hajmini davlatning yordamisiz 5 barobarga ko‘paytirdilar
1
. Shu bilan birga,
siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘rnatildi, aholining turmush darajasi bir
maromda ko‘tarila boshladi.
Shunday ekan, nima uchun 1930 yilga kelib to‘satdan
yangi iqtisodiy
siyosatga barham berildi va kommunistik partiya o‘z siyosatini tubdan
o‘zgartirdi?
Yangi iqtisodiy siyosatga o‘tilishi, kommunistik partiya rahbarlarining
o‘zlari tan olishicha, vaqtinchalik chora edi
2
. Ikkinchidan, sovet hokimiyati
1929 yilga kelib o‘zining mavqeini mustahkamlab oldi va sotsializmning
asosini yaratish, ya’ni kapitalizmni qayta tiklashi mumkin bo‘lgan xususiy
mulkni tag-tugi bilan yo‘q qilish davri keldi, deb hisobladi. Lekin «harbiy
kommunizm» siyosati hali yo‘q qilishga ulgurmagan
mulkka egalik hissi
yangi iqtisodiy siyosat davrida aholining ongida o‘z mavqeini tiklab
olganligi sababli, sotsializm g‘oyasini hayotga tatbiq etish qarshilikka
uchrashi muqarrar edi. Shu bois, sovet rahbariyati juda ishonarli bahonalar
izlashga majbur bo‘ldi. Bunday bahonalar topildi ham.
Birinchi bahona
– SSSR kapitalistik dunyo qurshovida bo‘lganligi uchun
urush xavfi ostida qoldi. Demak, bolsheviklarning fikricha, barcha iqtisodiy
imkoniyatlar markazlashtirilib, og‘ir sanoatni tezlik bilan rivojlantirish,
mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlash lozim edi.
Bugungi kunda tarixchi olimlar urush xavfi siyosiy maqsadlarda bo‘rttirib
ko‘rsatilganligini tan olmoqdalar. Ushbu fikrni isbotlash uchun bir necha
dalillarni keltirish mumkin:
a)
fuqarolar urushi davridagi, o‘ta qiyin iqtisodiy sharoitda chet el
intervensiyasiga barham bergan sovet davlati yangi iqtisodiy siyosat tufayli
o‘zini o‘nglay olganidan keyin mudofaani mustahkamlash uchun favqulodda
choralar ko‘rishiga zarurat bo‘lmagan;
b) SSSRdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlikning guvohi bo‘lgan yetakchi
mamlakatlar, jumladan Angliya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Italiya,
AQSH (1933 y.) bu davlatni rasman tan ola boshlagan edilar. SSSR 1934
yilda jahondagi 30 mamlakatni birlashtirgan Millatlar Ligasiga qabul qilindi
3
.
Bular xalqaro miqyosda SSSRning mavqei mustahkamlanganligidan dalolat
berardi;
v) agar urush xavfi mavjud bo‘lsa, nima uchun
kapitalistik dunyo SSSR
bilan savdo-sotiqni rivojlantirdi? Mavjud ma’lumotlarga qaraganda,
SSSRdan Yevropa mamlakatlariga g‘alla sotish hajmi 1930–31 yillarda 52
marta oshgan
4
. Eksport evaziga olingan mablag‘ o‘sha mamlakatlarning
o‘zidan, asosan, og‘ir sanoatni rivojlantirish bilan bog‘liq ishlab chiqarish
vositalarini xarid qilishga sarflangan.
Urush xavfini 1939 yilda boshlangan Ikkinchi jahon urushi bilan asoslash esa
tarixiylik qoidasining buzilishiga olib keladi, chunki 30-yillar boshlarida
1
Qarang:
Сельская
правда
. – 1989. 9
авг
.
2
Ленин
В
.
И
.
Тўла
асарлар
тўплами
.
Т
. 43. – 373-
б
.
3
Qarang:
За
мир
,
разоружение
и
безопасность
народов
:
Летопись
внешней
по
-
литики
СССР
. –
М
., 1983. –
С
. 39–88.
4
Qarang:
Историки
спорят
: 13
бесед
. –
М
., 1988. –
С
. 271.
152
amalga oshirilgan markazlashtirish choralarini undan keyin boshlangan urush
bilan asoslash mantiqan noto‘g‘ri bo‘ladi.
Ikkinchi bahona
– Stalinning rasmiy ravishda e’lon qilingan «Sotsializm
mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham kuchayib boradi»
degan soxta g‘oyasi. Bu «bashorat»ni ittifoqdosh respublika partiya
tashkilotlari o‘zlariga dasturilamal qilib olishga majbur edilar,
aks holda,
sinfiy dushmanning borligini inkor qilganlarning o‘zlari sotsializmning
dushmaniga aylanib qolishlari aniq edi. Shuning uchun ham O‘zbekiston
Kommunistik partiyasi IV qurultoyining (1929 y.) qarorida zikr qilingan
quyidagi ko‘rsatmaning amal qilishi tabiiy edi: «Partiya qurultoyi bizning
davlatimizda sinfiy kurashni yashirishga qaratilgan har qanday urinishni rad
qiladi. Sinfiy kurashning keskinlashuvini xaspo‘shlash, aslida, bizni sinfiy
dushman oldida qurolsizlantiradi»
1
. Xo‘sh, sinfiy dushman kim edi?
Agar kommunistik partiyaning mantig‘iga rioya qilinsa, sotsializm qurishga
qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lganlar, birinchi navbatda, mulk egalari va
ularning manfaatini ifoda etuvchi siyosiy kuchlardir. Shunday ekan, qarshilik
ko‘rsatishi mumkin bo‘lganlarning mavqei O‘zbekistonda
qanchalik kuchli
edi, degan savol tug‘iladi. Bizningcha, Stalinning vahimasi mutlaqo o‘rinsiz
edi. Chunki 1930 yillar arafasida sanoat sohasida mulkdorlar sinfi (agar ba’zi
hunarmandlar hisobga olinmasa) butunlay tugatilgan, qishloq aholisining
tarkibida boy va quloq dehqonlar (yollanma ishchi kuchidan
foydalanadiganlar) bor-yo‘g‘i 1,4 % ni tashkil qilar edi
2
. Kommunistik
Do'stlaringiz bilan baham: