O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Ахмедов
 
Б
.
 
Тарихдан
сабоқлар
. – 
Т
., 1994. 406–407-
б

2
O‘sha manba. – 404-b. 
93


Bu bekliklarning iqtisodiy, so‘ngra esa siyosiy qudratlari kuchaygach, 
boyib ketgan hokimlar markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lishga harakat 
qila boshladilar. Ana shu vaziyatda Shayboniyxon o‘z hokimiyati ostidagi 
sultonlar orasida markazdan qochish kuchini kamaytirish uchun bir qator 
tadbirlar ko‘rdi. Masalan, u ayrim sultonlar va amirlarni bir mulkdan 
ikkinchisiga ko‘chirishga harakat qildi, ammo bu narsa har doim ham u 
istagan natijani bermadi
1
.
Mamlakatda o‘zbek qabilalari ma’lum darajada o‘z mustaqilliklarini 
saqlab qolgan bo‘lib, ularni xondan amirlik yorlig‘ini olgan qabila boshliqlari 
boshqarardi. Amirlar xon saylash, majlislarda qatnashish huquqiga ega edi. 
Natijada ular bora-bora xon hokimiyati uchun xavfli kuchga aylana boshladi.
Muhammad Shayboniy ayrim dushmanlari ta’kidlaganidek, o‘ta johil, 
amalparast, savodsiz emas, balki arab, fors, turk, mo‘g‘ul tillarini bilgan, 
adabiyotga qiziqqan, hatto shoirsifat shaxs edi. U 1510 yilda 61 yoshida 
fojiali halok bo‘lgach, taxtga uning amakisi Ko‘chkinchixon (1510–1530), 
uning o‘g‘li Ahad Said (1530–1533), so‘ng jiyani Ubaydullaxon (1533–
1539) o‘tirib, merosxo‘r sifatida Movarounnahrni boshqardilar.
Undan keyin qo‘sh hokimiyatchilik o‘rnatildi. Buxoroda 
Ubaydullaxonning O‘g‘li Abdulazizxon (1540–1550). Samarqandda jiyani 
Abdullatifxon (1540–1551) hukmdorlik qildilar. Ularning o‘limidan so‘ng 
yana hokimiyat uchun kurash qizib ketdi.
Shayboniylarning Movarounnahrdagi yuz yillik hukmronligi davrida 
o‘tgan 8 ta xondan uchtasi – Muhammad Shayboniy, Ubaydullaxon va 
Abdullaxon (1557–1598) largina shijoatli harbiy hukmdorlar edilar. Aynan 
shu hukmdorlar davrida davlatning yaxlitligi saqlandi. Mamlakatning 
iqtisodiy ahvoli bir oz bo‘lsa-da, mustahkamlandi, siyosiy barqarorlik 
ta’minlandi, islohotlar, qurilishlar olib borildi.
Shayboniylar davlati Ubaydullaxon davrida (1533–1539) birmuncha 
kuchaydi. Davlat poytaxti 1533 yilda Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi, 
shundan keyin davlat Buxoro xonligi nomini oldi. Ubaydullaxon vafotidan 
so‘ng, Shayboniy sultonlar va mahalliy hokimlar o‘rtasida hokimiyat uchun 
kurash kuchayib, xonlik yerlari mayda bo‘laklarga bo‘linib ketdi. Buxoroda 
Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon, Samarqandda Ko‘chkinchixonning 
o‘g‘li Abdullatif, Balx va Badaxshonda Pirmuhammadxon, Toshkent va 
Turkistonda Navro‘z Ahmadxon (Baroqxon), Karmana va Miyonkolda 
Iskandarxon va boshqa kichik hukmdorlar mustaqil bo‘lib oldilar
2
.
1551–1556 yillarda Movarounnahr uchun Shayboniylar o‘rtasidagi 
kurashda Iskandar Sultonning o‘g‘li Abdullaxon g‘olib chiqdi. U Shayboniy 
hukmdorlar orasida eng nufuzli hukmdor bo‘lgan. 1557 yilda Buxoro shahri 
uzil-kesil davlat poytaxti bo‘lib qoldi. Abdullaxon II hukmronligi davrida 
(1557–1598) Movarounnahrda tarqoq hokimliklarga barham berilib, 
markazlashgan davlat va kuchli qo‘shin tashkil etildi. Xonlik chegarasi 
Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va 
Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan yerlarni qamrab oldi. 
1
Ўзбекистон
тарихи
. – 
Т
., 1994.
2
O‘sha manba. 
94


Bu davrda sug‘orish inshootlari, karvonsaroylar, madrasalar, ko‘priklar 
qurildi. Hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-fan, madaniy va elchilik aloqalari 
rivojlandi. Pul zarb qilish yo‘lga qo‘yildi. Biroq Abdullaxon vafotidan keyin 
mamlakatda taxt uchun kurash yana avj oldi. 
1598 yilda Abdullaxon vafotidan so‘ng taxtga o‘g‘li Abdulmo‘min 
o‘tirdi. Ammo olti oy o‘tgach, u dushmanlari tomonidan o‘ldirildi. 
Abdulmo‘mindan so‘ng taxtga Abdullaxonning qarindoshi Jonibekning 
o‘g‘li shahzoda Pirmuhammad o‘tirdi. Uning ham hukmronligi uzoqqa 
bormay, 1607 yili taxtdan ag‘darildi. Shunday qilib, qariyb 100 yil hukm 
surgan Shayboniylar sulolasi barham topdi.
XVI asr oxiri XVII asrning boshlarida Movarounnahr hududida 
Shayboniylar o‘rniga yangi o‘zbek sulolasi – Ashtarxoniylar hokimiyat 
tepasiga keladi
1
. O‘zbek davlatchiligi boshqaruviga yangi sulolaning kelishi 
amalda biron-bir keskin tarixiy burilishga sabab bo‘lmadi. Ashtarxoniylar 
ham mamlakatda davom etgan o‘zaro feodal urushlar va boshlangan 
inqirozga chek qo‘ya olmadilar. Bu esa Movarounnahrda markaziy 
hokimiyat mavqeining tushib ketishiga, mamlakat aholisi va iqtisodining 
ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Ashtarxoniylar sulolasining taxtga kelishi masalasida shuni aytish 
mumkinki, Oltin O‘rda (Jo‘chi ulusi) zaiflashib borib, bir qancha mayda 
xonliklarga bo‘linib ketadi. Natijada XV asrning 30-yillarida Volga 
bo‘yidagi yerlarda Astarxan xonligi yuzaga keldi. “Astarxan” Ashtarxonning 
ruslashganidir. «Ashtarxon» esa asli «Xoji Tarxon» so‘zidan kelib chiqqan. 
Tarxon turkiy xalqlar hayotida mavjud siyosiy unvonlardan bo‘lib, mashhur 
Xazar xoqonligi (VII–X asrlar) davridanoq ma’lum
2
. 1556 yilda Ashtarxon 
Rossiya tomonidan bosib olinganidan so‘ng, Ashtarxon Yormuhammadxon 
farzandlari bilan Shayboniylar huzuridan panoh topgan. Shu tariqa 
Ashtarxoniylar Movarounnahrga kelib qolgan. 1599 yilda shayboniy 
Abdulmo‘min vafot etganidan so‘ng, shayboniylar orasida taxt vorisi 
qolmaydi. Shayboniylar davlatining nufuzli amirlari kelishib, 
Ashtarxoniylardan bo‘lmish Jonibek sultonni xon taxtiga taklif qiladilar. U 
rozi bo‘lmagach, Jonibekning katta o‘g‘li Dinmuhammad taklif qilinadi. 
Ammo u Obivordan Buxoroga qaytib kelayotganida halok bo‘ladi. Buning 
natijasida oliy taxtga uning ukasi Boqimuhammad o‘tiradi. Jonibekning 
uchinchi o‘g‘li Valimuhammad Balxga noib qilib jo‘natiladi. Shunday qilib, 
o‘lkada Ashtarxoniylar, ya’ni ashtarxonliklar (boshqa nomi joniylar) 
sulolasining bir yarim asrlik faoliyati boshlanadi. Yuqorida aytilganlarga 
xulosa qiladigan bo‘lsak, birinchidan, shayboniylar davrida boshlangan 
inqiroz so‘nggi Shayboniylar (Abdulmo‘min) davriga kelib kuchaydi; 
ikkinchidan, o‘zaro urushlar, qabilaviy kurashlar, taxt talashishlar natijasida 
Shayboniylar urug‘idan xon taxtiga voris qolmaydi; uchinchidan, 
Movarounnahrda ba’zi bir o‘zbek qabilalari, qabila amirlarining nufuzi 
shunchalik kuchayib ketdiki, ular hatto taxt merosxo‘rligiga nomzodlar 
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish