O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

 
91


 
7-ma’ruza
TURKISTONNING XONLIKLARGA BO‘LINIB KETISHI, UNING 
SABABLARI VA OQIBATLARI 
 
1. Shayboniy va Ashtarxoniylar davrida O‘rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy 
munosabatlar 
Bizga ma’lumki, Movarounnahr va Xurosonda Amir Temurdan keyin 
hukmronlik qilgan Shohruh, Ulug‘bek va Husayn Boyqarolar vafotidan so‘ng 
Temuriylar saltanati inqirozga yuz tutdi. Bu jarayon ancha avvalroq, 
Ulug‘bekning fojiali o‘limidan so‘ng boshlangan edi. Abdullatifdan so‘ng 
(1450 y.) Samarqandda hokimiyat Shohruhning nabirasi Abdulloga o‘tdi. 
Mironshohning nabirasi Abusaid Mirzo ham taxt uchun kurashib, Abdulloni 
yengdi. U o‘z hududini kengaytira borib, Hirotni oldi va vaqtincha bo‘lsa-da, 
Temuriylar saltanatini tikladi.
Movarounnahr Abusaid farzandlari o‘rtasida taqsimlandi. Samarqandda 
Sulton Ahmad, Buxoroda Sulton Mahmud, Farg‘onada Umar Shayx 
hukmdorlik qila boshladilar. Shu orada Xurosonda hokimiyatga Husayn 
Boyqaroning (1469–1506) kelishi tufayli Temuriylar davlati yana ikkiga 
bo‘linib ketdi.
1495 yilda Umarshayx va Sulton Ahmad deyarli bir vaqtda vafot etdilar. 
12 yoshida Farg‘onada hokimiyat taxtiga o‘tirgan Zahiriddin Muhammad 
Bobur Movarounnahrni birlashtirish uchun so‘nggi kurashni boshladi
1

Bobur 1483 yil 13 fevralda Andijonda Umarshayx oilasida dunyoga keldi. U 
1497 yilda katta qo‘shin to‘plab Samarqandga yurish qildi. Shaharni yetti oy 
qamal qilib egalladi va u yerda uch oy hukmronlik qildi. Lekin Andijonda 
o‘ziga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirish uchun orqaga qaytishga 
majbur bo‘ldi. Xo‘jandda o‘rnashib, bir yarim yildan so‘ng Andijonda 
hokimiyatni tiklab, yana Samarqand yurishiga tayyorlana boshladi. Ammo 
ahvol og‘ir edi. Bir tomondan, Temur avlodlari o‘rtasida taxt uchun kurash 
avj olgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Muhammad Shayboniy Samarqand 
yurishiga hozirlanmoqda edi. 1499 yilda Muhammad Shayboniy Samarqand 
taxtini egallab, Temuriylar saltanatiga chek qo‘ydi. Bu davrda Bobur kichik 
bir guruh (240 kishi) bilan Samarqandga otlandi. Lekin Shayboniy Boburdan 
oldinroq Samarqandga kirdi. Shaharni egallagan Shayboniyning talonchilik 
maqsadida atrof qishloqlarga chiqib ketganini eshitgan Bobur to‘satdan 
hujum qilib, Samarqanddagi 8 ming kishilik qo‘shinni tor-mor qilib, shaharni 
qo‘lga oldi.
1501 yilning bahorida Bobur Muhammad Shayboniy qo‘shinlari bilan 
jang qilish uchun Samarqanddan chiqdi. Ko‘hak daryosi sohilida bo‘lgan 
qattiq jang Bobur lashkarlarining mag‘lubiyati bilan tugadi. Bu esa 
Shayboniyxonga Movarounnahrdagi mavqeini yanada mustahkamlashga 
yordam berdi.
1
История
Узбекистана

Т
. 3. – 
Т
., 1993. – 
С
. 33–34. 
92


Og‘ir ahvolda qolgan Bobur 1504 yilda o‘z baxtini izlab 
Movarounnahrdan butunlay chiqib ketishga qaror qildi. Tajribali sipoh, dono 
davlat arbobi darajasiga yetgan Bobur oilasi, yaqinlari va xizmatchi 
navkarlaridan 200 kishini olib Afg‘oniston sari yo‘l oldi. Qobul shahrini 
egallab, u yerda qo‘shin to‘pladi. Shayboniyxon Samarqandni olishi bilan 
amalda Temuriylar hokimiyati inqirozga uchradi. 1500–1508 yillarda 
Shayboniyxon tinimsiz urushlar olib borib, Farg‘onani, Xorazmni, Xurosonni 
ishg‘ol qildi. 1508 yilda Jom ostonalarida Temuriylarning oxirgi qo‘shini tor-
mor qilingach, ularning Movarounnahrdagi ildizi batamom tugatildi. 
Kaspiydan Xitoygacha, Sirdaryo etagidan Markaziy Afg‘onistongacha 
bo‘lgan ulkan mamlakat Shayboniylar mulkiga aylanib qoldi
1
.
1510 yilda Marv yaqinida Eron shohi Ismoil bilan to‘qnashuvda 
Shayboniyxon yengiladi va halok bo‘ladi. Shoh Ismoil Xurosonni egallab, 
Boburni shimolga – Movarounnahrga yurishga undaydi, unga qo‘shin va 
yordam va’da qiladi. Bobur 1512 yilda Samarqandga yurib, uni egallaydi. 
Biroq xalq uni shoh Ismoilning gumashtasi deb, qo‘llab-quvvatlamadi. 
Shunga qaramay, Bobur taxt uchun qattiq kurashadi. Biroq 1513 yilda u 
Ubaydulla Shayboniy va Muhammad Temurlardan mag‘lubiyatga uchraydi. 
Shu bilan Bobur va Shoh Ismoil o‘rtasidgi ittifoq barham topadi. Bobur 
garchi Movarounnahrni qaytarib olish niyatidan voz kechmagan bo‘lsa-da, 
lekin bundan keyin Shayboniylar bilan kurash olib borish maqsadidan 
qaytadi. Qobulga qaytgach, Bobur 1525 yilda Hindistonga bostirib kiradi va 
Dehli sultonini, so‘ngra rajputlar hokimi Rang Sint qo‘shinini tor-mor qiladi. 
Bobur bu o‘lkada tarixda Buyuk mo‘g‘ullar nomi bilan shuhrat topgan 
Boburiylar saltanatiga asos soladi. Boburiylar sulolasi Hindistonda 332 yil 
(1526–1858 yy.) hukmronlik qildi
2
. Shunday qilib, Amir Temur va uning 
avlodlari 144 yil Movarounnahrda, 37 yil Xurosonda, 332 yil Hindistonda, 
jami bo‘lib tarix sahifasida 513 yil o‘z mavqelarini saqlab turdilar.
Shayboniylar Movarounnahrni 1500–1508 yillarda bosib olgan bo‘lsa-da, 
Zahiriddin Muhammad Bobur mag‘lubiyatga (1512–1513) uchrab, 
Movarounnahrdan chiqib ketgandan keyin, 1515 yilda ularning bu yerda 
to‘la hukmronligi o‘rnatildi. 
Shayboniylar sulolasi Movarounnahrda yuz yil hukmronlik qildi. Lekin 
ko‘chmanchi o‘zbeklar Movarounnahrning o‘troq, ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy taraqqiyotda ancha ilgarilab ketgan hayotiga katta ta’sir ko‘rsata 
olmadi.
Shayboniylarning davlat boshqaruvi mulk tizimiga asoslangan edi. 
Muhammad Shayboniy qo‘lga kiritilgan yerlarni o‘z qarindoshlari, sultonlar 
va beklarga taqsimlab berdi. Ularning har biri mulk boshqaruviga ega bo‘lib, 
bu yerda u mustaqil siyosat olib borishga intildi. Shu tarzda mustaqil, tarqoq 
yer egalari Shayboniyxonning bosqinchilik yurishlari jarayonida birlashgan 
bo‘lsalar-da, bu birlashish uzoqqa cho‘zilmadi. Mulk tizimining hukmronligi 
natijasida davlat yana ayrim bekliklarga bo‘linib ketdi.
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish