O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Якубовский
 
А

Ю
.
Тамерлан
. – 
М
., 1992. – 
С
. 30. 
76


qo‘shinlari zaiflashib, orqaga chekina boshlaydi va to‘liq mag‘lubiyatga 
uchraydi. To‘xtamishning o‘zi Litvaga qochib, buyuk knaz Vitovt 
poytaxtidan panoh topadi. Shunday qilib, Terek daryosi sohilidagi jang 
tufayli To‘xtamish davlati batamom tor-mor etiladi. Sohibqiron Oltin O‘rda 
taxtiga amir Qutlug‘ Temurni o‘tkazib, amirlashkar qilib Eduhudni 
tayinlaydi. Erishilgan bu g‘alaba O‘rta Osiyoni birlashtirishda, 
sohibqironning davlati uchun xavf-xatarni keskin kamaytirishda, Temur 
saltanatini va u boshqargan davlatning shon-shuhratini jahonga yoyishda 
ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash o‘rinliki, Amir Temurning Xorazm, 
Movarounnahr yerlariga, Oltin O‘rdaga yurishlari O‘rta Osiyoda 
markazlashgan davlatni qaror toptirish, shu asosda feodal tarqoqlikka barham 
berish, o‘zi hukmronlik qilgan mamlakatning xavfsizligini ta’minlashga 
qaratilgan bo‘lsa, uning Kavkaz, Eron, Hindiston, Kichik va Old Osiyo 
yerlariga harbiy yurishlari o‘zining jahon miqyosidagi mavqeini ko‘tarish, 
savdo va boshqa aloqalarini kengaytirish, eng muhimi, Buyuk Ipak yo‘lini 
tiklash va boshqalarga qaratilgan ediki, buni quyidagilardan ham yaqqol 
bilish mumkin.
XIV asrning ikkinchi yarmida Eron alohida davlat emas edi. Uning bir 
tomonida Jaloyirlar davlati (1336–1411) bo‘lib, ikkinchi tomonida 
Sarbadorlar (1336–1381) davlati bor edi.
1381 yili mustaqil Sarbadorlar davlatiga barham berildi. 80-yillar 
o‘rtasida Seyiston va Xuroson ham Temur davlati tarkibiga qo‘shib olindi. 
So‘ngra butun Eron Sohibqiron qo‘shinlari tomonidan zabt etildi.
Amir Temur Armaniston va Gurjistonni 1392 yilda bo‘ysundirdi va katta 
kuch bilan Ozayrbayjonga bostirib bordi. 1397 yilda uni istilo qilishga 
muvaffaq bo‘ldi. 1398–1399 yillarda Amir Temur Hindiston sari harbiy 
yurish uyushtirdi. Hindistonni va uning poytaxti Dehlini ishg‘ol qildi. Xullas, 
Dehlini qo‘lga kiritib, juda katta o‘lja bilan qaytdi.
1400 yildan boshlab Amir Temur Turk sultoni Yildirim Boyazid va Misr 
sultoni Farajga qarshi kurash boshladi. Temur qo‘shinlari tomonidan Kichik 
Osiyo va Suriyaning ko‘pgina shaharlari ishg‘ol qilindi. 1401 yili Suriya 
to‘laligicha sohibqiron qo‘liga o‘tdi. Amir Temur Yevropa va Afrikadagi 
ko‘pgina mamlakatlarga va hatto Temurning markazlashgan davlatiga juda 
katta xavf tug‘dirib turgan Turk sultoni Yildirim Boyazidning hukmronligini 
bartaraf etishni ham maqsad qilib qo‘ygandi. Shu maqsadda sohibqiron 1402 
yili Anqara yaqinidagi Oyqor degan mavzeda turk sultoni Boyazid bilan hal 
qiluvchi jang boshladi. Bu haqida A. YU. Yakubovskiyning yozishicha, 1400 
yilda Temur askarlari O‘rta Osiyodan uzoqda – 
G‘
arbda turk sultoni Boyazid 
I va Misr sultoni Farajga qarshi urush olib bordi. O‘sha vaqtda Temur ko‘p 
xalqlarni, masalan, Kichik Osiyodagi Sivasni, Suriyadagi Xalab (Aleppo)ni 
o‘ziga qaratib olgan edi. 1402 yilda Anqara yonida Temur ikkinchi marta 
Boyazid bilan jang qildi. Bu jang davrlarining eng katta janglaridan bo‘lgan 
edi. Bunda har ikki tomondan 200 mingdan ortiq lashkar qatnashadi. Anqara 
yaqinida bo‘lgan bu jangda Usmonli turk sultoni Boyazid qo‘shinlari 
batamom tor-mor etildi va Boyazid asir olindi. Bu g‘alaba faqat Osiyo tarixi 
77


uchungina ahamiyatli bo‘lib qolmadi. Temur o‘zining bu g‘alabasi bilan 
Yevropa xalqlariga ikkinchi marta xizmat qildi. Anqara yonidagi bu g‘alaba 
va Boyazidning asir tushishi Konstantinopolning usmonli turklar tomonidan 
bosib olinishini qariyb 50 yil orqaga surib yubordi.
Shunday qilib, bu g‘alaba Amir Temur qo‘shinlarining juda katta va 
buyuk g‘alabalaridan biri, Amir Temur harbiy nazariyasi va taktikasining 
beqiyos tantanasi bo‘ldi. Bu g‘alaba Temurning 
G‘
arbiy Yevropa 
mamlakatlarida mashhur bo‘lishiga olib keldi. Samarqand va Yevropa 
mamlakatlari o‘rtasidagi diplomatik va savdo aloqalarining kuchayishi ana 
shu davrdan boshlandi. Jahongir Amir Temur o‘z faoliyatida ko‘p janglar 
qildi. Bu janglar xususiyati jihatidan har xil. Ulardan “uch yillik yurish”, 
“besh yillik yurish” va “yetti yillik yurish”lari tarixda ayniqsa mashhurdir. 
Soxibqiron bu yurishlar natijasida muvaqqat bo‘lsa ham Qora, Egey va O‘rta 
yer dengizlaridan to Hindistonning sharqi, Mo‘g‘uliston, Xitoygacha, Hind 
dengizidan Ural tog‘lari, Moskva ostonalari va Dnepr bo‘ylarigacha bo‘lgan 
hududni zabt etib, buyuk bir saltanat barpo etdi. Shu tariqa markazlashgan 
buyuk davlatni vujudga keltirib, feodal tarqoqliklarga, tinimsiz bo‘lib turgan 
o‘zaro urush va janjallarga barham berdi, nihoyat, o‘zining butun jahonga 
mashhur bo‘lgan markazlashgan davlatida osoyishtalik o‘rnatdi.
Amir Temurning ko‘p yillik yurishlari natijasida jahondagi eng yirik 
imperiya tashkil topdi. Yirik markazlashgan davlatning tashkil topishi 
iqtisod, savdo-sotiq, fan va madaniyatning rivoji uchun shart-sharoit yaratdi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish