Abulqosim Firdaysiyning hayoti va ijodi. Asosiy qism “Shohnoma” eng yirik epik asar



Download 37,34 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi37,34 Kb.
#736810
Bog'liq
Shohnoma КОМИЛА


Shohnoma” mundarijasi, uning o’zbek adabiyotiga ta’siri.


Reja:
Kirish

  1. Abulqosim Firdaysiyning hayoti va ijodi.

Asosiy qism
1.“Shohnoma” - eng yirik epik asar.
2. “Shohnoma”da voqealar tasviri.
3. “Shohnoma” asarida bosh qahramonlar obrazlari
Xulosa

  1. Shohnoma” – o’lmas durdona.

Abulqosim Firdavsiy nomi jahonga mashhur bo’lib,Sharqda ming yildan beri kishilar zavqi shavqini qo’zg’ab kelmoqda. Abulqosim Firdavsiyi Tusiy, (taxminan 934—yilda Tus hozirda Firdavs shoirning nomi bilan atalgan shahrida tavallud topgan — 1030—yilda vafot etgan) — forstojik shoiri va mutafakkiri. Tus va Nishopur shaharlaridagi madrasalarda tahsil olgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini egallab, arab va pahlaviy tillarini chuqur oʻrgangan. Oʻz davrining qomusiy olimi boʻlib yetishgani uchun ham uni hakim deb ulugʻlashgan. U Eron, Turon, Yunon va Hindiston olimlarining turli sohadagi asarlaridan yaxshi xabardor boʻlgan. Firdavsiy yoshligidanoq sheʼrlar mashq qila boshlagan. Bu haqda maʼlumotlar boʻlsada, sheʼrlarining oʻzi yetib kelmagan. Uning "Yusuf va Zulayho" nomli doston yozganligi xam haligacha munozarali. Firdavsiy otasidan qolgan yerda dehqonchilik qilib kun kechirgan. “Uning ota-bobolari yer-suvini yo’qotib,kambag’allashib qolgan dehqonlardan edilar”( Sh.Shomuhammedov.Shoh kitob.”Shohnoma” asariga so’z boshi.T.1975).Firdavsiy iqtisodiy qudrati bilan mamlakatda siyosiy mavqyeni qo’ldan bergan zodagonlar tabaqasining vakili edi.


Somoniylar saltanatining inqirozga yo’z tutgan davri haqida Firdavsiy shunday yozadi:
Zamona sarosar chunon jang edi,
Toju taxt deganga jahon tang edi.
Bir tomondan Somoniylar davlatining ichki qarama-qarshiliklari kuchaygan bo’lsa, ikkinchi tomondan dehqonchilik mulklariga ko’chmanchilar hujumi avj olgan edi. Ko’p yillik harbiy xizmatni o’tagan shoir xalq og’zaki ijodini ham chuqur o’rgandi. .”Shohnoma” asarini 35 yil davomida yozadi. Lekin tortiq etishga munosib kishi topa olmaydi. So’ng G’aznada o’z saroyiga olimlar va adiblarni to’playotgan Mahmud G’aznaviyni tanlaydi, shohga bag’ishlov yozib, dostonni taqdim etadi.

Ulug’ shoir butun umrini sarflab yozgan shoh asarning qadriga yetmagan mahmud G’aznaviy va’da qilingan oltinlar o’rniga kumush tangalar beradi. Bundan g’azablangan shoir shohni pastkashlikda ayblab, hajviya yozadi.Mahmud in’om etgan tangalarni shoir sharbat sotuvchiga, hammom xodimiga bo’lib beradi. Rivoyatga ko’ra shoh uni fil oyog’i ostiga tashlash haqida farmon beradi, lekin Fidavsiy uzoq yurtlarga qochib ketadi. Keksalik chog’ida ham quvg’inda yurib azob chekadi. Shohlar nomini tilga olmaslikka qasam ichib, “Yusuf va Zulayho” dostonini yozadi. Vataniga qaytish orzusi bilan yashagan, 80 dan oshib qolgan horg’in shoir Bog’dodda yashar edi. Qur’ondan olingan syujet asosida bu dostonni yozishga majbur bo’lganini ta’kidlab o’tadi. Keksa shoir umrining oxirida o’z vataniga kelib Tusda vafot etadi. Lekin ruhoniylar uni shakkoklikda ayblab, musulmonlar mozoriga uning xokini qo’yishga joy bermaydilar. 1025-yili Firdavsiyning jasadi otasidan qolgan bog’ning bir chekkasiga dafn etildi. Shoir jasadi otasidan qolgan bogʻning bir chekkasiga koʻmilgan. 1934 yilda Firdavsiy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan shoir qabri ustiga maqbara qurilgan va u shoir muxlislarining muqaddas ziyoratgoqiga aylangan.

Abulqosim Firdavsiydan bizgacha to’rt ming yillik tarixni o’z ichiga olgan “Shohnoma” asari va Qur’on qissalari asosida yozilgan “Yusuf va Zulayho” dostoni yetib kelgan. Shoirning hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar juda kam. Oltmish ming baytni o’z ichiga olgan “Shohnoma” ni yozishda shoir o’z oldiga O’rta Osiyo, Eron xalqlari eposini chuqur o’rganib, to’rt ming yillik afsonaviy va haqiqiy tarixni o’zida mujassamlashtirgan asar yaratishni maqsad qilib qo’ygan edi. Firdavsiy bu vazifani san’atkorlarga xos istedod bilan bajarib, shoh asar yaratdi. Ulug’ nemis shoiri Gyote: “Firdavsiy Eronning afsonaviy va tarixiy o’tmishini yozgach, keyingi avlodlarga umumiy gap va ba’zi talqinlardan boshqa hech narsa qolmadi ”,-deb qayd qilib o’tadi o’zining “G’arbi-sharqiy devon”iga yozgan sharhlarida.
“Shohnoma” tadqiqotchilaridan prof.E.E.Bertels ko’rsatganidek, “X-XI asr boshlaridagi poeziya qanchalik porloq bo’lmasin, u genial shoir Firdavsiyning “Shohnoma” dostoni oldida xiralashib qoladi”.
Bu ulkan dostonning ufqi shunday keng, tubi shu darajada chuqurki, uning boyligini, butun javohirini ta’riflab berolgani yo’q.
Eron qahramonlik eposini bir kitobga yig’ish an’anasi Sosoniylar hukumronligi davri III-VII asrlarda vujudga kelgan. X asrda O’rta Osiyo va Xuroson qahramonlik eposi rivoyatlari to’planib, fors tilida kitob qilingan.
Abul Muayyad Balxiy (X asr) tomonidan yaratilgan, to’rt olim tomonidan yozilib “Shohnomai mansuri” nomi bilan mashhur bo’lgan (957-yilda) nasriy shohnomalar va Abu Ali Muhmmad ibn Ahmad Balxiy va Masudi Marvaziylarning she’riy “Shohnoma”si (966-yildan oldin yaratilgan) haqida ma’lumotlar bor. Ammo ular bizgacha yetib kelmagan. 977-yilda o’ldirilgan Abu Mansur Daqiqiy “Shohnoma”si bizgacha yetib kelgan. Chunki Daqiqiy yozib ulgurgan ming baytni Firdavsiy o’z asariga kiritgan edi.
“Shohnoma”, buyuk fors-tojik shoiri Abulqosim Firdavsiyning shoh asari. “Shohnoma” qadimgi shohlar haqidagi rivoyat, afsonaviy va epik dostonlardan iborat kitoblar nomi. Firdavsiy "Shohnoma" asarini Soʻgʻdda va Sosoniylar imperiyasi davrida mavjud bolgan rivoyatlar asosida qayta ishlangan. Eron va Turon xalqlarining qariyb 3 ming yillik tarixi yuksak mahorat bilan qalamga olingan "Shohnoma" ustida Firdavsiy 30 yildan ortiq mehnat qilgan. Tadqiqotchilar asarni 3 qismga boʻladilar: 1-boʻlimda eng qad. afsonalar qayta ishlanib, nazm ipiga terilgan boʻlsa, 2- boʻlimda xalq qahramonlari haqidagi rivoyatu qissalar badiiy talqin qilinadi. 3-boʻlimda tarixiy shoxlar hayoti tasvirlangan. "Shohnoma" eng qad. davrlardan boshlanib, sosoniylar shohi Yazdigard III davrida arablarning Eronga bostirib kirishi bilan yakunlanadi. "Shohnoma" hajmi (60 ming baytni oʻz ichiga oladi), mavzu koʻlami, obrazlar olami, qahramonlarning koʻp va xilma-xilligi, gʻoyaviy motivlari va koʻtarilgan masalalar jihatidan jahon adabiyotidagi eng katta epik asar. 100 dan ortiq dostonlardan tashkil topgan bu asarda mingdan ziyod katta-kichik personajlar ishtirok etadi.

"Shohnoma" garchi shohlar kitobi deb atalib, 50 podshohlikdan iborat 4 sulolaning tarixi ni tadrijiy ravishda yoritgan boʻlsada, barcha kurashlar va qahramonliklar xalq ichidan chiqqan bahodirlar tomonidan amalga oshirilgan. Asarda Vatan va xalq yoʻlida jonini tikkan yuzlab fidoyi qahramonlar obrazi yaratilgan. Podshohlar bahonasida xalq, uning tarixi, qadriyatlari, qahramonliklari ulugʻlangan. Ayni jihatdan "Shohnoma" — xalq zakovati va jasoratiga qoʻyilgan oʻziga xos nazmiy haykal.


“Shohnoma»da tasvir etilgan voqealar eramizgacha bo’lgan 3223-yildan boshlanadi va 4 sulola tarixini o’z ichiga oladi. Bu sulolalar quyidagilardir:
a) peshdodiylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 3223-782-yillar;
b) kayoniylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 782-50-yillar;
v) ashkoniylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 50-yildan eramizning 150-yiliga qadar;
g) somoniylar sulolasi - eramizning 150-651-yillari.
«Shohnoma» ana shu to’rt sulolaga mansub bahodirlar va podshohlar haqidagi qahramonlik va ishqiy-romantik dostonlar sflsilasidan iborat bo’lib, ularda ta’limiy-axloqiy mazmundagi lavhalar, pand-nasihatlar, lirik she’rlar va boshqalar ham bor.
“Shohnoma”dagi eng rang-barang obraz, shubhasiz, Kay-Kavusning o‘g‘li Siyovushdir. U haqidagi rivoyat oʻziga xos janr xususiyatiga ega boʻlib, “Shohnoma”da kam uchraydigan lirik-epik janrga mansubdir. Firdavsiy dostonidagi real-tarixiy voqea arshakiylar (parfiyalar) davridan boshlanib, Eron davlatchiligining qulashi va sosoniylar sulolasining so‘nggi vakilining vafoti bilan tugaydi. Eron dostonining bosqichma-bosqich rivojlanish tendentsiyasi “Shohnoma”ning keyingi boblarida ham davom etib, unda tarixiy voqealar, masalan, Makedoniyalik Iskandar, Parfiya hukmdorlari, Sosoniylar va boshqalar haqida hikoya qilinadi.Bu bosqichda , afsonalardan xalos boʻlgan doston juda koʻp yilnomaviy materiallarni oʻziga singdiradi.

"Shohnoma"ning asosiy gʻoyasi — vatanni ulugʻlash, xalq qudrati va zakovatini koʻzkoʻz qilish, va shu orqali ularni birgalikka, markazlashgan davlat qurishga chaqirish, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va tinchliksevarlikni madh etish, ezgulik, olijanoblik, halollik, mardlik, mehnatni tarannum etib, qonli urushlar, yovuzlik, jabru zulm, adolatsizlik, munofiqlikni qoralashdan iborat. "Shohnoma"dagi Rustam, Suhrob, Siyovush, Bijan, Zoli Zar, Sudoba, Gudarz, Gev, Tuye, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari qahramonlar yer yuzida adolat tantanasi uchun kurashadilar. "Zol va Sudoba", "Bijan va Manija" dostonlarida chinakam baynalmilallik gʻoyalari ilgari surilgan. "Isfandiyor", "Shogʻod", "Oʻn ikki muhoraba" dostonlarida esa mamlakatning yaxlitligiga raxna soluvchi, urush olovini yoquvchi zolim va fitnachi shohu sarkardalar keskin qoralanadi. "Siyovush" dostonida urush va tinchlik masalasi badiiy talqin qilinadi.

"Shohnoma" chinakam xalq kitobiga aylanib, xalq orasida keng tarkalgandan soʻng muayyan oʻzgarishlarga ham uchragan. Shuning uchun temuriy shahzodalardan Boysunqur Mirzo uning 40 dan ortiq nusxalarini oʻzaro qiyoslab, mukammal matnini tuzdirgan.

Fanda "Shohnoma"ning temuriyzoda Boysunqur nusxasi sifatida mashhur bu matn asarning ishonchli nusxalaridan biri hisoblanadi. "Shohnoma"ning tanqidiy matnlari ichida eng moʻʼtabari Ye.E.Bertels va Abdulhusayn Noʻshin taxriri osida SSSR FA Sharqshunoslik instituti jamoasi tomonidan tayyorlangan 9 jildlikdir.


Sharq mamlakatlarida shohnomaxonlik bir anʼana tusini olgan. Firdavsiy qahramonlari oʻzbek xalqi orasida ham qadimdan mashhur. "Kitobi Jamshid", "Kitobi podshoh Afrosiyob", "Shoh Tahmurasp" nomli xalq kitoblari, "Rustam va Suhrob", "Doro va Iskandarbek" kabi xalq ertaklarida "Shohnoma" taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanadi.

"Shohnoma" dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan. Jumladan, 13-asr boshida arab, 15—16-asrlarda turk va gurji, 19-asrda esa fransuz, ingliz, nemis, italyan va rus tillariga oʻgirildi. "Shohnoma" oʻzbekchaga Shoh Hijron, Xomushiy (18-asr), Nurmuhammad Buxoriy, Ochildimurod Miriy (19-asr), Sh. Shomuhamedov, Hamid Gʻulom, Nazarmat, J. Jabborov (20-asr)lar tomonidan tarjima qilingan boʻlsada, bu tarjimalarning birortasi toʻliq emas. "Shohnoma" syujetlari asosida "Zahhoki Moron", "Siyovush", "Rustam va Suhrob", "Faridun" singari sahna asarlari yaratilgan.

Taxminan 963 - yil Abd al-Muayyad Balxiy nasriy "Shohnoma" yozgan. U bilan ayni vaqtda Masʼud Marvaziy va Abu Ali Balxiylar "Shohnoma" bitganlar. Balxiy asarida Firdavsiy "Shohnoma"sida tilga olinmagan Narimon, Som, Ogʻush, Vahodan, Kayshikan nomlari bilan bogʻliq lavhalar mavjud boʻlgan. Marvaziy oʻz "Shohnoma" sini birinchi odam va birinchi podshoh Kayumarsdan boshlab, somoniylar davlatining oxirgi davri tasviri bilan tugallaydi. Bu borada toʻplangan katta tajriba va yigʻilgan salmoqli material asosida somoniy hukmdorlar buyrugʻi va homiyligida Abu Mansur Daqiqiy nazmiy "Shohnoma"ga qoʻl urgan. Biroq u Zardusht, Gushtasp va Arjasp dostonlarini — jami 1000 bayt yozgan-da, fojiali ravishda oʻldirilgan.

Daqiqiy boshlagan ishni Abulqosim Firdavsiy nihoyasiga yetkazgan: 50 podshohlikdan iborat, 4 ta sulola misolida Eron va Turon xalqlarining qariyb toʻrt ming yillik tarixi yuksak mahorat bilan qalamga olingan 60 ming bayt (120000 misra)dan iborat muazzam "Shohnoma" ustida u 30 yildan ortiq vaqt ishlagan. U eng qadimgi davrlardan boshlanib, sosoniylar shohi Yazdigard III davrida arablarning Eronga bostirib kirishi bilan yakunlangan. Firdavsiy "Shohnoma"-si oʻzidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan, unga javoban koʻplab "Shohnoma"-lar yozilib, oʻziga xos shohnomanavislik anʼanasi vujudga kelgan. Bu anʼanani Asadiy Tusiy boshlab bergan: u 1066 yilda 145 bob, 9000 baytdan iborat "Gershaspnoma" dostonini yaratgan. qadimiy Eronning afsonaviy qahramoni boʻlgan Gershasp Jamshidning 6 - avlodi, Firdavsiy qahramoni Rustamning katta bobosidir. Firdavsiy "Shohnoma"-sida Gershasp haqida batafsil toʻxtalmagani uchun Asadiy Tusiy uning faoliyatini keng yoritishni maqsad qilgan.

Firdavsiy vafotidan soʻng, "Shohnoma" jiddiy oʻzgarishlar va buzilishlarga duch keldi.[1] Bizgacha etib kelgan fors tilidagi eng qadimgi Shohnoma roʻyxati 1276-1277 yillarga toʻgʻri keladi. Shunday qilib, u Firdavsiy vafotidan 250 yil oʻtgach tuzilgan.[2]
"Shohnoma" taʼsirida bir necha tarixiy va tasavvufiy dostonlar ham yaratilgan: "Iskandarnoma"lar, mutasavvif shoirlar yozgan pandnoma dostonlar, "Shahanshohnoma" nomlari bilan ijod qilingan asarlar shular jumlasidandir. Faqat Hamdulloh Mustavfiy Qazviniyning "Zafarnoma" kitobi "Shohnoma"ning davomi boʻlib, 1335 yilgacha boʻlgan tarixiy voqealarni oʻz ichiga oladi. Sohib nomli shoir ham 1320 yilda yozilgan "Daftari dilkusho" asarida "Shohnoma"-ni davom ettirgan. Badriddin Chochiy ham 35 ming baytdan iborat "Shohnoma" yozgan boʻlsada, u hali topilgan emas. Turk shoiri Uzun Firdavsiy ham Boyazidga atab "Shohnoma" yozgan. Lekin sulton shoirga dostonini ixchamlashtirishni buyurganidan achchiqlanib, unga qarshi hajviya yozib, Xurosonga qochib ketadi.
Bagʻishlovni hisobga olmaganda, Firdavsiy "Shohnoma"-sida islom dinining taʼsiri deyarli yoʻq. Holbuki, unga ergashib yozilgan "Shohnoma"-larda mualliflarning musulmon ekanligi yaqqol sezilib turadi, baʼzi dostonlarda bahodirlar hatto islom dini uchun kurashchilar sifatida tasvirlanadi. Safaviylar davrida yozilgan "Hovaronnoma"da shialik mazhabi uchun kurash asosiy oʻrinni egallaydi va hatto bosh qahramon oʻrnini Hazrat Ali egallaydi. Bundan tashqari, bu dostonlarning barchasi uchun xos xususiyat ularda pand-nasihat motivining ustunligidir. "Gershaspnoma"ning ham uchdan bir qismini pand-nasihat tashkil etadi. Bu asarlarning birortasi gʻoyaviy-badiiy jihatdan Firdavsiy "Shohnoma"-si darajasiga koʻtarila olmagan, adabiyot taraqqiyotida ham sezilarli rol oʻynamagan.
Shohnoma» ana shu to’rt sulolaga mansub bahodirlar va podshohlar haqidagi qahramonlik va ishqiy-romantik dostonlar sflsilasidan iborat bo’lib, ularda ta’limiy-axloqiy mazmundagi lavhalar, pand-nasihatlar, lirik she’rlar va boshqalar ham bor.
«Shohnoma», kompozitsion qurilishiga ko’ra, turli hajmdagi 50 ta podshohlikning tasvir va tavsifidan iborat. Ayrim podshohliklarning tasviriga esa, o’z navbatida, yana bir necha dostonlar bag’ishlangan.

«Shohnoma» shartli ravishda uch qismga bo’linadi: 1) mifologik, 2) qahramonlik va 3) tarixiy qismlar. Agar mifologik qismga «Avesto»da qayd etilgan qadimgi miflar va kosmogonik tasawurlar aks etgan asarlar kirsa, qahramonlik qismini bahodirlar haqidagi Eron rivoyatlari tashkil etadi. Bu turkumdagi asarlar markazini Rustam obrazi egallaydi. Shu bilan birga Siyovush, Isfandiyor, Iskandar, Bahrom Go’r obrazlari ham shu turkumdagi dostonlarning g’oyaviy yo’nalishini belgilab keladi.

Firdavsiy «Shohnoma»si Sharq adabiyotida xamsachilik an’analarining paydo bo’lishi va shakllanishida muhim ahamiyatga molik bo’ldi. Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Navoiy xamsalaridagi ayrim sujet chiziqlari va qahramonlar Firdavsiy •«Shohnoma»sidan o’sib-unib chiqqan. Ana shunday qahramonlardan biri Iskandardir. Navoiy, Firdavsiydan farqli o’laroq, Iskandarni to’Ia-to’kis ijobiy I qahramon darajasiga ko’tarib, u orqali o’z idealidagi odil podshoh obrazini yaratgan.

«Shohnoma»dagi pahlavonlar, shohlar, amaldorlar, lashkarboshilar, olimlar, san’atkoriar, hunarmandlar, dehqonlardan iborat bir necha yuz personajlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

a) mifologik obrazlar: Kayumars, Hushang, Tahmuras, Jamshid va boshqalar.

b) afsonaviy qahramonlar: Som, Narimon, Zol, Rustam, Gev, Bijon va •boshqalar.

v) tarixiy personajlar Iskandar, Bahrom Go’r, Mazdak, Anushirvon, Xusrav Parviz va boshqalar.

«Shohnoma»dagi afsonaviy qahramonlar orasida Rustam bilan birga Kova : obrazlari alohida ahamiyatga molik.

Ahrimanning fitnasi bilan saltanatni egallab, ming yil davomida toj egasi bo’lgan Zahhok mamlakat ahlini qon qaqshatib, yelkasidan o’sib chiqqan ilonlarni ularning miyasi bilan parvarish etadi. Temirchi Kova mamlakatda adolat daraxti qurigan va zulm-zo’ravonlik avjga chiqqan bir zamonda bedodlikka qarshi bosh ko’taradi. U ofat va falokat, zulm va o’lim timsoli bo’lgan Zahhokka qarshi sabr kosasi to’lgan xalq ommasini yetaklaydi va xalq qo’zg’oloniga rahbarlik qiladi. Uning peshbandi xalq qo’zg’olonining bayrog’iga, zulmga qarshi ko’tarilgan qutlug’ harakatning ramziga aylanadi. Natijada xalq ommasining junbishga kelgan to’lqini Zahhok va uning saltanatini yemirib tashlaydi.

Ammo Firdavsiy tasavvurida yangi barpo etilajak mamlakatga temirchi Kovaning rahbarlik qilishi g’ayri tabiiy edi. Shuning uchun ham u Zahhokning o’rniga Jamshidning o’g’li Faridunning saltanat sohibi bo’lgani va uning podshohlik davrida elu yurtda adolat tantana qilganini tasvirlashga alohida e’tibor beradi. Shu tarzda Faridun «Shohnoma»da odil podshoh sifatida talqin etiladi.


«Shohnoma» jahon adabiyotining muhtasham obidalaridan biridir. Asar boshidan oxiriga qadar aruzning mutaqorib bahri (faulo’n faulo’n faulo’n faul) da yozilgan. Firdavsiydan keyin qahramonlik dostonlarini aruzning shu bahrida yozish Sharq adabiyotida an’ana darajasiga ko’tarildi. Nizomiy Ganjaviy «Iskandarnoma», Xusrav Dehlaviy «Oinai Iskandariy», Abdurahmon Jomiy esa «Xiradnomai Iskandar» («Iskandarning donishmandligi nomasi») dostonlarini shu bahrda yozganlar. «Shohnoma»ning masnaviy yo’lidagi qofiya tizimi ham Sharq dostonchiligida barqarorlashgan.

O’zbek xalqi «Shohnoma» va uning muallifi Firdavsiyni uzoq zamonlardan beri e’zozlab keladi. Asar asliyati va turli tarjimalari xalqimiz tomonidan sevib o’qib kelinadi. U ilk bor 1682-yilda Mulla Xomush oxun - Xomushiy tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. Oradan bir qancha vaqt o’tgach, Mulla Nodir Muhammad Buxoriy «Shohnoma»ning o’zbekcha nasriy variantini yaratgan.


Fidavsiy “Shohnoma”si o’lmas durdona ekanligining yana bir sababi, uning xalqchilligidadir. Garchi “Shohlar haqida” kitob bo’lsa ham , xalqning orzu- armonlarini ifodalaydi. “Shohnoma”da tasvirlangan 50 shohning ba’zilariga minglab bayt, ba’zilariga 10-20 bayt bag’ishlanadi. Doston “Shohnoma” uchun qonunlashtirilgan bo’lib, har bir shohlik davrining tavsifi debocha, asosiy qism va xotimadan iborat. Rustam , Suxrob, Kova, Isfandiyor, Bahrom, Siyovush,Mazdak va boshqalar asarning qahramonlaridir.

“Shohnoma”da bosh qahramon Seyistonlik bahodir Rustami dostondir. Rustam mashhur Eron pahlavoni , harbiy kuchlarning tayanchi, yengilmas va mag’rur bahodir, o’z yurtiga, shohiga sadoqatli. Asarning bosh g’oyasi –vatanni ulug’lash, xalq qudratini ko’z-ko’z qilishdir.


XVII asr boshlarida “Shohnoma”dan olingan “Siyovush” dostoni o’zbekchaga tarjima qilingan. XVIII asrda esa bu kitob Shoh Hijron, Mulla Xomumiy, Nurmuhammad Bahodiriylar tomonidan tarjima qilingan. Prof. Sh.Shomuhammedov “Shohnoma”ni o’zbekchaga mukammal tarjima qilgan. Fors-tojik shoiri Tusiy (XI asr) “Gershaspnoma” asarini, Lutfiy (XV asr) “Zafarnoma” asarini “Shohnoma”dan ilhomlanib yozgan.
“Shohnoma” mutaqorib bahrining maxzuf va maqsur tarmog’ida yozilgan. Uning ruknlari faulun, faulun, faulun, faul yoki fauul (V — — V — — V — — (yoki V — )) deb belgilangan. “Shohnoma” vaznini xalq og’zaki ijodida 11 lik barmoqda ijro etilayotgan vaznda yaratilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Firdavsiyning ulkan “Shohnoma” dostoni avlodlar xotirasida mangu yashaydi. Chunki shoir insonni, butun mavjudotni eng barkamoli, taraqqiyot cho’qqisi deb ta’riflaydi.
Zanjirning oxirgi xalqasi inson,
U – kalit, bandlarni ochadi oson.
Sarvdek tik, boshini ko’tarmish mag’rur,
Borlig’i – yaxshi so’z, ruhu tafakkur.
Aql birla idrok faqat unga yor,
Butun tilsiz olam farmoniga zor.

Adabiyotlar:


1.O’zbek adabiyoti tarixi.Besh tomlik,1-tom,T.1977
2.Shomuhammedov Sh.Fidavsiy “Shohnoma”sidan.T.1979
3.Abulqosim Firdavsiy.Shohnoma.1-kitob.T.1975
4. Shomuhammedov Sh.Xazinalar jilosi.T.1981
5. Shomuhammedov Sh.Insoniylik-adabiylik yalovi.T.1974
6.Mallayev N.Abulqosim Firdavsiy.T.1962
7. Shomuhammedov Sh .Fors-tojik adabiyoti mumtoz namoyandalari.T.1963 8. www.hozir.org
Download 37,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish