Chor Rossiyasi xalqaro miqyosda bosqinchi nomini olishdan cho‘chib,
o‘z mavqeini qisman bo‘lsa-da saqlab qolish maqsadida, Buxoro va Xiva
xonliklarining mustaqilligini rasman tan oldi. Amalda esa xonliklar
to‘laligicha Rossiyaga qaram edi, chunki ular nafaqat o‘zga davlatlar bilan
siyosiy va iqtisodiy aloqa o‘rnatishdan mahrum bo‘ldilar, balki o‘zlarining
ichki siyosatidagi oz bo‘lsa-da e’tiborga molik masalalarda ham Rossiya bilan
kelishishlari shart edi. Masalan, Qushbegi eski Buxoroda rus filmlarini
ko‘rsatmaslik, «tansa» uyushtirmaslik masalasini hal qilishni Rossiyaning
Buxorodagi vakilidan iltimos qiladi
.
Xonliklarga nafaqat chet davlatlar bilan munosabatlar o‘rnatish taqiqlab
qo‘yildi, balki ular mustaqil davlat sifatida hattoki Rossiyaning o‘zi bilan
aloqalar olib bormas edilar. Bu munosabatlar asosan Turkiston general-
gubernatorligi, aniqrog‘i, uning Buxorodagi siyosiy agentligi va Xivadagi
Amudaryo bo‘limi orqaligina amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan.
Bundan tashqari, xonliklarda bir qarashda taraqqiyparvarlik,
insonparvarlikka yo‘yilishi mumkin bo‘lgan bir qancha tadbirlar ham
Rossiyaning talabi bilan joriy qilindi. Ular jumlasiga, xususan, qullikni bekor
qilish va avvallari muttasil davom etib kelgan xonliklar o‘rtasidagi urushlarni
tugatish kiradi.
Buning o‘z sabalari bor. Qulchilikni yo‘q qilish haqida
Buxoro amirligi va Rossiya o‘rtasidagi shartnomada bu tadbir Rossiya
imperiyasi podshohiga yoqish va imperatori a’zam janoblarining obro‘sini
ko‘tarish uchun amalga oshirilganligi ochiqdan-ochiq qayd etilgan.
Boshqacha aytganda, bu ish rus podshohining «adolatparvar» siyosatini
xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga qaratilgan. To‘g‘ri, mazkur siyosat
oqibatida bir necha ming qul ozodlikka chiqib, o‘z vatanlariga tarqab ketdi.
Ammo chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosati tufayli mahalliy xalq
iqtisodiy huquqlaridan, milliy manfaatlaridan deyarli mahrum bo‘lib, yarim
qulga aylanib, azob-uqubatlarining o‘n chandon oshib ketganligi
mustamlakachilarni umuman bezovta qilmadi.
Xonliklarning o‘zaro urushlarini tugatishga kelsak, buning ham o‘z
mantig‘i bor. Hudud notinch bo‘lsa, birinchi navbatda, Rossiyaning iqtisodiy
manfaatlariga putur yetishi aniq edi. Ammo ayni paytda Rossiyaning
mustamlakachilik siyosati milliy ozodlik kuchlarini harakatga keltirdi va qon
to‘kilishi davom etdi. Bir urush ikkinchisi bilan almashtirildi.
Xullas, chor hukumatining siyosiy chora-tadbirlari, avvalo, mahalliy
aholini boshqaruvdan chetlatish, uni mustabid davlat ma’muriyatining
irodasiga so‘zsiz bo‘ysunuvchi manqurtga aylantirishga qaratildi.
Mustabid davlatning
Do'stlaringiz bilan baham: