O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

9
-ma’ruza
 
TURKISTON XALQLARINING CHORIZM ISTIBDODIGA
QARSHI MILLIY OZODLIK KURASHI.
JADIDCHILIK HARAKATI 
1. Turkiston xalqlarining chorizm istibdodiga qarshi milliy ozodlik 
harakatlari va ularning bosqichlari 
Chor Rossiyasi harbiy yurishlariga qarshi harakatlar Turkiston bosib 
olinganidan keyin ham to‘xtamadi, balki kuchayib bordi. Rossiyaning 
mahalliy mehnatkashlarni ezish, xo‘rlash, iqtisodiy va siyosiy huquqlarini 
poymol etish, milliy va diniy e’tiqodlarini mensimaslik hisobiga mustabid 
davlatning qabih niyatlarini amalga oshirishga qaratilgan mustamlakachilik 
siyosati tub joy xalqlarining sabr kosasini to‘ldirib yubordi va ularning 
Rossiya istibdodiga qarshi chiqishlariga sababchi bo‘ldi.
Bizningcha, Rossiyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi xalq 
qo‘zg‘olonlarining to‘liq bo‘lmagan ro‘yxati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1875 yilda – Farg‘ona vodiysida Po‘latxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon;
1878 yilda – Farg‘ona vodiysida Yetimxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon;
1879 yilda – Farg‘ona qo‘zg‘oloni;
1880 yilda – Xo‘jand va O‘ratepa qo‘zg‘olonlari;
1882 yilda – Namangan va O‘sh qo‘zg‘olonlari;
1883 yilda – Chustdagi qo‘zg‘olon;
1885 yilda – Farg‘ona vodiysidagi bir qancha shahar va qishloqlarda 
bo‘lgan qo‘zg‘olonlar;
1892 yilda – Toshkentdagi «Vabo isyoni»;
1893 yilda – Namangan va Andijondagi qo‘zg‘olonlar;
1895–1897-yillarda – Farg‘ona vodiysining bir qancha shahar va 
qishloqlaridagi qo‘zg‘olonlar;
1898 yilda – Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo‘zg‘oloni;
1905–1907 yillarda – Farg‘ona vodiysining bir qancha shahar, qishloqlari 
va boshqa mintaqalardagi qo‘zg‘olonlar;
1916 yilda Turkistonning deyarli barcha viloyatlarida, ko‘pchilik shahar 
va qishloqlarida xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi.
Bu qo‘zg‘olonlar mahalliy xalqning o‘z ozodligi yo‘lidagi kurashining 
qamrovi va xususiyatlari haqida quyidagi fikrlarni bildirishga imkon beradi:
– mahalliy xalqning ozodlik harakati Rossiya Turkistonda hukmronlik 
qilgan davrda deyarli to‘xtamagan;
– qo‘zg‘olonlar Turkiston general-gubernatorligining barcha hududlariga 
tarqalib ketgan;
– chor hukumati ma’muriyatining xalq harakatlarini bostirishga qaratilgan 
chora-tadbirlari ozodlik uchun bo‘lgan intilishni so‘ndira olmagan. 
Buni bosqinchilarning o‘zlari ham tan olganlar. Xalq tarixi haqidagi 
manbalarda Turkiston general-gubernatori A. N. Kuropatkin: «Garchand 
119


O‘rta Osiyoda ruslar yarim asrdan ko‘proq hukmdorlik qilayotgan bo‘lsa-da, 
ming afsuski, g‘ayritabaqalarni (mahalliy aholini. – 
E. A.
) Rossiya 
imperatorining sodiq xizmatkoriga aylantira olmadi»
1
, – deb yozgan.
Har bir qo‘zg‘olon muayyan hududda yashaydigan aholining hayotida 
muhim o‘rin tutgan, ularning kelib chiqish sabablari, ishtirokchilari, oldiga 
qo‘ygan maqsadlari, yutuq va kamchiliklari bo‘yicha umumiy tomonlar va 
xususiyatlarga egadir. Bu, albatta, tabiiy hol.
Mahalliy mehnatkashlarni qaqshatqich ekspluatatsiya qilish natijasida ular 
turmush darajasining pasayib ketishi, siyosiy va milliy manfaatlarining inkor 
qilinishi hamda diniy e’tiqodlariga mensimaslik bilan qarashlarni 
qo‘zg‘olonlar kelib chiqishining sabablari deb hisoblash mumkin. Shu bilan 
birga, har bir qo‘zg‘olonning kelib chiqishiga turli bahonalar – soliq 
olishdagi suiiste’molchilik, saylovlardagi o‘zboshimchalik, diniy 
marosimlarni mensimaslik, yerlarni asossiz tortib olish, mardikorlikka 
majburlab jo‘natish turtki bo‘lgan. Bu o‘rinda sabab mustamlakachilik 
siyosatining mohiyatidan kelib chiqsa, bahona uning qo‘pol, haqoratomuz 
shakli bilan bog‘liq.
Biz ushbu ma’ruzada har bir xalq qo‘zg‘olonini batafsil tahlil qilish 
imkoniyatga ega emasmiz. Qolaversa, bu mutaxassis tarixchilarning 
vazifasiga kiradi. Shu bois, xalq xotirasida qoldirgan izi, qamrab olgan 
mintaqasining poyoni, ijtimoiy ongga ko‘rsatgan ta’siri, fojiali oqibatlari 
bilan alohida o‘rin egallagan Andijon (1898 yil) va Jizzax (1916 yil) 
qo‘zg‘olonlariga to‘xtalamiz. Ushbu qo‘zg‘olonlarda mustamlakachilik 
siyosatining eng qabih, razil, shafqatsiz jihatlari yorqin namoyon bo‘ldi.
Andijon (Farg‘ona deyilsa o‘rinli bo‘lardi, chunki u deyarli butun vodiyni 
larzaga keltirdi) qo‘zg‘oloniga mingtepalik Muhammad Ali xalfa Sobir so‘fi, 
oddiy qilib aytganda, Muhammadali eshon boshchilik qildi. Xo‘sh, 
Muhammadali eshon kim edi va u nima uchun «Andijon qo‘zg‘oloniga» 
rahbarlik qildi? O‘sha davrda eshon o‘z qishlog‘i Mingtepadagina emas, 
balki Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon va boshqa joylarda, jumladan qirg‘iz 
elatlarida ham eng e’tiborli, hurmatli inson edi. Bu hurmatning boisi nimada 
edi, degan savol tug‘iladi. Eshon o‘qimishli, islom dinining asosiy 
g‘oyalarini mukammal egallagan, Buxoro va Shahrisabzda o‘qib, Makka, 
Hindistonda piru ustodlardan ta’lim olgan shaxs edi. U iqtisodiy baquvvat 
xo‘jalikka ega bo‘lib, nazr-niyozlari hisobidan kambag‘allar, beva-
bechoralarga g‘amxo‘rlik qilib kelgan. Eshonning 20 ming nafardan ortiq 
muridlari bo‘lgan va ular o‘z pirlarining xosiyatlarini tinimsiz targ‘ib qilib 
kelganlar. Olovsiz ovqat pishirishi, bashorat qilishi, ziyorat qiluvchilarning 
nima olib kelganligini ko‘rmasdan turib bilishi singari ba’zi xislatlari eshonni 
avliyolar qatoriga kiritishlarining sabablari bo‘lgan edi. Bundan tashqari, 
o‘sha davrdagi ulamolarning islom diniga e’tiqodi ruhoniylarga bo‘lgan 
hurmatlarida ham ifodalanar edi. Eshonning ana shu katta obro‘si uning 
qo‘zg‘olonga rahbarlik qilish darajasiga ko‘tarilishida katta ahamiyatga ega 
bo‘ldi.
Shu o‘rinda nima uchun Muhammadali eshon qo‘zg‘olonga rahbarlik 
1
Sitata manbai: 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish