asarining qo‘lyozmalari
Hindistonda, “Oy, yerning ustida va ostida bo‘lgan
vaqtni aniqlash risolasi”ning qo‘lyozmasi Qohirada, “Yetti iqlim ilmi”
asarining qo‘lyozmasi Olmoniyada, “Usturlob yasash haqida kitob”
qo‘lyozmasining to‘rtta nusxasi Berlin va Parijda saqlanmoqda. Yevropada
uni “Al-Farganus” deb ataganlar. Ilk uyg‘onish davri adabiyotining yirik
vakili Aligyeri Dante o‘zining “Bazm” va “Ilohiy komediya”
asarlarida
falakning tuzilishi tartibini tasvirlaganda Ahmad Al-Farg‘oniyga suyanadi.
1998 yilda Ahmad Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi katta tantana bilan
nishonlandi.
Sharq allomalarining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Abu Nasr
Forobiy (873–950 yillar) Forob (O‘tror) shahrida tavallud topgan. U fanning
deyarli barcha sohalarini mukammal o‘rganib, 160 dan ortiq asarlar yozgan.
Forobiy riyoziyot,
falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va
adabiyotga oid buyuk asarlar, risolalar yaratib, jahonga mashhur bo‘ldi. U
yozgan “Aristotel” (Arastu)ning “Metafizika” asari maqsadlari haqida”,
“Tirik mavjudot a’zolari haqida”, “Musiqa kitobi”, “Baxt-saodatga erishuv
haqida”, “Siyosat al-Madaniya” (Shaharlar ustida siyosat yurgizish), “Fozil
odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Qonunlar haqida kitob”,
“Falsafaning mohiyati haqida kitob” va boshqalar
buyuk olimning ilmiy
dunyoqarashining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan dalolat beradi.
Umuman, Forobiy ilmlarning beshta asosiy turkumini ko‘rsatadi
1
:
1. Til haqidagi ilm (grammatika, poetika, to‘g‘ri yozuv va boshqalar) jami
yettita bo‘limdan iborat.
2. Mantiq, sakkiz bo‘limdan iborat.
3. Matematika, yetti mustaqil ilm: arifmetika, geometriya, optika,
sayyoralar, musiqa, og‘irlik mexanikasi.
4. Ilm at-tarkibiy va ilm al-ilohiy – tabiiy va ilohiy ilmlar yoki metafizika.
5. Siyosat ilmi (ilm al-madaniy – shahar haqidagi ilm,
shaharni
boshqarish ilmi), fikh (yurisprudensiya) va kalom (musulmon teologiyasi).
Abu Ali ibn Sino, ayniqsa, tibbiyot ilmiga alohida mehr qo‘ygandi. Uning
ilmiy qarashlari ikki yo‘nalishda: tibbiyot va falsafiy sohalarda rivojlandi. 17
yoshidayoq olim sifatida shakllandi, katta nufuzli shifokor bo‘lib yetishdi.
Ibn Sino Qoraxoniylarning Somoniylarga yetkazgan talofatlarining (992
yil va 999 yil) va Buxoroni ikki marta qarshiliksiz zabt etganligining shohidi
bo‘ldi. Yangi sulola hokimiyatining
birinchi yiliyoq boshlangan
tartibsizliklar sababli, u 1002 yilda ko‘plab buyuk olimlar yig‘ilgan
Urganchga, Xorazmshoh saroyiga ketdi. Agar xuddi shunday muhit
davlatlarda va mamlakatlarda vujudga kelsa, albatta, shu yerda madaniy
hayot inqirozga yuz tutgan. Xorazmni Mahmud
G‘
aznaviy
egallagach, Ibn
Sino Gurgon amirligiga, u yerdan Hamadonga – buvayxiylar hukmdori
Shams ad-Davla (997–1021 yillar) huzuriga ketadi.
Buyuk qomusiy olimdan juda katta meros qolgan, umuman, turli fan
sohalariga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlari qayd etilgan. Biroq,
bizgacha Ibn
Sinoning faqat 242 ta asari yetib kelgan, xolos. Ularning 80 tasi falsafa,
ilohiyot va tasavvufga, 43 tasi tabobatga, 19
tasi mantiqqa, 26 tasi
1
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: