Mavzu: Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Markaziy Osiyoda chet el bosqinchilariga qarshi xalq ozodlik harakatlari. Reja



Download 18,57 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi18,57 Kb.
#395652
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Markaziy Osiyoda chet el bosqinchilariga qarshi xalq ozodlik harakatlari.

Reja:

  1. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Markaziy Osiyo.

  2. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Markaziy Osiyoda chet el bosqinchilariga qarshi xalq ozodlik harakatlari.

Qadimda hozirgi Eron hududlarida Elamitlar, forslar esa faqat Eronning janubida yashagan, so’ngra ular butun Eron hududini egallagan. Forslar “Avesto’’da “Azadlar” nomi bilan tilga olinadi. Azadlar ariylarni tashkil etgan. Ariylar joylashgan yurt, keyinchalik Eron deb atalgan. Rivoyatlarga ko‘ra, shu yurtga qachonlardir ko‘chib kelib, hukmronlikni qo‘lga kiritgan forslarning nufuzli oilalaridan biri Ahamon mil.aw. VII asrning boshlarida o‘z sulolasiga asos solgan. Uning o‘g ii Chishpish mil.avv. VI asrda fors qabilalari ittifoqini tuzib, Eronda ahamoniylar (mil.aw. 558-329-yiIlar) sulolasiga asos soladi. Ahamoniy lar sulolasining shuhrati Kir II nomi bilan tarixga kirgan podshoh davrida kuchaydi. U Midiya, Elam, Vaviloniya podsholiklarini bo‘ysundirib, dunyoda birinchi saltanatga asos soldi. Manbalarda Kir II ning asl ismi Kurush boiganligi m aium . Davlat poytaxti avval Persepol, so‘ngra Bobil, Suza va Ekbatan shaharlari boigan. Kir II ahamoniylar sulolasi shuhratini kuchaytirgan, dunyoda birinchi saltanatga asos solgan va 0 ‘rta Osiyoga bostirib kirgan shohdir. Kir II massagetlar ustiga mil.avv. 530-yilda 200 000 kishilik qo‘shin bilan bostirib kelgan. Bu paytda umr yoidoshi vafot etgan malika To‘maris (ayrim manbalarda Tomiris) massagetlar podshosi edi. Uning jasorati haqidagi rivoyatlar bizgacha yetib kelgan. To‘maris Kir II ni m agiub etib, uning boshini qon bilan toidirilgan meshga soladi. Gerodotning yozishicha, qadimda turonliklar, xususan, massagetlar quyoshga, yerga sajda qilganlar. Ular o‘z vatanlarini quyosh kabi muqaddas deb bilganlar. To‘maris barcha turonliklaming jasoratli onasi, vatanga sadoqatli ayol ramzi boiib qoldi. M aiumki, Kir II ga qarshi To‘maris o‘z o‘g‘li Spargapisni qo‘shinga boshliq qilib yuborgan edi. Ammo o‘g‘il dushman hiylasiga uehib, mast holda uxlab qolib, asirga tushadi va u oidiriladi. Ahamoniylardan Doro I davrida ularga qarshi erk va ozodlik uchun sak (shak)lar ham bosh ko‘targan. Buni Behustun yozuvlarida ham ko‘rish mumkin. Yozuvlarda Doro I saklami quvib Orol sohillarigacha borganligi, saklar hukmdori asir olinganligi, Skunxa ismli lashkarboshini saklarning o‘zi Doro I ga topshirganliklari qayd etiladi. Doroga qarshi saklarning ozodlik va erk uchun jasoratlari bitilgan jangnoma-rivoyat ham shu kunlargacha yetib kelgan. Bu rivoyatni birinchi martayunon tarixchisi Polien o‘zining “Harbiy hiylalar’' nomli asarida keltirgan. 64 Rivoyatda sak qabilasidan chiqqan otboqar Shiroqning buyuk jasorati, tadbirkorligi, vatanparvarligi va erkparvarlik fazilatlari hikoya qilinadi. Shiroq o‘z qabilasi manfaatlarini himoya qilib, Doro lashkarlariga qarshi chiqadi va harbiy hiyla bilan yov qo‘shinlarini chalg‘itib, Qizilqumning dasht sahrosiga boshlab boradi. Suvsizlik va ochlikdan darmonsiz qolgan g‘anim lashkarlari halokatga uchraydi. El-yurt vayrongarchilikdan saqlab qolinadi. Shiroqning o‘zi dushman qo‘lida halok bo‘ladi, lekin mag‘lub boimaydi. Uning orqasida katta bir xalqning taqdiri yotar edi. Yunon tarixchisi Polien asarida bu jasorat kuylanib, unda Shiroq nomi Siyrak deb keltiriladi. Eron ahamoniylariga qarshi kurashda sug‘dliklar singari baqtriyaliklar ham faol qatnashib harakat qilgan. Hatto ahamoniy Artakserks I (mil.avv. 462 - 424-yillar) davrida baqtriyaliklarning ozodlik harakatlari tufayli biroz muddatga boisa-da, qaramlik kishanini uloqtirib tashlashga erishgan. A.Makedonskiy bostirib kirganda baqtriyaliklar ahamoniy Doro III ning qarindoshi Bessning orqasidan ergashgan. Bunga sabab, mahalliy aholi o‘z hududini yangi bosqindan saqlab qolish ilinjida boiganligidadir. Bess Artakserk nomi bilan o‘zini Osiyo podshohi deb eio n qilgan. Ammo, u subutsizlik va sotqinlik qilib qochgan. Doro I mamlakatni satraplik (viloyatlar)larga boiib boshqargan. Viloyatlar tepasida satrap (hokim)lar turgan. Ular cheklanmagan hokimiyatga ega boiib, bu mansabga faqat ahamoniylar oilasiga mansub forslar tayinlangan. Ularning faoliyatini doimo nazorat etib turish maqsadida maxsus amaldor-ayg‘oqchilar qo‘yilgan. Markaziy Osiyo hududi Baqtriya va M argiyona bilan birga hisoblaganda 12 viloyatga boiinib idora qilingan. Bu viloyatlar har yili Doroga 360 talant (soliq miqdori, 1 talant 34 kg ga teng boigan) jarima toiagan. Parfiya, Xorazm, Sug‘d va Area birgalikda 16 viloyat (satraplik) dan iborat boiib, 300 talant, saklar va kaspiylar esa 15 viloyat boiib, ular har yili 250 talant jarima soliq toiagan. Markaziy Osiyo xalqlari qariyb 200 yil (mil.avv. VI-IV asrlarda) Eron ahamoniylari hukmronligi ostida yashagan. Faqat mil.avv. IV asrga kelib, ahamoniylar markaziy hokimiyati kuchsizlangach, bizning ajdodlar o‘z mustaqilligiga erishish imkoniyatiga ega boidi. Xorazm birinchilardan o‘z mustaqilligini qoiga kiritdi. Baqtriya esa to yunonlar bosqiniga qadar ahamoniylar zulmi ostida edi.

Qadimda bosqinchilar qaysi yurtni egallagan bo‘lsa, yurt va xalqni doimo talab kelgan. Bundan tashqari, tobe yurt va xalqlardan hukmdorlarga sovg‘asalomlar ham kelib turgan. Biroq, shunday bosqinchi hukmdorlar bo‘lganki, ular bu talonchiliklarga qo‘shimcha soliq tizimini ham o‘ylab topganlar. “Doro (uni)ni forslar savdogar deyishlariga sabab, - deb yozadi Gerodot, - u birinchi bo‘lib soliq tizimini joriy etganligidandir”. Doro I tomonidan yozdirilgan Behustun yozuvi (Behustun qoyasi - uzunligi 22 metr, umumiy balandligi 7,8 metr, Shimoliy Eronda, Kirmonshohdan 30 km masofada) bobil, elam va qadimgi eron tillarida yozilgan. Yozuvlarda ahamoniylar imperiyasini larzaga keltirgan qo‘zg‘olonlar: jumladan, Gaumata (522-yil), Frada (522-yil) qo‘zg‘olonlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan birgalikda yozuvlarda Qozog‘iston va 0 ‘zbekiston hududlarida istiqomat qilib, xalq harakatiga rahbarlik qilgan sak qabilalarining yetakchisi Skunxa haqida ham maMumot berilgan. 0'zbekistonda hali Eron ahamoniylari hukmronligi tugamasdan Aleksandr Makedonskiy boshchiligida yunon-makedonlar bostirib kirdi. Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) otasi Filipp II o‘ldirilgach, mil.avv. 334-yilda Suriya, Shom yurti, Finikiya, Misr, Eronni egallab, buyuk saltanat barpo etgan. U miLavv. 329- yilning bahorida Hindiqush tog‘idan oshib, Markaziy Osiyo hududlariga bostirib kirdi. Ammo Iskandar Zulqarnayn 0 ‘rta Osiyo viloyatlarini osonlikcha qoiga kirita olmadi. Baqtriyaliklar, sudiyonaliklar uch yil davomida yog‘iyga qarshi ozodlik harakatini olib bordi. Bu ozodlik kurashlarida Spitamen jasorati ibratlidir. U kutilmagan joyda paydo bo‘lib, makedoniyaliklarga ofat va talofot keltirar, uning vatanparvarligi shunchalik ustun ediki, Iskandar unga Sug‘diyona hokimligini in’om etmoqchi boiganda ham, vatanfurushlikdan oiim ni afzal ko‘radi. Spitamenning oiim i Kvint Kursiy Rufning “Aleksandr Makedonskiy tarixi” asarida xotinining xoinligi sabab qilib ko‘rsatilsa, Arrianning yozishicha Spitamen oiim i u bilan ittifoqchilik qilgan skif-massagetlar xiyonati bilan bogianadi. Spitamenning tarjimayi holi va shaxsi haqida hech qanday m aium ot saqlanmagan. Uning qizi Apamani Iskandar o‘z qo‘mondonlaridan biri Salavkka xotinlikka olib bergan. Buni yunon muarrixlari Plutarx, Strabon va Arrianlar ham tasdiqlaydilar. Spitamenning qiziga uylangan Salavk avlodlari ota tomonidan yunon, ona tomonidan Spitamen avlodlaridan boiganligi tarixiy haqiqat. Aleksandr Makedonskiyga qarshi kurashgan qahramonlar haqida so‘z ketganda odatda Spitamen nomi ko‘proq tilga olinadi. Vaholanki, yurt mus67 taqilligi uchun jon bergan qahramonlar, yoiboshchilar bir talay boigan. Masalan, Arrianning tasdiqlashicha, Baqtriya shimolidagi Paratikan (Boysuntog‘, Ko‘hitangtog‘ daralari) Spitamen qo‘zg‘oloni bostirilganidan keyin ham tinchimagan. Bu yerda ikkita qahramon - Katan va Avstan boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilgan. Ular bilan Aleksandr o‘rtasidagi jang shafqatsiz boigan. Yoiboshchi qahramonlarning biri halok boigan, ikkinchisi esa asir olinib, Aleksandr huzuriga jo ‘natilgan. Mazkur voqea mihavv. 327-yilda ro‘y bergan. Iskandar Zulqarnayn Turon yurtini egallaganidan keyin ham erk va ozodlik kurashlari to‘xtamagan. Shu sababli Iskandar mahalliy xalq vakillari, birinchi navbatda, hukmdor oqsoqollar va rahbarlar bilan umumiy til topish, ularga yaqinlashish yoilarini izlay boshlaydi. U 327-yilda Nautakka yaqin boigan Sug‘d qal’asini egallab, bu shahar hokimi Oksiart bilan yaqinlashadi. Natijada Baqtriya va Sug‘diyona togiari orasidagi 4 ta qal’a ham egallanadi. Iskandar Baqtriya zodagoni Oksiartning go‘zal qizi Raksana (Raxshona, Ravshanak) ga uylanadi va uni saltanat malikasi deb eio n qiladi. Oksiartning barcha gunohlarini kechi

Bu voqeani eshitgan Iskandarning yana bir raqibi Epak Xoriyen Iskandarga jangsiz taslim boiib, o‘z qal’asining hokimi boiishga erishadi. Plutarx 68 Iskandaming yerli xalq urf-odatlari va madaniyatiga katta hurmat bilan qaraganligini alohida ta’kidlaydi. “Hatto, - deydi u, - vatanparvarlar (mahalliy aholini ular shunday nomIaganlar)ning milliy kiyimlarini kiyib yurishni o‘ziga ma’qul ko‘radi... Hatto, shoh makedon jangchilariga ham yerli xalqning urf-odatlarini o‘rganishini ta’kidlaydi”. Bunday holatlar yerli zodagonlaming aksariyatini Aleksandr tomoniga o‘tib ketishiga, mahalliy xalqning rahbarsiz qolishiga olib keladi. Natijada Aleksandrning Baqtriya va Sug‘diyona ustidan to‘la hukmronlik o‘rnatishiga imkoniyat yaratiladi. Shundan so‘ng, Iskandar 0 ‘rta Osiyodagi ayrim viloyatlami o‘ziga bo‘ysundirgach (mil.aw. 327-yilda), Hindistonga yurishi oldidan mahalliy aslzoda Oropiyani Sug‘d podshosi etib tayinlaydi. Ko‘pchilik ellinizm deganda, yunon madaniyati rivojinigina nazarda tutib, Aleksandr xumjidan to “Rim madaniyati” bosqichiga (mil.avv. 30-yillar) o‘tishgacha bo‘lgan davrni ko‘zda tutadi. XIX asming birinchi yarmida tarixchi I.G.Droyzen ellinizm tushunchasini muomalaga kiritib, bunda u ellinlar (yunon-makedoniyaliklar) madaniyatining o‘zlariga tobe mamlakatlar madaniyati bilan o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida vujudga kelgan madaniy holat va munosabatlami nazarda tutgan. Biroq, bir holatni alohida nazarda tutmoq kerakki, Aleksandr boshlab bergan “Yunonlar davri”dan bir necha yuz yil muqaddam (mil.aw. VII-VI asrlardan buyon) qadimgi yunonliklar madaniy hayotiga mintaqamiz madaniyma’naviy munosabatlarida asosiy o‘rin tutgan Zardushtiylik ta’limotining ta’siri juda katta bo‘lgan. Buni o‘sha va undan keyinroq yashab o‘tgan buyuk yunon olimlari ijodi va merosi misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan, Geraklitning (mil.avv. 544 - 475-yillar) hamma mavjudotning asosi deb olovni bilishi, dunyodagi barcha harakatlar qarama-qarshilik munosabatidagi kuchlar birligidandir, degan g‘oyalari bu taminotdagi olovga sig‘inish, hayotning ezgulik va yovuzlik aro doimiy kurashi, ziddiyat ostida kechishi kabi ta’limotlari ta’sirida shakllangani, shubhasizdir.rib, uni Baqtriya satrapi etib tayinlaydi.
Download 18,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish