sotilgan. Shu bilan birga, mamlakatda islom ruhoniylarining nufuzi oshib
bordi. Bu davrda mamlakat ta’lim tizimida islohot amalga oshirilib, 26 yillik
ta’lim joriy qilindi. Bolalar 6 yoshdan ikki yil arab alifbosiga, so‘ng uch
bosqichda sakkiz yildan o‘qitilgan.
XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Buxoro amirligi tarkibiga Zarafshon,
Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari, Turkmanistonning Murg‘obgacha
bo‘lgan qismi, Tojikistonning ayrim yerlari, shimolda Turkistongacha
bo‘lgan yerlar kirgan. Aholisi 2 million kishi bo‘lib, 90% qishloqlarda
yashagan.
Bizga ma’lumki, Xorazm 1511 yilda Shayboniylardan ajralib chiqib,
mustaqil davlatga aylandi. Bu davrda Xiva xonligida asosan qadimiy
xorazmliklarning avlodlari, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi turkmanlar,
Dashti Qipchoqdan Elbarsxon bilan birga ko‘chib kelgan o‘zbek urug‘lari,
shuningdek qozoqlar va qoraqalpoqlar yashar edilar
1
.
XVI asrda Xiva hali kuchli markazlashgan davlat emas edi. Davlat xon
avlodiga tegishli bo‘lib, urug‘chilik asoratlari kuchli bo‘lgan. Viloyat va
shaharlarga xon avlodlari hokimlik qilgan. Xiva xonligining ma’muriy
tuzumi juda murakkab edi
2
. Xonning huquqi cheklanmagan. Davlatni
boshqarish uchun devon (vazirlik) tashkil qilingan. Xondan keyin yuqori
lavozim vazir (mehtar) va qushbegi bo‘lgan. Bular bilan bir qatorda,
maslahatchilar (inoqlar) 5 kishi, qabila oqsoqollaridan ikki va undan ortiq
otaliqlar, qozi, rais, yasovul va boshqa mansablar mavjud bo‘lgan.
Shaharlarni hokimlar, yuz boshi va oqsoqollar idora qilganlar. Xiva xonining
qo‘shini, asosan, otliq askarlardan tashkil topgan bo‘lib, unga lashkarboshi
qo‘mondonlik qilgan. Xiva qo‘shini ham Buxoro lashkari singari harbiy
qurollanish va taktika jihatidan ancha oqsar edi.
Barcha musulmon mamlakatlarida bo‘lganidek, Xivada ham yer davlat
(xon) mulki edi. Yerlarning bir qismi foydalanish uchun amaldorlarga
berilgan, ular o‘z navbatida, yerlarni dehqonlarga ijaraga berganlar. Ijara
haqiga esa hosilning deyarli yarmi olingan. Davlat yerlaridan tashqari,
xususiy va vaqf yerlari ham bo‘lgan. Xonlikdagi soliq tizimi Buxoro amirligi
soliq tizimidan uncha ko‘p farq qilmagan. Eng og‘ir soliqlardan biri yer
solig‘i bo‘lgan. Bundan tashqari, juda ko‘p tarqalgan majburiyatlardan biri
begor
bo‘lib, unga ko‘ra, har bir xonadon 12 kunlik davlat majburiyatini
bajarishga bir kishi berishi lozim bo‘lgan. Umuman, mehnat majburiyatlarida
me’yor bo‘lmay, ular 40 kungacha yetgan.
Xiva xonligining iqtisodiy hayotida sug‘orishga asoslangan dehqonchilik
muhim o‘rin egallagan. XVII–XIX asrlar birinchi yarmida bir qancha
kanallar (Yangiariq, Toshli Yormish, Arab Muhammad, Shohobod,
Qilichniyozbosh va boshq.) qurilgan. Chorvachilik bilan ko‘chmanchi elatlar
shug‘ullanganlar. Shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy etgan. Ichki va
tashqi savdo xonlik iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutgan.
Xonlikning poytaxti Xiva Xorazmning qadimiy shaharlaridan bo‘lib,
shaharsozlik durdonalaridan biri edi. XIX asrda Xiva butunlay yangidan
1
Do'stlaringiz bilan baham: