Buxoro amirligi deb atala boshlandi. Shu tariqa, 1599 yildan to 1753
yilgacha davom etgan Ashtarxoniylar hukmronligi barham topdi.
Muhammad Rahim hukmronligi davrida (1753–1758) Buxoro amirligiga
qarashli yerlar ancha qisqargan edi. Uning tarkibiga Buxoro, Samarqand,
Miyonkol, Karmana, Qarshi,
G‘
uzor, Karki, Chorjo‘y, Shahrisabz viloyatlari
kirib, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari xonlik tasarrufidan chiqib ketgan edi.
Doniyolbiy otaliq hukmronligi davrida (1758–1785) ham o‘zaro
urushlar
davom etdi. Karmana, O‘ratepa, Nurota, Sherobod, Boysun va boshqa
joylarda mahalliy kuchlar bosh ko‘tarib, markazga bo‘ysunmay qo‘ydilar.
Amir Shohmurod hukmronligi davrida (1785–1800) Doniyolbiy joriy etgan
soliqlardan bir qanchasi bekor qilindi, iqtisodiy hayot birmuncha yaxshilandi.
Ruhoniylarning mavqei oshib bordi. Bu davrda Buxoro amirlari markaziy
hokimiyatni mustahkamlashga
qanchalik urinmasinlar, viloyat hokimlarining
mustaqillikka intilishlari to‘xtamadi.
Amir Haydar davrida (1800–1826) ham ichki va tashqi urushlar davom
etib turdi. Ayniqsa, O‘ratepa bir necha marta qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turdi. XIX
asrning birinchi choragida Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari o‘rtasida O‘rta
Osiyoda ustunlikka erishish uchun o‘zaro urushlar bo‘ldi. Toshkent,
Turkiston, Chimkent va ularning atrofi Qo‘qon xonligi tarkibiga qo‘shildi.
1825 yilda Xiva xoni Olloqulixon (1825–1864) Buxoroga qarashli Marvni
egalladi.
Tinimsiz urushlar, soliqlar miqdorining ortib borishi 1821–1825
yillarda Buxoro va Samarqand oralig‘ida istiqomat qiluvchi xitoy-qipchoq
qabilalarining qo‘zg‘oloniga sabab bo‘ldi
1
.
1826 yilda Amir Haydar vafot etgach, birin-ketin uning ikki o‘g‘li Husayn
va Umar o‘ldirildi. Taxtga uning uchinchi o‘g‘li, shafqatsizligi tufayli
“qassob amir” laqabini olgan Nasrullaxon o‘tirdi. U hokimiyatni
mustahkamlash uchun o‘ta shafqatsizlik bilan kurash olib bordi.
U taxtga
da’vogar bo‘lgan barcha qarindoshlarini ham ayamay o‘ldirtirib yubordi.
O‘zini Buxoro amirligidan mustaqil deb e’lon qilgan Shahrisabz bekligiga 20
yil davomida 32 bor yurish qildi. Janubda Marv uchun Xiva xonlari bilan
uzoq urushlar olib bordi. Amir Nasrullo 1839, 1841 va 1858 yillarda Qo‘qon
xonligiga uch marta yurish qiladi
2
. Aholi qirg‘in qilinib, boyliklar talandi.
Hatto mashhur o‘zbek shoirasi Nodirabegim (Mohlaroyim) ham amir
buyrug‘i bilan o‘ldirildi.
Amir Nasrullo davrida Buxoro Rossiya bilan Angliya o‘rtasida O‘rta
Osiyoda boshlangan raqobatchilik kurashi maydoniga aylanib qoldi.
XVI–XVIII asrlardagi O‘rta Osiyo siyosiy xaritasiga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, bu davrda Buxoro davlatidan mustaqil Xiva xonligi mavjud edi
3
.
Xiva xonligi Muhammad Shayboniyxonning
XVI asr boshlarida Xorazmga
yurishidan so‘ng tashkil topgan edi. 1511 yilda Shayboniylarga mansub
bo‘lmagan Dashti Qipchoq ko‘chmanchilari tub aholining yordami bilan
eronliklarga zarba berib, Xorazm mustaqilligini tikladilar. Elbars Xiva xoni
deb e’lon qilindi. Elbarsxon XVI asrning 20–30 yillarida Xorazm yerlarini
1
Ўзбекистон
тарихи
. –
Т
., 1994.
2
O‘sha manba.
3
Do'stlaringiz bilan baham: