iqtisod borasidagi siyosati
shundoq ham nochor
ahvolda hayot kechirayotgan mehnatkash xalqning rus sarmoyadorlari va
mahalliy mulkdorlar tomonidan ikki tomonlama ezilishinini kuchaytirdi.
Quyidagilar bunga dalil bo‘la oladi:
1) Rossiyadan O‘rta Osiyoga keltiriladigan va olib ketiladigan mahsulot
va tovarlarning qiymati solishtirilsa, katta foyda mustabid davlat foydasiga
hal bo‘lib, farqi deyarli 29 mln. rublni tashkil qilar edi
. Agar Rossiyadan,
1
Qarang: O‘zRMDA. Fond 3. Ro‘yxat 2. Yig‘majild
№
600.
2
Qarang:
История
народов
Узбекистана
.
Т
. 2. –
Т
., 1947. –
С
. 271.
115
asosan, tayyor mahsulot olib kelinishi hisobga olinsa, bu nisbat yana ham
ko‘proqni tashkil etadi;
2) dehqonning rus kapitali bilan aloqasini bog‘laydigan sudxo‘rlik
qishloqda tabaqalanish jarayonini tezlashtirdi. O‘z yerini, mol-mulkini
garovga qo‘yib nasiyaga pul olgan ko‘pchilik dehqonlar qashshoqlasha
boshladilar. 1912 yilga kelib paxtaning asosiy qismini yetishtiradigan
Farg‘ona viloyatida yersizlar ulushi 30 foizga yetdi;
3) Turkiston dehqonlaridan mustabid davlat hisobiga undiriladigan yer
solig‘ining miqdori 1870–1880 yillarda ikki barobarga yaqin ko‘paydi.
Undan tashqari, 1995–1910 yillarda o‘tkazilgan kadastrlash (xo‘jalik va
oilalarni ro‘yxatga olish) natijasida sharoitga qarab soliq miqdori 0,7 dan 6
martagacha oshdi
;
4) shahar aholisining ham ijtimoiy ahvoli yanada mushkullashdi, chunki
Rossiyadan keltiriladigan arzon tovarlar hunarmandlarni xonavayron qildi.
Ularning ko‘pchiligi shaharda ish topolmay qora ishchiga, batrak yoki
chorikorga aylandilar. Sanoat korxonalarida ish vaqti 17–18 soat bo‘lib,
mahalliy ishchilarning kunlik ish haqi ruslarnikidan deyarli ikki baravar kam
edi
;
5) qishloq xo‘jaligini bir tomonlama, ya’ni Rossiya sarmoyadorlarining
manfaatiga moslashtirib, paxtachilikni kengaytirish hisobiga rivojlantirish
mahalliy mehnatkashlarni og‘ir iqtisodiy ahvolga solib qo‘ydi. 1890–1915
yillarda paxta yetishtirish Turkistonda 73 marta ko‘paydi. Shu sababli g‘alla
va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish kamayib, ularning
bozordagi narxlari muttasil ko‘tarilib bordi. Masalan, 1890 yilning boshlarida
mahalliy xalqning asosiy yemishi bo‘lgan bug‘doy unining bahosi 5 marta
oshib ketdi
;
6) bir qancha viloyatlarda sug‘oriladigan unumdor yerlar turli bahonalar
bilan tortib olinib, kelgindi rus krestyanlariga bo‘lib berildi, ular yashaydigan
alohida qishloqlar tashkil qilindi;
7) mustabid davlat O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligini yuritishning bor
imkoniyatlaridan iloji boricha kengroq foydalanishga intildi, lekin bu
tarmoqni takomillashtirish, ilg‘or texnologiyani qo‘llash chora-tadbirlarini
ko‘rmadi, bu sohaga sarmoya sarflashdan manfaatdor bo‘lmadi, aksincha,
dehqonlarni qaqshatqich ekspluatatsiya qilishga asoslangan eski feodal
uslubni qurol qilib oldi. Umuman, Rossiya hukmron bo‘lgan davrda hududda
bironta ham ko‘zga ko‘rinarli sug‘orish inshootlari qurilmadi;
8) temir yo‘llarning qurilishi hududdagi xomashyo, yer usti va yer osti
boyliklarini Rossiyaga tashib ketishni osonlashtirdi. Masalan, 1912 yilda
Krasnovodsk va Toshkent orqali temir yo‘lda tashilib, Rossiyaga olib chiqib
ketilgan tovarlar miqdori 1900 yildagiga nisbatan salkam 8 marta oshdi
.
Axir buni mahalliy xalq rizqiga tushgan qurt deyish mumkin-ku. Albatta, bu
borada O‘rta Osiyoga sanoat mahsulotlari temir yo‘l orqali keltirilishining
1
O‘sha joyda. – 279-b.
2
Qarang:
История
Узбекской
ССР
.
Т
. 2. –
Т
., 1968. –
С
. 283.
3
O‘sha joyda. – 153-b.
4
O‘sha joyda. – 151-b.
116
ahamiyatini tan olish lozim. Ammo keltirilayotgan tovarlar sifat jihatidan
jahon bozori talabiga javob bermaganligi uchun O‘rta Osiyodan boshqa
joyda xarid qilinishi amrimahol edi;
9) Rossiya sarmoyadorlari sanoatni rivojlantirishdan umuman manfaatdor
bo‘lmaganlar. Temir yo‘l qurilishini hisobga olmaganda, 1913–1915 yillarda
Turkistonga kiritilgan umumiy sarmoyaning faqat 15
% sanoatni
rivojlantirish uchun sarflangan, uning asosiy qismi ham paxta tozalash va
moy olishga ajratilgan. Sanoat mahsulotining 80 % paxtaga dastlabki ishlov
berish bilan bog‘liq bo‘lgan
1
. Tabiiyki, bu iqtisodiyotdagi muvozanatning
buzilishiga olib kelgan va hududning imperiyaga qaramligini kuchaytirgan.
Shu bilan birga, chor Rossiyasi mahalliy aholining ma’naviyatini
yuksaltirmaslik, ijtimoiy faolligini oshirmaslik, uni o‘rta asrlar
jaholatparastligi sharoitida saqlab turish choralarini ko‘rdi, Rossiya O‘rta
Osiyo xalqlarini iloji boricha jahon taraqqiyoti va madaniyatidan chetda
tutishga harakat qildi. Bu fikrni o‘sha davrda Turkistonni boshqarib turgan
general-gubernator A. N. Kuropatkin ham tan oldi. U o‘z xotiralarida: «Biz
50 yil tub joy aholini taraqqiyotidan jilovladik, maktablar va rus hayotidan
chetda tutdik»
2
, – degan edi. Aslida, Turkistondagi madrasalarda ta’lim
usullarini yangilash, dunyoviy ilmlarni o‘rgatishga e’tiborni kuchaytirish,
ta’limni Yevropa darajasiga yaqinlashtirish to‘g‘risida turli siyosiy kuchlar
jiddiy takliflar kiritganlar. Ammo ularni amalga oshirishdan chor hukumati
manfaatdor bo‘lmagan. Buning sababini quyidagi faktlar orqali tushuntirish
mumkin, xolos: 1882 yilda Toshkentdagi o‘qituvchilar seminariyasi
yig‘ilishida uning direktori N. Ostroumov shunday degan: «Agar biz taklif
qilingan loyihani qabul etsak, shu choqqacha mudrab yotgan musulmon
mutaassibligini uyg‘otib yuboramiz va bu bilan ko‘ksimizda ilon asragan
bo‘lib chiqamiz. Shu sababli musulmonlarimiz maorifining asosida ularni
ruslashtirish... islomni buzish... umuman, diniy jihatlarni buzish... yotmog‘i
lozim»
3
. Shu maqsadda bo‘lsa kerak, rus-tuzem maktablari ochila boshlagan.
Albatta, bu maktablar mahalliy xalqni ruslashtirishda asosiy o‘rin tutadi deb
aytolmaymiz, chunki ko‘p millionli Turkiston aholisi uchun ochilgan 105 ta
maktab
4
(1911 yilda) daryodan tomchi edi.
Shu bilan birga, Turkiston harbiy ma’muriyati jadidchilar tashabbusi bilan
paydo bo‘layotgan, mahalliy xalqning turmush tarziga, ma’naviyatiga mos
keladigan yangi uslubdagi maktablarni yopish uchun barcha choralarni
ko‘rdi.
Taraqqiyot bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini baholashda yana bir axloqiy
mezon ham bor va Rossiya Turkistonni bosib olganidan keyin O‘rta Osiyo
xalqlari taraqqiyotga erishdi, deb faraz qilaylik.
U holda shunday savol tug‘iladi: rivojlangan davlat «qoloq» mamlakatni
taraqqiyotga erishtirish uchun uni bosib olishi shartmidi? Bizningcha, bosib
olish oqibatlarining progressiv ahamiyati to‘g‘risidagi xulosa axloqiy
1
Qarang:
История
народов
Узбекистана
.
Т
. 2. –
С
. – 273–275.
2
Sitata manbai:
Ҳасаний
М
.
Туркистон
босқини
. – 39-
б
.
3
Sitata manbai:
Қосимов
Б
.
Исмоилбей
Гаспрали
//
Ўзбегим
. – 151-
б
.
4
Qarang:
История
народов
Узбекистана
.
Т
. 2. –
С
. 329.
117
jihatdan ham noto‘g‘ri, chunki bu bilan biz bosqinchilikni, agressiyani
oqlagan bo‘lamiz. Xalqlar har qanchalik «qoloq» bo‘lmasin, ularning
turmush tarzini zo‘rlik bilan o‘zgartirishning oqibati yaxshi bo‘lishi mumkin
emas. Bu na xalqaro huquq normalariga, na umuminsoniy qadriyatlarga
to‘g‘ri keladi.
Masalaning axloqiy tomoniga tegishli yana bir jihat bor. Rossiya o‘z
xohishi bilan bo‘lmasa ham, O‘rta Osiyo xalqlarini taraqqiyotga yetaklagan,
ular tinchligi va osoyishtaligini ta’minlagan bo‘lsa, nima uchun mahalliy
xalq o‘z manfaatini tushunmadi? So‘zsiz, u boshiga tushgan fojiani yaxshi
tushunib yetdi va ozodlik uchun kurashdi.
Rossiyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi o‘z erkinligini, Vatan
mustaqilligini saqlab qolish uchun kurashgan, jonini qurbon qilgan xalq
farzandlarining xotirasi bugungi kunda hamma uchun muqaddas bo‘lishi
kerak. Bu xotirani hech qanday mafkura bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi.
Shunday qilib, chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining oqibatlarini
quyidagicha ifodalash mumkin:
birinchidan, mahalliy xalqning siyosiy va fuqarolik huquqlari poymol
etildi;
ikkinchidan, ishlab chiqarish bir tomonlama rivojlanib, iqtisodiy
muvozanat buzildi va mustabid davlatga qaramlik kuchaydi;
uchinchidan, mahalliy xalqning turmush darajasi pasayib ketdi;
to‘rtinchidan, O‘rta Osiyo Rossiyaning xomashyo bazasiga aylantirildi;
beshinchidan, mustamlaka hudud jahon taraqqiyoti va madaniyatidan
chetda qoldi.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |