O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

 
55


5-ma’ruza
MARKAZIY OSIYO XALQLARI HAYOTIDAGI UYG‘ONISH 
(RENESSANS) DAVRI. AJDODLARIMIZNING JAHON 
SIVILIZATSIYASIGA QO‘SHGAN HISSALARI 
(IX–XII, XIV–XV asrlar) 
 
1. Markaziy Osiyo xalqlari hayotidagi buyuk Uyg‘onish davrining zaruriyati 
 
Markaziy Osiyo insoniyat olamida juda qadimdan madaniyati 
rivojlangan, tarixi boy mintaqalardan biri bo‘lgan. Sharq xalqlarining o‘rta 
asrlardagi ilg‘or madaniyati, dunyoviy turmush tarzi va qadriyatlarining 
ravnaqi Markaziy Osiyoning Uyg‘onish davriga asos soldi. Bu davrda (IX–
XV asrlar) vujudga kelgan yangi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy 
vaziyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Markaziy Osiyo xalqlari jahon 
sivilizatsiyasiga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shdilar.
Arablar istilosi O‘rta Osiyoning shahar va qishloqlarini vayron etib, 
zulmni kuchaytirish bilangina cheklanmay, mahalliy xalqlarning avvalgi 
dinini yo‘qotdi va o‘rniga yangi – islom dinini majburan joriy etdi. Abu 
Rayhon Beruniy “Osuriya boqiya” asarida shunday yozadi: “Qutayba xorazm 
yozuvini, rivoyatlarini yaxshi bilgan, xorazmliklardagi mavjud ilmlarni 
o‘rgatuvchi kishilarni qiyratgan va ularga turli yo‘sinda azob bergan”. 
Beruniy yana yozadi: “Qutayba xorazm xattotlarini yo‘qotdi, ruhoniylarni 
qirdi, ularning kitoblarini va o‘rama xat yozuvlarini o‘tda kuydirdi”
1
. Arablar 
istilosi 671 yildanoq boshlangan bo‘lib, Qutaybaning harbiy yurishlari (705–
715 yillar) arablar tomonidan Markaziy Osiyoning istilo qilinishida katta 
ahamiyat kasb etdi. U qariyb butun Movarounnahrni – Zarafshon vodiysi
Qashqadaryo, Xorazmni zabt etdi.
Bosib olish jarayonida har bir mintaqa (masalan, biz uchun Turkiston 
o‘lkasi) xalqlarining o‘ziga xos davlatchilik shakllari vujudga keldi. Bu 
davlatlar arab halifaligiga nomigagina qaram bo‘lib, aslida iqtisodiy, siyosiy 
va madaniy sohalarda mustaqil faoliyat olib bordilar. Shu bilan birga, yagona 
umumiy makonning vujudga kelganligi umumiy taraqqiyotni tezlashtirdi. 
Mahalliy davlatlar o‘z chegaralarida pul muomalasi, savdo-sotiq, madaniy, 
siyosiy va tashqi aloqa muammolarini hal qilib, xavfsizlik va moliyaviy 
ta’minot kafolatini yaratib, avvalo, o‘z davlatlari, qolaversa, butun arab 
musulmon dunyosining gullab-yashnashi, taraqqiy etishi uchun zarur bo‘lgan 
barcha shart-sharoitlarni vujudga keltirdilar. Natijada VIII–XIII asrlarda 
butun Markaziy Osiyo o‘lkasida iqtisodiy va siyosiy, ijtimoiy-ma’naviy 
hayotning barcha yo‘nalishlarida keskin ko‘tarilish, jonlanish ro‘y berdi.
Ma’lumki, qadimiy madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan Markaziy Osiyoning 
qulay geografik joylashishi, tabiati, iqlimi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning avvalroq boshlanishini ta’minladi, Sharq bilan 
G‘
arb, 
Mesopotamiya, Eron, Misr, keyinchalik Yunoniston va Rimni Xitoy hamda 
1
Ўзбекистон
халқлари
тарихи

Т
. 1. – 
Т
., 1992. – 99-
б

56


Hindiston bilan bog‘lovchi, turli xalqlar madaniyatining chatishuvini 
ta’minlovchi halqa vazifasini o‘tadi. Markaziy Osiyoga xos bo‘lgan ana shu 
xususiyat ayni vaqtda ko‘plab xalqlar diqqatini o‘ziga jalb qildi hamda qayta-
qayta zabt etilishiga sabab bo‘ldi. Shu o‘rinda, arxeolog olim 
B. Staviskiyning “Qadimgi yunon va O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati 
o‘rtasidagi o‘xshashlikka O‘rta Osiyo xalqlari bilan ellinlarning uzoq 
ajdodlari birligi sabab bo‘lgan deb tushunish kerak”
1
yoki sharqshunos olima 
F. Sulaymonovaning “Markaziy Osiyo xalqlarida ham yunonlardagidek qora 
ot ilohiylashtiriladi, unga bag‘ishlangan marosimlar ham bir xil, har ikkala 
mintaqada marosimlar qishki va bahorgi quyosh turishi bilan bog‘liq, qishda 
– aza, yozda – bayram”
2
degan fikrlariga qo‘shilish mumkin, shu asosda turli 
xalqlar madaniyati chatishuvining yuz berishi Turkiston o‘lkasidagi 
taraqqiyotning asosi hamda sabablaridan biri ekanligiga dalildir.
Somoniylar hukmronligi davriga kelib Xuroson va Movarounnahrda 
madaniy hayotning yuksalishi kuzatildi. Marv, Buxoro, Samarqand va 
Urganch o‘z davrining madaniy markazi sifatida dong taratdi.
Arab istilosi davrida zo‘rlab islomlashtirish arab tilining joriy etilishiga 
olib keldi. Arab tili faqat musulmon aqoidlarida, rasmiy idoralar 
doirasidagina emas, balki fors, xorazm, so‘g‘d aslzodalari muhitida ham 
qo‘llanila boshladi. Barcha aqoid va shariat qoidalari (fikh) arab tilida 
yoziladigan bo‘ldi. Barcha rasmiy qog‘ozlar shu tilda yozildi. Arab tilini 
bilmagan odam amaldor bo‘la olmas edi. Barcha ilmiy asarlar arab tilida 
bitildi. X asr o‘rtalaridangina Movarounnahr aholisi fors-tojik tilida arab 
imlosi bilan yoza boshladiki, bunday yozuvlar bizning kunlargacha saqlanib 
qolgan.
IX–XI asrlarda Markaziy Osiyoda arab tilida nodir ilmiy asarlar yozgan 
olimlar yetishib chiqdilar. Masalan, buyuk matematiklar Abu Ja’far ibn Muso 
Al-Xorazmiy (763–850 yillar) va Ahmad Al-Farg‘oniy (861 yilda vafot 
etgan) shular jumlasidan bo‘lib, ular Xalifa Al-Ma’mun (813–833 yillar) 
rasadxonasida ilmiy ish olib borganlar. Aljabrga doir asarlarning lotin tiliga 
tarjima qilinishi bilan Al-Xorazmiy dunyo fani tarixida tong taratgan. 
Yevropada Al-Xorazmiy nomi “algoritm” va “algorifm” atamasi sifatida 
“Kitob ul-jabr val muqobala” nomli asaridan algebra fanining nomi bizning 
davrimizgacha saqlanib qolgan. Olimning “Kitob at-tarix” (Tarix kitobi) da 
Xuroson, Kichik Osiyo va Movarounnahrning VIII–IX asrlardagi tarixiga oid 
qisqa va aniq ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan.
Ahmad Farg‘oniy ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani, madaniyati 
taraqqiyotiga ulkan va munosib hissa qo‘shdi. Xususan, uning 812 yilda 
quyosh tutilishini oldindan bashorat qilishi, yerning dumaloq shaklda 
ekanligini aniqlaganligi e’tiborga molikdir. Farg‘oniy Misrda yashagan 
chog‘ida Nil daryosi suvini o‘lchaydigan asbob (tutash idishlar qoidasiga 
asoslangan) yasagan va u hozirgacha saqlanadi. Olimning “Al-Farg‘oniy 
jadvallari” (qo‘lyozma), “Usturlob bilan amal qilish haqidagi kitob” 


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish