelgan “Katta Xorazm” va “Qadimgi Baqtriya” podshohliklari tushunilib
kelingan. Ular davlatchiligimiz rivojining ikkinchi bosqichiga tegishli
davlatlardir. So‘nggi yillardagi arxeologik tadqiqotlar Markaziy Osiyo
hududidagi ilk davlatlar shahar-davlatlar ko‘rinishida bo‘lib, ular miloddan
avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida paydo bo‘lganligidan
guvohlik
beradi
1
.
Shu davrda Markaziy Osiyoning Qizilqum, Qoraqum cho‘llarining
ichkarilari, Pomir va Oloy tog‘larining yuqori qismidagi yerlar ajdodlarimiz
tomonidan o‘zlashtirilgan. Andronova, Tozabog‘yob, Zamonbobo,
Qayroqqum madaniyatlari shundan dalolat beradi. Markaziy Osiyoning
janubiy qismida aholi o‘troq holda, dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Bu
yerda Nomozgoh, Sopolli, Dashtli kabi o‘troq
dehqonchilik madaniyatlari
qaror topgan. Markaziy Osiyoning janubida qadimda Baqtriya, Marg‘iyona,
Parfiya, Areya va Girkaniya singari tarixiy-madaniy hududlar bo‘lgan.
O‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholi qadimda vodiylarda yashagan.
Kezi kelganda shuni ta’kidlash lozimki, aholining bunday joylashishi suv
manbalari birmuncha cheklangan o‘rta Yaqin Sharq mamlakatlariga xos
xususiyatdir.
Vohalarda ishlab chiqaruvchi xo‘jalik, ayniqsa, sug‘orma
dehqonchilikning yuksalishi jamiyatda ijtimoiy va mulkiy tabaqalanish
jarayonini yuzaga keltiradi. Ushbu jarayon uzoq davom etib, uning natijasida
davlatchilik tizimi shakllana boshlaydi.
Jamiyatda sodir bo‘lgan iqtisodiy siljishlar
Markaziy Osiyoda miloddan
avvalgi III–II ming yilliklardan boshlab ilk shaharlarning paydo bo‘lishiga
olib keldi. Umuman olganda, shaharlarning paydo bo‘lishi jarayonini
o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Zero, ko‘pchilik mutaxassislarning
fikrlaricha, shaharlar va davlatlarning paydo bo‘lish jarayoni uzviy bog‘liq
holda kechgan
2
.
Bu davrlarga kelib dehqonchilik vohalarida aholining alohida-alohida
joylashish tizimi shakllangan. Aynan shu narsa shahar tipidagi aholi
manzilgohlarining shakllanishiga shart-sharoitlarni yaratib beradi.
Tarixni
o‘rganishda shaharlarni yuzaga keltirgan omillarni bilish ham muhim
ahamiyatga egadir.
Birinchi omil – aholining nihoyatda zichligi, uning bu yerda to‘planishiga
imkon yaratadigan oziq-ovqat olish yo‘li, ya’ni o‘troq dehqonchilikning
paydo bo‘lishi. Aholi zichligi o‘troq dehqonchilik jamiyatlarida oldingi
terimchilik, ovchilik bilan shug‘ullangan davrga nisbatan 100 barobar oshadi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: