qo‘shinini olib chiqib ketish bo‘lar edi. Agar biz muxtoriyat g‘oyasidan kelib
chiqayotgan asosiy g‘oyani amalga oshirsak, inqilobga orqa tomondan zarba
bergan bo‘lar edik»
1
. Muxtoriyat g‘oyasi faqat Tobolinning o‘ziga emas,
balki Turkistondagi ko‘pchilik bolshevik rahbarlarga ham erish tuyulardi.
Bu dunyoqarashni sovet tarixchilari faqat Turkistondagi bolsheviklarga
xos xato, ular fuqarolar urushi tufayli markazdan ajralib qolgan edilar, deb
haspo‘shlamoqchi bo‘ladilar. Aslida, musulmon muxtoriyatiga nisbatan
bunday tajovuzning sababi bolsheviklarning soddaligi yoki tushunmasligi
emas,
balki birinchi navbatda, V. I. Leninning ko‘rsatmalari edi. Bu
fikrimizning dalili sifatida RSDRP(b)ning V. I. Lenin boshchiligida bo‘lib
o‘tgan 1917 yil aprel konferensiyasi qaroridan ko‘chirma keltiramiz: «U yoki
bu millatning u yoki bu sharoitda ixtiyoriy ravishda o‘z mustaqilligiga
erishishi masalasini uning maqsadga muvofiqligi masalasi bilan
chalkashtirmaslik lozim. Mustaqillikning maqsadga muvofiqligi masalasini
yo‘qsillar partiyasi har bir muayyan holatda bir-biriga bog‘lamasdan alohida,
umumiy taraqqiyot nuqtai nazaridan va yo‘qsillarning sotsializm uchun
qaratilgan kurashidan kelib chiqib hal qilishi lozim»
2
.
Mazkur ko‘chirma bir necha savollar tug‘dirishi mumkin. Millatlarning
mustaqilligi maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligini nima uchun faqat
bolsheviklar hal qilishi kerak? Agar mustaqillik sotsializm qurishga
qaratilmagan bo‘lsa, millatni qurol kuchi bilan markazga bo‘ysundirish
kerakmi? Asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan xalqning erkinligi
nima uchun mustamlakachi davlat yo‘qsillarining sinfiy kurashi
maqsadlariga mos kelishi kerak?
Endi Turkiston IV o‘lka Sovetlarining syezdida
bolsheviklar taklifi bilan
qabul qilingan qarorda zikr etilgan fikrni bayon qilamiz. U yerda, jumladan
shunday deyilgan: «Turkiston muxtoriyati masalasi rus revolutsiyasi ko‘tarib
chiqqan milliy masala bilan bog‘liq va uni faqat shu inqilobiy nuqtai
nazardan ko‘rish mumkin.
Biz xalqlarning o‘z taqdirini o‘zlari belgilashi prinsipini asosan
sotsializmga bo‘ysundiramiz va bu yo‘lda Qo‘qon muxtoriyati kabi to‘siqlar
revolutsiya bilan yo‘q qilib tashlanadi»
3
. Qarang, bu gaplar Lenin va
bolsheviklarning fikrini tasdiqlash emasmi?
Turkiston muxtoriyati tugatilishining asosiy sabablarini bolsheviklarning
milliy siyosatidan izlash kerak. Yuqorida keltirilgan dalillarga asoslansak,
bolsheviklarning Rossiya tarkibida yashagan xalqlarga haqiqiy milliy
mustaqillik berishni hech qachon istamaganligi ma’lum bo‘ladi. Xalqlarning
o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilashlari prinsipi bolsheviklarning muayyan
niyatlarini amalga oshirishlarida mahalliy mehnatkashlarni chalg‘itadigan
shior
vazifasini bajargan, xolos.
Oktabr qurolli to‘ntarishi Buxoro va Xiva xonligidagi vaziyatga ham
salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Buxoro va Xivaning mustaqilligi rasman tan olingan
bo‘lsa-da, V. I. Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hukumati doimo bu
1
Материалы
и
документы
I
съезда
Компартии
Туркестана
. –
С
. 19.
2
КПСС
в
резолюциях
...
Т
. 1. –
М
., 1983. –
С
. 503.
3
Материалы
и
документы
I
съезда
Компартии
Туркестана
. –
С
. 9.
140
hududlarni o‘z tasarrufiga olish niyatida bo‘lganligini juda ko‘p dalillar bilan
isbotlash mumkin.
Bu ikki davlat ilgari chor Rossiyasiga qaram bo‘lganligiga qaramay, u
bilan munosabatlarini muvofiqlashtirib, aksariyat paytda tinch va barqaror
siyosat olib borar edi. To‘ntarishdan keyin Rossiyada vujudga kelgan yangi
vaziyat Buxoro va Xivada asosli ravishda bu davlatga nisbatan ishonchsizlik
kayfiyatini uyg‘otdi. Shu bois, Buxoro va Xiva,
aholi turmush darajasining
pasayishi evaziga bo‘lsa-da, o‘z mudofaa qobiliyatini kuchaytirishga majbur
bo‘ldi.
Bundan tashqari, Rossiyada ishlatib kelinayotgan balandparvoz shiorlardan
ehtirosga berilgan ayrim siyosiy kuchlar, jumladan «Yosh buxoroliklar» va
«Yosh xivaliklar»ning so‘l qanotlari mamlakatdagi hokimiyatni qo‘lga olish
rejalarini tuza boshlaganligi ushbu davlatlardagi vaziyatning chigallashuviga
olib keldi. Bunday harakatlar ba’zan qonli to‘qnashuvlarga ham aylanib
ketdi.
Bunday vaziyat Rossiyaning bolshevik rahbarlariga qo‘l keldi. Ular oxir-
oqibat 1920 yilga kelib, o‘z ixtiyoridagi barcha vositalarni, xususan,
qurolli
kuchlarini ham ishlatib, bu ikki mamlakatda o‘ziga tobe bo‘lgan yangi
hukumat tuzishga erishdilar.
Shunday qilib, Turkiston, Buxoro va Xivada sovet hokimiyati majburan
o‘rnatildi. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin:
birinchidan, bolsheviklar o‘z maqsadlariga erishishda bir qancha
shiorlardan ustalik bilan foydalandilar, ya’ni xalqlarga – tinchlik, milliy
mustaqillik, ishchilarga – zavod-fabrikalar, dehqonlarga – yer, barchaga –
tenglik, ozodlik, baxtli kelajak va’da qildilar.
Bolsheviklarning soxta
shiorlariga mahalliy mehnatkashlarning, hatto ziyolilarning ham bir qismi
ishondi. Bir tomondan – chor samoderjaviyesi, ikkinchi tomondan – mahalliy
boylar va zodagonlar mehnatkashlarni ezganligini inkor etolmaymiz.
Munavvarqori Abdurashidxonov Turkistondagi voqelikni ta’riflab shunday
yozgan edi: «...Bu zamonda yuz yildan ziyodroq muqaddam zamondan
boshlab ohista-ohista millat devorlarining har tarafiga rahna paydo bo‘ldi.
Munga sabab ulamo va umarolarni(ng) o‘z nafslari rioyasida harakat
qilmoqlari bo‘ldi. Podshoh va xonlarimiz bo‘lsa, millatga qilgan xizmatlari
tanho xotin olmoq va kuchuk urushtirmoq va behaqqoniyat dindor kishilarni
badarg‘a qilmoq va o‘ldirmoq bo‘ldi.
Millat nima va shariat nima
bilmadilar»
1
. Shunday holatda qolgan mehnatkash xalq umid uchquni
beradigan har qanday va’daga ishonishi mumkin edi. Bunday vaziyatdan
bolsheviklar ustalik bilan foydalandilar;
ikkinchidan, bolsheviklar tajriba va qat’iy intizomga asoslangan kuchli
tashkilotga ega edilar, milliy siyosiy tashkilotlar esa faqat 1917 yilgi Fevral
inqilobidan keyingina tuzila boshladi. Ularning yetarli tajribasi yo‘q edi.
Bolsheviklar turli siyosiy kuchlarning kelishmovchiliklaridan o‘z manfaatlari
yo‘lida foydalandilar: kezi kelganda ba’zilari bilan kelishib, boshqalariga
qarshi kurashdilar, g‘alabaga
erishgach, vaqtinchalik ittifoqchilarini yo‘q
qildilar.
1
Шарқ
юлдузи
. – 1992. –
№
5. – 109-
б
.
141
Yana bir asosiy sabab bor. Ma’lumki, bolsheviklar hokimiyatni qo‘lga
kiritishda qurollangan, harbiy tajribaga ega bo‘lgan armiyani o‘z tarafiga
og‘dirib olib, uning katta kuchidan foydalangan edilar. Jangovar tayyorgarlik
ko‘rgan muntazam armiyaga ketmon va tayoq bilan qarshi chiqqan, bir
parcha yeriga qattiq bog‘langan dehqonni ko‘z oldingizga keltirsangiz,
g‘alaba qaysi tomonda bo‘lishi oldindan ayon bo‘ladi. Kuch ishlatish nafaqat
turmush tarzini, balki insonning ongini o‘zgartirishda ham qo‘llanildi.
Kommunistik mafkurani, sotsializm yaratish g‘oyasini qabul qilmagan
mahalliy xalq doimo tazyiq,
yer-suvini, mol-mulkini, o‘zining va oilasining
tinchini yo‘qotish xavfi ostida yashadi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, bugungi kunda mustaqillikka
erishgan respublikamizning kelajak ravnaqi xalqimizning o‘z tarixidan zarur
saboqni ola bilishida. Uning mohiyati turli tabaqa, turli millatga mansub
bo‘lgan xalqimizning mafkurasidan qat’i nazar, birligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: