O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Каримов
 
И

А

Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида

Т
. 6. – 
Т
., 1998. – 
68-
б

2
Qarang: 
Исоқов
 
И

Қирғинни
ким
қилган
-
у

жадига
ким
қолган
эди
? // 
Шарқ
юлдузи
. – 1992. – 

5. – 159-
б

145


aytishyapti! Tabiiyki, bu holda biz, butun aholini o‘zimizga qarshi 
qo‘zg‘aymiz... 
...Farg‘ona frontining qo‘mondoni o‘rt. Konovalov bosmachilarning 
turgan joyi haqida xabar topib, Bozorqo‘rg‘onga yo‘l oldi va otradning 
harakati haqida bosmachilarga xabar berilishidan qo‘rqib, yo‘lda uchragan 
barcha o‘zbeklarni otib tashladi. Otrad Bozorqo‘rg‘on yaqinida yana 
bosmachilar bilan to‘qnashib, kichik jang qildi. O‘rt. Konovalov bu yerdan 
jo‘nab ketayotib, Bozorqo‘rg‘onga qo‘shni bo‘lgan Nikolskoye qishlog‘i 
krestyanlariga Bozorqo‘rg‘onni bosmachilardan tozalashni taklif qiladi. 
Nikolskoye krestyanlari 23 kun mobaynida Bozorqo‘rg‘onni «tozalaydilar». 
«Tozalash» shunday olib borildiki, avval «faqat» talaydilar, keyin aholini 
otib tashlaydilar: erkaklarni bosmachilarga hamdard deb, bolalarni esa 
kelajakda bosmachi bo‘lishlari mumkin deb o‘ldirdilar... Krestyanlar 
bosmachilarni tugatganliklari, qishloq aholisi qaytib kelib, murdalarni 
ko‘mishlarini, endi qishloq aholisiga dushmanlik qilmasliklarini e’lon 
qiladilar. Qishloqqa qaytib kelgan aholi otilganlarni qabristonda dafn etish 
marosimini o‘tkazayotganida krestyanlar bu yerga ham hujum qilib, 
oxirgilarini (dafn etishda qatnashayotganlarini. – 
E. A
.) bir yo‘la qirib 
tashlaydilar»
1
.
Biz Qayg‘isiz Otaboyevning nutqidan kichik bir lavha keltirdik. Aslida 
nutq dahshatli misollarga to‘lib-toshib yotibdi. Nutqning asosiy maqsadi 
«bosmachilikka» qarshi kurash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatib, 
sovet hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan. Shunday bo‘lsa ham Q. 
Otaboyevning mardligiga qoyil qolish kerak. Balki u o‘z xalqining kelajak 
baxti sovet tuzumi bilan bog‘liqligiga samimiy ishongandir. Bu – uning 
fojiasi edi. Lekin «xalqlar otasi» Stalin hech qachon, hech kimni kechirgan 
emas. 1937 yilgi qatag‘onlarda Otaboyevning yo‘q qilib yuborilishi uning 
1922 yildagi nutqi bilan ham bog‘liq bo‘lsa, ajab emas.
«Bosmachilik»ning milliy ozodlik kurashi ekanligini o‘sha davrda 
Turkistondagi ba’zi bir rusiyzabon rahbarlarning o‘zlari ham tan olganlar. 
Masalan, 1919–1922 yillarda Turkiston armiyasining Revolyutsion Harbiy 
Soveti va Turkkomissiya a’zosi F. 
I. 
Goloshchyokin o‘z bayonotida 
quyidagilarni yozadi: «U yoqda (Farg‘onada) siyosiy va iqtisodiy hayotda 
faqat o‘ta tartibsizlik va dahshat bor. Sinfiy kurash yo‘q, aksincha, milliy 
kurash shiddatli tus olgan, bosmachilik esa sho‘ro hokimiyati va 
guruhlarimiz sa’y-harakati tufayli vujudga kelgan... partiyaning barcha 
a’zolari bosqinchilik qilmoqda, pora olmoqda»
2
.
Bolsheviklarning zo‘ravonlik, mahalliy aholini kamsitish siyosatini 1920 
yilda V. I. Leninning o‘zi ham tan olgan. «Bosmachilik» harakati avj olgan, 
Turkistonda siyosiy inqiroz davom etayotgan davrdagi ahvol RKP(b)ning 
siyosiy byurosida ko‘riladi va shu masala bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Ana 
shu qarorning muqaddimasidan ko‘chirma keltiramiz: «RKP Markaziy 
1
Қайғисиз
Отабоевнинг
ТуркМИК
4-
пленуми
5-
мажлисида
сўзлаган
нутқи
стенограммаси
// 
Ўзбегим
. – 
Т
., 1992. – 76–87-
б

2
Босмачилик

ҳақиқат
ва
уйдирма

Давра
суҳбати
// 
Шарқ
юлдузи
. – 1991. – 

3. – 167-
б

146


Komiteti Turkiston RKPning asosiy vazifasi Rossiya samoderjaviyesining 
ellik yildan ortiqroq imperialistik siyosati natijasida kelgindi yevropalik aholi 
bilan tub aholi o‘rtasida vujudga kelgan keskin munosabatlarni tugatish, deb 
hisoblaydi. Bu munosabatlar mustamlakachilik psixologiyasi bilan g‘oyat 
zaharlangan rus ishchilarining juda kichik guruhining qo‘lida bo‘lib, bu 
munosabatlar Sovet hokimiyatining 2,5 yili mobaynida yaxshi tomonga 
o‘zgarish u yoqda tursin, balki o‘ziga xos «kommunistik» harakatlar tufayli 
yanada kengroq keskinlashib ketdi, qullikka tushirilgan tub aholi bu 
harakatlarni eski chor hokimiyati agentlari harakatining davomi deb biladi, 
ular aslida ham shunday harakatlardir»
1
.
Ushbu qaror V. 
I. 
Leninning topshirig‘i bilan tayyorlangan va 
tasdiqlangan. Ko‘rinib turibdiki, u bizning ba’zi sovetshunos olimlarimizdan 
farqli o‘laroq, Turkistondagi ahvolni yaxshi bilgan va vaziyatni to‘g‘ri talqin 
qilgan. To‘g‘ri, qarorga bir qancha tadbirlar qatori, jumladan V. I. Lenin o‘z 
qo‘li bilan yozgan quyidagi band ham kiritildi: «Hokimiyatni ishonchli 
kommunistlar kontroli ostida – asta-sekin, lekin og‘ishmay 
mehnatkashlarning mahalliy Sovetlariga bera borish muntazam ravishda 
o‘ylanib, tayyorlanib, amalga oshirilsin»
2
. Hokimiyatni faqat ishonchli 
kommunistlar kontroli ostida topshirish kerak emish, chunki bunday nazorat 
bo‘lmasa, hokimiyat qo‘ldan ketib qolishi mumkin-da. Undan tashqari, kim 
ishonchli kommunist bo‘lishi mumkinligini faqat markaziy hokimiyatgina 
belgilashi katta sir emas. Demak, Turkistondagi mahalliy sovetlar markaziy 
hokimiyat ishongan kommunistlarning nazoratida bo‘ladi.
Xullas, Sovetlarning mustamlakachilik siyosati natijasida kelib chiqqan 
qurolli to‘qnashuv mahalliy aholi boshiga misli ko‘rilmagan kulfatlarni 
keltiradi. Turkiston Ijroiya Qo‘mitasining raisi bo‘lgan N. To‘raqulov 
Sovetlarning «bosmachilikka» barham berishga qaratilgan harakatlari 
natijasida 200 ming odam qurbon va mayib-majruh bo‘lganligi haqidagi 
ma’lumotlarni keltiradi
3
.
Bu raqamni ham tekshirib ko‘rish kerak, chunki sho‘ro hukumatining 
boshlig‘i sifatida N. To‘raqulov haqiqatni to‘liq ochib berish imkoniga ega 
bo‘lmagan, deb o‘ylaymiz. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, bu raqam bir 
necha marta kamaytirilgan. Chunki, masalan, M. 
Cho‘qayev o‘zining 
«Turkiston Sovetlar hukmronligida» (Parij, 1935) nomli kitobida bu 
qatag‘onlar natijasida 1,1 mln. odam halok bo‘lganligini xabar beradi
4
.
Bundan dahshatliroq ma’lumotlar ham bor. Masalan, R. Shamsutdinov 
Vatan istiqloli uchun kurashda 5 million 600 ming kishi shahid bo‘ldi, chet 
ellarda muhtojlik azobini tortdi, Sibir surgunlarida halok bo‘ldi va mayib-
majruh bo‘lib qoldi, deb yozadi
5
. Balki bu raqamlar biroz bo‘rttirib 
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish