Reja: 1 tarixni o`rganishda manbalarning ahamiyati



Download 37,34 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi37,34 Kb.
#552533
Bog'liq
YTarix


Mavzu: O`zbekiston tarixini davrlashtirish
Reja:
1) tarixni o`rganishda manbalarning ahamiyati
2) Vatanimiz tarixini davrlashtrishdagi asosiy masalalar
3) Davrlashtrishdagi muomolar
Barcha tarixlarda bо`lganidek, O`zbekiston tarixida ham davrlashtirish masalasi o`ta muhim masala. U shu tarixni o`rganuvchi tarix fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va metod (usul)lari bilan bevosita bog`liq. Demak, tarix fani qanchalik haqqoniy ilmiy-nazariya, g'oya ta`limot va metodologiya (uslubiyat) hamda usullar bilan ifodallangan bo`lsa, u shunchalik to`g`ri davrlashtiriladi.
Ma`lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani, shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o`z ichiga oladi. U xilma-xil ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g'oyaviy dunyoqarash va falsafiy oqimlarga boy, jahon tarixi va sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron o`choqlaridan biri hisoblanadi. O`tmishda taqdir taqozosiga ko'ra tariximiz aniqrog`i Vatanimi hududi jahon miqyosda kengayib va ma`lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu tariximizning o`ta buyuk, shu bilan birga, juda ham murakkab bо`lganligidan dalolatdir. Shuni ham aytish joizki, bu holat hozirgi jonajon Vatanimiz O`zbekiston tarixining chegarasi va davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi.
Istiqlol yillari davrida tarixchi olimlarimiz Islom Karimovning "Yangi tarix" g`oyasiga amal qilgan holda ona tariximizning ilmiy asosda davrlashtirish sohasida ma'lum yutuqlarni qo`lga kiritdilar.
Birinchidan, tarixni uzluksiz inqilobiy jarayon, qarama-qarashi murosasiz sinfiy kuchlar to`qnashuvidan iborat deb tushunish va besh formatsiyaga bo`lishdan batamom voz kechildi. Asosiy e'tibor esa, tarixni evolutsion-tadrijiy uzliksiz rivojianish va geografik hududiy mintaqa asosida davlashtirishga qaratildi. Bunga keyingi paytlarda chop etilgan tarixiy asarlar, o`quv qo`llanma va darsliklarning mazmun harada mundarijalari guvohlik berib turibdi. Ushbu darslik maxsus tuzilib tasdiqlangan dastur asosida yozildi. Shuning uchun ham, unda O`zbekiston tarixi boshdan-oyoq shartli ravishda eng muhim davrlarga bo`lindi. Bunday xronologik davrlashtirish O`zbekiston tarixini o`qitishga ajratilgan soatlarning miqdori va o`qitishning boshqa o`ziga xos xususiyatlari hamda usullari hisobga olingan holda amalga oshirildi. O`zbekiston tarixi fani va tarixni o`rganishda tarixiy manbalarning o`rni va ahamiyati behad katta. Shuning uchun ham ular millat va xalqning ma'naviy-madamy merosi, bebaho madaniy-tarixiy boyligi hisoblanib, maxsus arxiv (hujjatxona)larda, kutubxona va muzeylarda hamda oilaviy arxivlarda juda avaylab, ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda.
Tarixiy manbalar davr nuqtayi nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) ahamiyatga ega bo`ladi. Shuningdek, ular o`z mazmuni va mohiyatiga ko`ra birlamchi va ikkilamchi anamiyat maqomiga ham egadirlar. Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi kiradi. Ikkilamchi manba deb esa, mana shu birlamchi manbalarning e'lon qilingan nusxalari, maqola va kitob holatiga keltirilganlariga aytiladi.
Manbalar o`z holatiga ko`ra, yozma va moddiy ko`rinishlarga ega bo`ladi. Yozma manbalar eng qadimgi yozuvlar, bitiklar va kitoblardan iboratdir. Hozirgi kunga qadar o`lkamiz hududlari va bu yerdan chetda bitilgan o`rta asrlarga oid yozma manbalarni o`rganish bo`yicha talaygina ishlar amalga oshirilgan bo`lishiga qaramay, bu yo`nalishda qilinadigan ishlar nihoyatda ko`p.
Tariximizning eng qadimgi, ya'ni yozuv paydo bo`lmagan zamonlarga oid davrini o`rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalar yordamga keladi. Bu manbalar turli-tuman bo`lib, ularga qadimgi manzilgohlar va shahar xarobalari, mozor-qo`rg`onlarning qoldiqlari, turmush va xo`jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat va jang qurollari, turli-tuman ashyolar kiradi. Moddiy va yozma manba ma'lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy manbalarni o`rganishning o`zi tarix fanining maxsus sohasi bo`lib, tarix fani rivojlanishi va tarix yozilishida o`ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko`rsatilgan raetodologik ilmiy-nazariy, g`oyafiy-mafkuraviy asos va ilmiy usullarga tayanadi.
Manbashunoslik fani asosan tarixiy manbalarni o`rganish bilan mashg`ul bo`lib, manbalarning qimtnatini, haqiqiy va haqiqiy emasligini aniqlash bilan birga ularni turkumlarga ajratadi. Masalan, moddiy va ma'naviy yodgorliklar hamda ashyoviy, etnografik lingvistik va og`zaki (folklor) manbalar shular jumlasidandir.
Manbashunoslik manbalarni aniqlash va saralash, ularning ilmiy qimmatini belgilash, tahlil qilish, yaratilish tarixi, shart-sharoitini o`rganish kabi sohalarga bo`linadi. Shu o`rinda sovet davrida yaratilgan hozirda arxivlarda saqlanayotgan manbalarning haqiqiy tarixiy va notarixiy-sun'iy yasama ekanligini to`g`ri aniqlash o`ta muhimdir. Masalan, hozir sovet davrida o`zbek xalqi «Buyuk oktyabr inqilobini asrlar davoraida orziqib kutgan edi», «o'zbek xalqi qadim-qadimdan savodsiz edi», «jadidchilik.burjua harakati», «jadidlar xalq dushmani» va boshqa, shu kabi arxiv hujjatlari hamda yozma manbalar notarixiy, uydirma hujjatlar bo`lib, ular arxivlarda saqlanmoqda.
Xulosa shuki, manbalar tarixiy jarayon va voqeliklarning o`zida real aks ettirgan bo`lib, tarixiylikning in'ikosi bo`lmog`i kerak. Mana shunda ularning tarixiy ahamiyati, tarixiy ekanligi yuqori bo`lib, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga yaqindan Taraqqiy etgan millatlarning o`z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e'zozlashi ko`z qorachig`idek asrashining ko`pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bо`lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog`liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab. o`z o`tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi. Boshqacha bir ma'noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to`g`ri anglagandagina, xalqlar o`z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.Xristian (nasroniy)lik falsafasi asoschisi AAvgustian (354-430-y.) hozirgi eramiz boshidayoq, ya'ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o`rnini ko`rsatib, shunday degan edi; "G`aflatda yotgan xalqni uyg`otish uchun avvalo, uning tarixini uyg`ot".
XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy ham bu fikrni o`zining quyidagi to`rtligida yanada teran ma'noda mana bunday bayon etadi:.
Salkam bir yarim asr hukraronlik qilgan chor va kommunistik bosqinchilar tarixning jamiyatda va millat hayotida tutgan o`rnini to`g`ri anglab, ongli ravishda tariximizni qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy xotirasini o`chirib, uni abadiy, qalban ma'naviy qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar.
Shu o`rinda, Farg`ona harbiy gubernatori M.A.Skobelovning ushbu wovinistik shiorga araal qilganligini aytib o`tish joizdir: "Millatni yo`q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo`q qilsangiz bas, tez orada o`zi adoyi tamom bo`ladi".Mustamlakachi kommunistik partiya tomonidan mahalliy millatlar tarixiga nisbatan olib borilgan siyosat, uning Siyosiy byurosi topshirig`i asosida SSSR Davlat xavfsizlik qo`mitasi (KGB)sining 1947-yilda mutlaqo maxfvylikda ishlab chiqqan ko`rsatmasida o`z aksini quyidagicha topgan edi: "Tarix darslarida o`tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan ravnaqi uchun xizraat qilishgani yoki xizmat qilishga urunishgani xaqida gapirish mumkin emas, e'tiborni faqat podsholar zulmi va ularga qarshi qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozirn".
Shuning uchun ham o`tgan chorakam bir asrlik kommunistik mustamlaka davrida O`zbekiston tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq ta'limi sohasida o`qitiladigan fanlar tizimiga fan sifatida kiritilmadi. Faqat. maktabning 5-sinflaridagina "O`zbekiston tarixidan hikoyalar" degan "hikoyalar" predmeti o`qitildi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda o`z o`tmishiga nisbatan nafrat ruhini tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani shakllantirishdan iborat bo`ldi. Bu mash'um siyosatning "samarasi" o`laroq muborak istiqlolning dastlabki yillarida ayrira koramunistik mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar O`zbekiston tarixini oliy o`quv yurtlarida o`qitilishiga har xil bahonalar bilan qarshilik ko`rsatdilar. Bu antiqa "qarshilik" to 1993-yilning sentabrigacha davom etdi. Mana shu o`quv yilidan boshlab Vatanimiz tarixi tarixda birinchi bor oliy o`quv yurtlarida o`qitiladigan fanlarning orasida o`zining qonuniy o`rni va nufuziga ega bo`ldi.
O`zbekiston hukumati mustaqillikdan so`ng Vatan tarixi haqida odilona siyosat yuritdi. Uning millat ma'naviyati va mafkurasi, xalqj ta'limida tutgan o`rniga yuksak baho berib, uni davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biri darajasiga ko`tardi.
O`zbekiston tarixi - hozirgi buyuk va muqaddas istiqlolimiz ila bir yarim asrlik mustamlakachiiik g`aflat uyqusidan ko`z ochib uyg`ongan xalqimiz istiqbolimizni belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni tayyorlashda eng zaruriy dasturilamaldir,
Umuman, Ona tarixni o`qitish va o`rganish hozirda avj olib rivojlanayotgan islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj rnilliy ma'naviy-mafkuraviy uyg`onish, madaniy va iqtisodiy. yuksalishlarga bо`lgan ehtiyojlarning bosh mezoni hisoblanadi. Tarixga bо`lgan millat ehtlyojining qondirilishi taraqqiyot va milliy uyg`onishning asosidir.
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o`rganish va o`qitish shuning uchun ham kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g`oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi. Vatan tarixini o`qitish va o`rganish yana shuning uchun ham zarurki, xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh egmaslik, qayta mustamlaka qopqoniga tushmaslik, boshqalarga bo`ysinmaslik, begona e'oya va mafkura hamda zug`umlar ta'siriga berilmaslik ma'naviyatiga ega bo`ladi. Tarixni mukammal bilish, uning mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat.
O`zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo`lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g`oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g`urur va o`zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash. Uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni tarbiyalash. To`rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e'zozlash. asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo`ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e'tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida tarbiyalash. O`zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o`zining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo`shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o`rni hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e'tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning o`zi guvoh. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog`imiz lozimdir.Mahmudxo`ja Behbudiy "Turkiston tarixi kerak" nomli maqolasida yozadi: "Tarixning foydalaridan ba'zisi ushbudirki, bir millatning na tariqada, qaysi yo'l ila taraqqiy etganin o`qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bo`lib (tugab-bitib) ketganin o`quv mundan ham istifoda etmak mumkindir"
Nushiravon. Yovushev esa "Turkiston tarixi" nomli maqolasida tarixga quyidagicha baho beradi: "O`z milliy tarixini bilmagan millat, o`z otasini bilmagan ... bir bolaga o`xshaydur... Tarix millatning joni-ruhi, moddiy va ma'naviy hayotidur".
Xulosa shuki, O`zbekiston tarixini o`qitishning ahamiyati behad katta. Shuning uchun ham yurtboshimiz I.A.Karimov tarixni o`qitishga katta e'tibor berib, tarixchilarga qarata da'vatkorlik bilan shunday deydi: «... Millatimizning haqqoniy tarixini yaratib bering, toki xalqimizga ma'naviy kuch-qudrat baxsh etsin, g`ururini uyg`otsin».
Eng qadimgi odamlar o`zlarining rivojlanish bosqichlarida mehnat qurollarining turlarini ko`paytirib va sifatini yaxshilab borganlar. Natijada ularning turmush tarzida, jismoniy ko`rinishida o`zgarishlar bo`lib borgan. Shuningdek, miya hajmi ham o`zgarib borgan. O`rta tosh asridagi turli sabablarga ko`ra, birinchi navbatda tinimsiz mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal qiyofasidagi odamlar hozirgi qiyofali odamlarga aylana bordilar. Ular jismoniy va aqliy jihatdan kamol topib, hozirgi qiyofadagi kishilar vujudga keldi va shu bilan antropogenez jarayoni nihoyasiga yetdi. Odamning paydo bo`lishi yerdagi eng buyuk hodisalardan biri bo`lib, u dastlab toshdan oddiy tcrqmoq yasagan bo`lsa, uzluksiz mehnat, tinimsiz intilish natijasida yuksak madaniyat yaratish darajasiga yetib keldi.
Antropogenez jarayonida mehnatning o`zgartiruvchanlik mohiyatini arxeologiyaga oid turli-tuman manbalar tasdiqlaydi. Turli davrlarga oid moddiy madaniyatning almashishi hamda yangi asoslarda rivojlanishi moddiy manbalarning tashqi ko`rinishidan ham aniqlanadi. Ko'p ming yillar davomida rivojlangan tarixiy jarayonlar - odam va lamiyat taraqqiyotida asosiy, bosh mezon mehnat ekanligidan dalolat beradi.
Hozirgi davrda olimlarning katta guruhi odamzotning dastlabki Afrika degan fikrni ilgari sursa, yana bir guruh olimlar Yevropadeydilar. Boshqa bir guruh olimlar esa odam dast avval Osiyoning tubida paydo bо`lgan degan g`oyani ilgari suradilar.
Yaqin yillarga qadar O`zbekiston hududlari eng qadimgi odan tomonidan 100 ming yillar ilgari o`zlashtirilgan deb hisoblanib kelj edi. Ko`pchilik tadqiqotchilar O`rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslarda jarayonni asosan Yevropa paleoliti bilan bog`lab kelar edilar. Ammo so`nggi yillarda O`zbekiston arxeologlari tomonidan olib borih ko`pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi.
O`tgan asrning 80-yillarida arxeolog O`.Islomov boshchiligjd tadqiqotchilar Farg`ona vodiysidagi Selung`ur (So`x tumani) g`oi pdeolit davri makonini ochishga muvaffaq bo`ldilar. So`nggi tadqiq natijalariga qaraganda Selungur ilk paleolit davriga oid bo`lib, o`n u, madaniy qatlamdan iborat. Bu qatlamlardan juda ko`plab ibtidoiy t. quroJlar topilgan. Bu qurollar ko`p hollarda Olduvoy qurollariga o`xshab ketadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Selungur topilmalarini yoshi 1 mln. yildan ziyodroqdir. Selungur topilmalari orasidan ahamiyatlisi qadimgi odam jag` suyaklari, tishlari va yelka suyaklariuuj Fanda "Farg`ona odami"-"Fergantrop" deb nomlangan bu qazilma odami qoldiqlari eng qadiragi odam haqidagi tasavvurlarimizni yanada kengaytirish bilan birga O`rta Osiyo, xususan O`zbekistonning insoniyat paydo bo`lib rivojlangan o`choqlardan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi.
Undan tashqari ko`lbuIoq makonidan (Shimoli-sharqiy O`zbekiston, Toshkent vil.) ham ko`p qatlami yodgorlik ochilgan bo`lib, uning erig pastki qatlamlari ilk paleolit davriga oiddir. Shuningdek, Qizilolmasoy va Toshsoy (Ohangaron) makonlaridan ham ilk paleolit qatlamlari ochilgan hamda bu yerdan 100dan ziyod chopper, nukleus, qirg`ich va tarashlag`ich tosh qurollar topilgan.
Tadqiqotchilar Tyansban etaklaridagi Onarcha (Qirg`iziston) makonidan hamda Pomir etaklaridagi Qoratov (Janubiy Tojikiston) makonlaridan ham ilk-paleolit davri qatlamlarini aniqlab bu qatlamlardan juda ko`plab tosh qurollar topganlar.
Ilk paleolit (Ashel madaniyati) davri eng qadimgi odamlarningi makonlaridagi topilmalarida sodda va qo`pol tosh qurollar ko`pchilikni tashkil etadi. Bu davr kishilarining qurollari o`zining soddaligi, qo`polligi, 1 turlarining kamligi jihatdan keyingi davrlardan keskin farqlanadi. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan bam, aqliy jihatdan ham hozirgi qiyofadagi aql-idrokli odamlardan ajralib turadilar. Ular asosan termachilik va ovchilik bilan tJrikchilik o`tkazganlar hamda tabiat oldida juda ojiz bo`lib, unda mavjud bо`lgan tayyor mahsulotlarni o`zlashtirib yashaganlar. Ular na diniy tushunchani, na hunarmandchilikni va na chorvachilikni bilganlar.
ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A – “Yuksak ma'naviyat - yеngilmas kuch”. Toshkеnt, 2008.
2. Karimov I.A - “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T, Sharq, 1998.
3. Karimov I.A - “O`zbеkiston mustaqillikka erishish ostonasida”. 2011
4. Bo’riboy Ahmedov Toshkent Tarix 1960 –
5. A.P.Pronshteyn, V.YA.Kiyashko – “Vspomogatelno'e istoricheskiye dissiplino”. M. 1973.
6. V.B.Kobrin, G.A.Leontyeva, P.A.Shorin - “Vspomogatelno'e istoricheskiye dissiplino”. M. 1984.
7. Z.U.Choriyev . Ioffe - “Xronologiya va metrologiya”. T.1999 yil.
8. N.V. Volodomonov – “Kalendar: o’tmishda, hozir, kelajakda”. T. 1976.
9. E.Bikerman. “Xronologiya drevnego mira. Blijniy Vostoq i antichnost”. M. 1976.
10. A.Narziqulov - “Dehqon taqvimi” T.1991.
11. O.Mo’minov - “Qiziqarli geografiya”, Toshkent 1978 yil,
12. I.A.Klimishin - “Kalendar i xronologiya”. M. 1985.,
13. YE.I.Kashniyeva – “Xronologiya”.M.1967y
Download 37,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish