musulmonlarni
1
o‘lka oliy inqilobiy hokimiyatning
tarkibiga kiritish
maqsadga muvofiq emas, chunki mahalliy aholining ishchi, soldat, dehqon
deputatlari sovetining hokimiyatiga munosabati o‘ta mavhum, bundan
tashqari, mahalliy aholi orasida sinfiy proletar tashkilotlar yo‘q»
2
. Bu
bayonot mustamlakachilik siyosatining ifodasidan bo‘lak narsa emas edi.
Aslida, mahalliy aholining sovetlarga bo‘lgan munosabatini mavhum yoki
noaniq deyish aslo mumkin emas edi, chunki Musulmon mehnatkashlari
o‘lka kengashi va boshqa musulmon Sovetlari o‘zlarining
birlashgan
yig‘ilishlarida bolsheviklar boshchiligidagi Sovetlar hokimiyatini tan
olmadilar. Shuningdek, sinfiy proletar tashkiloti to‘g‘risidagi fikr ham o‘ta
asossizdir. 1917 yilda Turkistonda 60 mingdan ortiq ishchi bo‘lgan, shundan
taxminan 70
% mahalliy millatlardan bo‘lgan
3
. Musulmon
mehnatkashlarining tashkilotlari ham bo‘lgan, jumladan Musulmon ishchilari
soveti, «Ittifoq» musulmon ishchilari kasaba uyushmasi va boshqalar.
Xo‘sh, bordiyu yo‘qsillar sinfi bo‘lmagan yoki ular jamiyatda
Turkistondagidek ozchilikni tashkil qilgan ham deylik,
mahalliy xalqqa
boshqa millatga mansub bo‘lgan yo‘qsillar hokimiyatining boshqaruv
tizimini zo‘rlab kiritish qaysi mantiqqa to‘g‘ri keladi? Mahalliy millat
ishchilarining ongi boshqarish darajasiga yetgan yoki yetmaganligini ham
o‘sha hokimiyat teppasida turgan bolsheviklar bir zumda hal qilib qo‘ya
qoldilar. Demak, ular xohlagan paytlarida hokimiyatini topshirish yoki
tarqatib yuborishi ham mumkin.
Bu – masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni – musulmon siyosiy
tashkilotlarining o‘rtasida birlikning yo‘qligi mahalliy mehnatkashlar
vakillarining hukumat tarkibiga kiritilishi haqidagi masalaning ijobiy hal
qilinishiga pand berdi. Hokimiyat masalasini ko‘rish
uchun chaqirilayotgan
III o‘lka Sovetida qatnashish yoki qatnashmaslik borasida «Sho‘roi ulamo»
va Musulmon mehnatkashlari o‘lka kengashi orasida ixtilof kelib chiqdi va
mazkur kengash shu munosabat bilan Qo‘qonga ko‘chib o‘tdi.
III o‘lka Sovetining syezdida qatnashgan Sherali Lapin boshchiligidagi
«Sho‘roi ulamo» vakillari hukumat a’zolarining 50 % ni mahalliy millat
vakillaridan tayinlash lozimligi haqidagi taklif bilan chiqdilar. Ammo
bolsheviklar so‘l eserlar bilan kelishib, syezdda ko‘pchilik ovoz bilan bu
taklifni o‘tkazmadilar. Shuning uchun «Sho‘roi ulamo» vakillari syezdni tark
etdilar
4
.
Demak, Turkistondagi dastlabki hukumat tarkibiga bolsheviklarning
mahalliy millat vakillarini kiritmasligini asosan hokimiyatni qo‘lga
olgan
rusiyzabon nayrangbozlarning oldindan o‘ylab amalga oshirgan siyosati deb
tan olish uchun asos bor. Bu siyosat mahalliy aholini kamsitish, uning huquq
va manfaatlarini poymol qilishga qaratilgan edi.
1
O‘sha davrda mahalliy aholi shunday atalar, «musulmon millati» iborasi ham
ishlatilar edi.
2
Материалы
и
документы
I
съезда
Компартии
Туркестана
. –
Т
., 1934. –
С
. 18.
3
O‘sha joyda. –
С
. 28.
4
Qarang:
Туркистон
мустақиллиги
ва
бирлиги
учун
кураш
саҳифаларидан
. –
Т
.,
1996. – 30-
б
.
136
Bundan tashqari, bolsheviklar faqat milliy siyosiy kuchlar va ijtimoiy
harakatlarnigina emas, balki o‘zlaridan
boshqa barcha, jumladan rusiyzabon
siyosiy kuchlarning ham hokimiyatda qatnashuviga qarshi bo‘lganlar. Bu
fikrni bolsheviklar rahbari V. I. Leninning o‘zi ham ochiq-oydin ta’kidlagan.
Lenin bolsheviklar partiyasining barcha a’zolariga va Rossiyaning barcha
mehnatkashlariga yuborgan murojaatnomasida shunday degan: «Rossiyada
Sovet hukumatidan boshqa hukumat bo‘lmasligi lozim... Ikkinchi
Butunrossiya Sovetlarining syezdida bolsheviklar partiyasi ko‘pchilikni
tashkil etdi. Shuning uchun, faqat mana shu partiya tomonidan tuzilgan
hukumatgina Sovet hukumatidir»
1
. Yoki boshqa kuchlar o‘z zimmalariga
sotsializmni qat’iylik va izchillik bilan amalga oshirish majburiyatini olib,
bolsheviklarga bo‘ysunishlari kerak.
Shunday ekan, nima uchun Turkiston Xalq Komissarlari
Sovetiga eserlar
va maksimalistlar kiritildi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Chunki o‘sha
bolsheviklarning mavqei nafaqat jamiyatda, balki sovetlarda ham mustahkam
emas edi. Sharoit bilan hisoblashmaslik ularni mag‘lubiyatga uchratishi
mumkin edi. Ko‘p vaqt o‘tmay 1918 yilda Sovetlarning VI syezdida
saylangan Xalq Komissarlari Sovetiga boshqa partiyalardan bironta ham
vakil kiritilmadi. Ular Sovetlarga qarshi harakatlarda ayblanib,
hokimiyatni
boshqarish huquqidan mahrum etildilar.
Mazkur sharoit Turkistonning milliy siyosiy kuchlarini o‘z manfaatini
himoya qilish yo‘llarini izlashga majbur qildi va Turkiston muxtoriyatining
tarix sahnasiga kelishiga sababchi bo‘ldi.
Muxtoriyatning tuzilishi bolsheviklar tashviqot qilib kelayotgan
millatlarning o‘z taqdirini o‘z belgilashi haqidagi prinsipga xilof emas edi.
Undan tashqari, V. I. Lenin imzo chekkan «Rossiya va Sharqning barcha
musulmon mehnatkashlariga» deb nomlangan murojaatnomada bayon
qilingan fikrlar muxtoriyatning tuzilishiga qo‘shimcha asos bo‘ldi. Unda
shunday jumlalarni o‘qishimiz mumkin: «Bundan buyon sizning urf-
odatlaringiz, milliy va madaniy muassasalaringiz ozod va daxlsiz deb e’lon
qilinadi. O‘z milliy hayotlaringizni erkin va bemalol uyushtiravering,
sizning
bunga haqqingiz bor.
Siz o‘zingiz o‘z Vataningizning hokimlari bo‘lishingiz lozim. O‘z rasm-
rusumingizga binoan hayotingizni uyushtirishingiz lozim. Sizning bunga
haqingiz bor, chunki sizlarning taqdiringiz o‘z qo‘lingizda»
2
. Naqadar ajoyib
so‘zlar (chin dildan aytilgan bo‘lsa)! Murojaatnomada sotsializm qurilishi,
tuziladigan hokimiyatning shakli to‘g‘risida bir og‘iz ham aytilmagan.
Bu hujjat ham muxtoriyatchilarni ruhlantirgan, yorqin kelajakka
ishontirgan bo‘lsa ajab emas. 1917 yil 26–29 noyabrda bo‘lib o‘tgan
Turkiston o‘lkasi musulmonlarining IV qurultoyi Turkiston muxtoriyatining
muvaqqat hukumatini qonuniy ravishda tuzgan, deb o‘ylaymiz. Shu
munosabat bilan, muxtoriyatning nechog‘lik adolatli harakat qilganligini
ta’kidlash uchun qurultoy qaroridan kichkina lavha keltiramiz: «Turkistonda
istiqomat qiluvchi barcha millatlarning buyuk Rossiya inqilobi tantanali e’lon
1
Do'stlaringiz bilan baham: