O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Бобобеков
 
Ҳ

Мустақиллик
ва
иғвогарлик
// 
Фан
ва
турмуш
. – 1992. – 

11–12. – 3-
б

108


va xarid narxlarining besh barobar oshib ketishi ham sabab bo‘ldi
1
. Bu hol 
Rossiya sarmoyadorlarini tashvishga solib qo‘ydi. Ularning nufuzli vakillari 
ushbu muammoni hal qilish vazifasini hukumat oldiga qat’iyat bilan qo‘ya 
boshladilar.
Keltirilgan asoslardan Rossiya xomashyo muammosini faqat O‘rta 
Osiyoni bosib olish yo‘li bilangina hal qilishi mumkin edi, degan xulosaga 
kelmaslik kerak.
Tahlil qilinayotgan davrda Rossiyaning oldida yana bir muammo – 
Rossiya flotining Angliya hukmronlik qilayotgan Qora va O‘rta dengizlarga 
erkin chiqish masalasi ko‘ndalang turardi. Bu mintaqalarda Rossiya 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatga dosh berolmasdi. Shu bois Rossiya Angliyaga 
tazyiq o‘tkazadigan boshqa hududni izlashiga to‘g‘ri kelgan. Angliya 
mustamlakalarining qo‘shnilari bo‘lmish O‘rta Osiyo xonliklari ana shunday 
vosita bo‘lib xizmat qilishlari mumkin edi. Rossiya ularning hududlarini 
egallab, Angliya mustamlakalariga tahdid solishga va Angliyani Yevropada 
biroz bo‘lsa-da yon berishga majbur qila olar edi. Sanab o‘tilgan muammolar 
albatta hal qilinishi kerak edi.
Yuqorida biz, asosan, ikki buyuk davlatning manfaatlari haqida so‘z 
yuritdik, lekin bu yerda uchinchi tomon – O‘rta Osiyo xonliklari xalqlarining 
manfaatlari ham borligi raqobat qilayotgan tomonlarni qiziqtirmas edi. 
Imperialistlar faqat o‘z foydalarini ko‘zlar va bu yo‘lda barcha usullarni 
qo‘llashga tayyor edilar. Chor Rossiyasining hukumati reaksion guruhlarning 
ta’sirida ko‘plab qon to‘kilishiga olib keladigan talonchilik, bosqinchilik 
urushi yo‘lini tanladi. Ushbu jarayon bir qancha o‘quv qo‘llanmalari, tarixiy 
va ilmiy adabiyotda batafsil yoritilganligi bois, bu urushning barcha 
tafsilotlarini bayon qilishni lozim topmasdan, uning mohiyati, maqsadi, 
bosqichlari va yakunlariga e’tibor qaratmoqchimiz.
Chor Rossiyasi Qo‘qon xonligi tasarrufiga kirgan Oq machitni 1853 yilda 
egallagan bo‘lishiga qaramay, urush, asosan, 1964 yilda Avliyoota (hozirgi 
Jambul) va Chimkentni bosib olishdan boshlandi.
Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olish jarayonidagi asosiy davrlar 
quyidagilar:
1864 yilda – Avliyoota va Chimkent egallandi;
1865 yilda – Toshkent bosib olindi;
1868 yilda – Buxoro amirligi taslim bo‘ldi;
1873 yilda – Xiva xonligi bo‘ysundirildi;
1876 yilda – Qo‘qon xonligi tugatildi;
1885 yilda – Turkmanistonning bir qancha shaharlari egallandi;
1895 yilga kelib O‘rta Osiyoning hozirgi Afg‘oniston va Eron bilan 
chegaradosh sarhadlari to‘liq zabt etildi.
Mustamlakachi Rossiya davlati o‘zining qirg‘inbarot harbiy yurishlarini 
xaspo‘shlash uchun O‘rta Osiyo xalqlarining Rossiyaga o‘z ixtiyorlari bilan 
qo‘shilganligini, urushda qurbonlar kam bo‘lganligini isbotlash, bosib olingan 
davlatlarning mustaqilligi saqlab qolinganligi, ulardagi xalqlarning mustabid 
1
Qarang: 
Ўзбекистоннинг
янги
тарихи

Биринчи
китоб

Туркистон
чор
Россия
-
си
мустамлакачилиги
даврида
. – 229–230-
б
.
109


tuzumdan ozod qilinganligi haqidagi nayranglarni o‘ziga qurol qilib olganligi 
va targ‘ibot qilganligini nazarda tutib, e’tiborni urushning asl maqsadi va 
mohiyatini ochib berishga qaratmoqchimiz.
Har qanday urushda bo‘lganidek, Rossiya bilan O‘rta Osiyo 
xonliklarining to‘qnashuvida ham o‘sha davrda mavjud bo‘lgan qo‘shinning 
barcha turlari va qurol-yarog‘ning to‘la majmui ishtirok etdi, ikkala 
tomondan ham ko‘p qon to‘kildi, ya’ni haqiqiy qirg‘inbarot urush bo‘ldi. 
Rossiya armiyasi bosqinchilikning barcha ko‘rinishlarini namoyon qildi.
Fikrimizning tasdig‘i uchun ba’zi misollarni keltiramiz. Xivani zabt 
etishda Rossiya tomonidan 56 ta to‘p bilan qurollangan 9 mingdan ortiq 
harbiylar qatnashdilar
1
, qarshi tomondan bundan ham ko‘proq odam 
qatnashgan. Samarqandni egallashga qaratilgan yurishda Rossiya tomonidan 
taxminan 2,5 ming nafar askar va 10 ta to‘p qatnashdi
2
. Urushda halok 
bo‘lganlarning, ayniqsa, himoyachilarning soni nihoyatda ko‘pligi kishini 
dahshatga soladi. Masalan, Chimkentda 12 ming, Toshkentda 8 ming, 
Xo‘jandda 5 ming, Jizzaxda 3 ming nafar himoyachi halok bo‘lgan
3

Umuman olganda, deyarli 20 yil davom etgan urushda mahalliy aholining 
qanchasi qirilib ketganligini faqat taxmin qilish mumkin.
Keltirilgan ma’lumotlar, tarixiy manbalarda bayon qilingan tafsilotlarga 
asoslanib, chor Rossiyasining o‘zbek xonliklariga qarshi olib borgan 
urushlarini faqat bir ma’noda, ya’ni imperializm davriga xos bosqinchilik, 
talonchilik urushi deb ta’riflash mumkin.
Bir vaqtlar, ayniqsa, Amir Temur hukmronligi davrida butun dunyoga 
hukmini o‘tkazishga qurbi yetgan davlat nima uchun Buxoro, Xiva va 
Qo‘qon xonligi davriga kelib, xalqning qahramonona qarshiligiga qaramay, 
fojiali ravishda mag‘lubiyatga uchradi, degan savolning tug‘ilishi, tabiiy.
O‘rta Osiyo xonliklari mag‘lubiyatga uchrashining asosiy sababi Buxoro 
amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarining jahondagi umumiy taraqqiyotdan 
chetda qolib ketganligidir. Bu xonliklardagi feodal munosabatlarga 
asoslangan tuzum xurofotni qurol qilib olgan ruhoniylar ta’sirida ushbu
mamlakatlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sharoit yaratmadi. 
Albatta, bu hol armiyaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmas edi. Masalan, 
Buxoro amirligida umumiy safarbarlik e’lon qilingan davrda askarlarning 
soni 100 ming nafargacha yetardi. Ammo u ramziy ma’nodagina lashkar edi. 
Ularning asosiy qismi uchiga temir nayza qadalgan oddiy tayoq yoki ilg‘or 
mamlakatlarda allaqachon foydalanilmay qolgan pilta miltiqlar bilan 
qurollangan bo‘lib, uni yondirish va otish uchun bir hokandoz cho‘g‘ bo‘lishi 
shart edi. Ahmad Donishning yozishicha, lashkarning o‘zi harbiy mashqlarni 
yaxshi o‘zlashtirmagan va urush maydonini ko‘rmagan bezori va sayoq 
kishilardan tashkil topgan edi
4
. Aks holda, 1866 yil 22 mayda Oqjarda 10 
1
Qarang: 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish