shaharni himoya qilishga kuch topildi. Bu kuch sarbadorlarning‘ kattagina
bir guruhi edi. Ular shahar aholisini mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashga
chaqirdilar. Xalq ommasining mo‘g‘ul istilochilariga, mahalliy yer
egalarining haddan ortiq jabru-zulmlariga qarshi kuchli noroziligi tarixda
“sarbadorlar” deb nom olgan qudratli ozodlik harakatining boshlanishiga
sabab bo‘ldi.
Bu harakat XIV asrning 30-yillarida butun Xurosonda boshlanib, O‘rta
Osiyoga yoyilgan edi. Ular mo‘g‘ullarga bo‘ysunib yashagandan ko‘ra,
dorda osilib o‘lgan afzal derdilar. Ularning rahbarlari Samarqand
madrasalarining birida tahsil ko‘ruvchi Mavlonzoda va sobiq paxta
savalovchi Abu Bakr Kalaviy edilar. Mavlonzoda Jome masjidiga to‘plangan
10 mingga yaqin aholiga murojaat qilib, islom va xalqni mo‘g‘ullardan
saqlab qolish, himoya qilishga da’vat etdi. Sarbadorlarni shahar aholisi,
madrasalar talabalari, yoshlar, hunarmandlar, shahardan tashqarida
yashaydigan dehqonlar va o‘rta yer egalari qo‘llab-quvvatladilar. Ular
Samarqand mudofaasini muvaffaqiyatli himoya qilib, mo‘g‘ullarning
bosqinchilik harakatlarini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldilar. Ilyosxo‘ja ikki
ming nafar jangchisidan ajralib, avval Samarqandni, so‘ngra
Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ldi
1
.
Mo‘g‘ullar ustidan erishilgan g‘alaba agar xalqqa jasur, qobiliyatli,
ishonchli, o‘z so‘zi ustidan chiqish uchun astoydil harakat qiladigan rahbar
bo‘lsa, juda ko‘p ishlar qilish mumkinligini ko‘rsatdi. Shunday qilib,
sarbadorlar harakati tarixda yorqin sahifalarga ega bo‘lib, uning ildizi xalq
hayotiga, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr ijtimoiy-siyosiy
hayotiga bevosita bog‘liqdir.
Temur qishni Keshda (Shahrisabz), amir Husayn Amudaryo sohillarida
o‘tkazayotganlarida sarbadorlarning mo‘g‘ul istilochilari ustidan erishgan
g‘alabalarini eshitib, Samarqandga yo‘l oladilar. Samarqand yaqinidagi
Konigil degan joyda to‘xtaydilar va sarbadorlarning erishgan g‘alabalarini
go‘yo ma’qullab, bu harakatning faollarini yig‘ib, ziyofat beradilar va
ertasiga ularni qirib tashlaydilar. Temurning himoyasida Mavlonzoda omon
qoldi.
Shunday qilib, Amir Husayn bilan Temur Samarqandni yana qo‘lga
kiritdilar. Bu voqea 1366 yil bahorining oxirida yuz berdi. Shu bilan birga,
ikki amir o‘rtasidagi ixtiloflar tobora kuchaya bordi. Bu ixtilof o‘lja
masalasida ham edi. Ta’kidlash o‘rinliki, “jangi loy”da katta talofat ko‘rgan
Amir Husayn amaldorlardan to‘lashi lozim bo‘lgan o‘lponlarni qat’iy talab
qilganda, ularga Temur yordamga keldi. Bu Temurning harbiy boshliqlar
o‘rtasidagi obro‘sini oshirib yubordi.
60-yillar oxirida Husayn o‘ziga qarashli Balx shahrini mustahkamlab,
istehkomlar qurishga kirishdi. Shaharning devorlarini tiklatdi va qurol-
yarog‘ni ko‘paytira boshladi. Temur bu harakatlarning o‘ziga qarshi
qaratilganini yaxshi anglagandi. Shuning uchun Temur oldinroq harakat
qilib, 1370 yilda unga hujum qildi va Balx shahrini egalladi. Balxni qamal
1
Do'stlaringiz bilan baham: