URDU FILOLOGIYA FAKULTETI 204-GURUH TALABASI DAVLATBOYEVA MARDONANING TAQDIMOT ISHI MAVZU: MUSULMON ADABIYOTINING G‘OYAVIY MOTIVLARI REJA: 1.Musulmon adabiyoti haqida 2.Musulmon adabiyotining o‘ziga xosligi. 3.Musulmon adabiyoti g‘oyasi MUSULMON ADABIYOTI Musulmon adabiyoti bevosita Islom dinining vujudga kelishi bilan chambarchas bog‘liq.Islom dinining vujudga kelishi dastlab sheriyat taraqqiyotiga salbiy tasir otkazdi. Zero, ilk musulmonlar poeziyani “johiliya" davri qabilalariga xos bolgan qabilaviy fidoiylikni ifoda etuvchi vosita deb hisoblagan edilar.
. Malumki, islomgacha bolgan arab madaniyatida xalq ogzaki ijodi katta orin egallaydi. Zero, o‘sha davr asarlari faqat yod olinar va og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga yetkazilar edi. Bunda yuksak qobiliyat sohiblari bolgan shoirlar alohida o‘rin tutgan. Ular qabilani maqtab she‘r yozish bilan birga qabila tarixini xotiralarida saqlab qolishardi. Shoirlar qabila ahlini o‘tmish bilan bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘tashgan. Qabila ahlini toplagan bayramlarda asosan she‘rxonlik qilinardi.
Qur'on yagona arab tilining shakllanishini jadallashtirdi va ko‘plab mamlakatlarga yoyilishida muhim o‘rin egalladi. Qur'on va hadislar arab tiliga ham diniy, ham huquqiy atamalarni olib kirdi. Chunki Qur'on faqatgina musulmonlarning muqaddas kitobi bolib qolmay, barcha qonunlar qomusi, musulmon huquqshunosligi (fiqh)ning asosi edi.
Musulmon dunyosi adabiyotida ramziylik anʼanasi Qurʼoni karimga borib taqaladi. Hali tasavvuf adabiyoti oʻz takomiliga yetmasdan, yaʼni X asrdayoq Ibn Sinoning asarlari Qurʼoni karim uslubida majoziy til bilan yozilishining oʻzi musulmon Sharqi adabiyotida obrazli fikrlash va soʻzlashning oʻrni nechogʻlik ahamiyatli boʻlganligini koʻrsatib beradi. Biroq Ibn Sinoning “Hayy ibn Yaqzon” (“Uygʻoq oʻgʻli Tirik”) va “Tayr qissasi” (“Qush qissasi”), “Salomon va Ibsol” kabi falsafiy qissalari zohiran sharqona qissalar esa-da, botinan yunon falsafiy tafakkuri taʼsirida edi.
Musulmonlar adabiyotida ustuvorrlik qilgan she'riyatning rivojlanishida sufiylik katta ro‘l o‘ynaydi.Sufiylar o‘zlarining chuqur hissiy-ruhiy holatlari, Yaratuvchiga bo‘lgan e'tiqodini tinglovchilarga yetkazish, individuoal ta'sir etish mahoratini namoyish etadilar. Islom tadqiqotchilaridan bo‘lgan G.Gryunbaumning ta'kidlashicha, tahliliy, majoziy boy ifoda vositalariga ega bo‘lgan mukammal ifoda shakli, chuqur mazmun uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan takbir imkoniyatlarini musulmon madaniyati doirasi , hatto undan tashqarida topish mumkin emas.
Arab tili grammatikasi va adabiyotining rivojlanishida musulmonlarning muqaddas kitobi Quroni Karimning o'rni beqiyosdir. Qur'on ilmlari rivojlanishi jarayonida aniq grammatik qoidalarga nisbatan paydo bolgan ehtiyoj bu sohaning taraqqiy etishiga turtki boldi. Faqat arab tilida emas, balki islom tarqalgan mamlakatlar xalqlarining tillarida yaratilgan asarlarda ham Qur'ondan olingan iqtibos, ibora, hikoyat, zarbulmasallarni uchratish mumkin. Qur'on musulmon xalqlar hayoti, tarixi, ilmi, adabiyoti, turmush tarzi, qonun-qoidalari, urf-odatlari va dunyoqarashlarida o'zining salmoqli ta`siriga ega.
Musulmon adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillari ichida Abu Homid Muhammad G‘azzoliyning o‘rni beqiyos.
Gʻazzoliyning ilmiy asarlarida obrazli fikrlash, timsollar tili bilan soʻzlash unsurlarini koʻplab uchratishimiz mumkin. Imom Gʻazzoliy Ibn Sinoning “Tayr qissasi”ga raddiya-javob tarzida bitgan “Risolat ut-tayr” asari ham shu uslubda yozilgan.
Qushlar timsoli boshqa koʻpgina xalqlardagi singari turkiy xalqlar mifologiyasida ham ilohiy olam bilan muloqot qiluvchi vosita sifatida ifodalangan. Odam oʻlganidan keyin yoki uyqusida ruhi qushga aylanib uchib ketishi haqidagi tasavvurlar xalq odatlari va folklorda, ertaklarda oʻz aksini topgan.
Ibn Sino “Tayr” qissasida mana shu kabi xalq folklori motivlaridan taʼsirlangan holda insonlarning ruhlarini qushlar shaklida tasvirlaydi. Bu ifoda uning tibbiyotdagi bilimlariga ham asoslangan boʻlishi mumkin. Zero, zamonaviy tibbiyot ham inson ruhining oʻlimdan keyin qush kabi parvoz qilishi fikrini ilgari suradi.
Haqiqatan ham xalqimizning eng qadimgi animistik tasavvurlariga qaraganda, odamning joni qush yoki chivin koʻrinishiga inish xususiyatiga ega emish. Bu kabi tasavvurlar yozma adabiyotga taʼsir qilmay qolmadi, albatta.
Ibn Sino “Tayr” qissasida mana shu kabi xalq folklori motivlaridan taʼsirlangan holda insonlarning ruhlarini qushlar shaklida tasvirlaydi. Bu ifoda uning tibbiyotdagi bilimlariga ham asoslangan boʻlishi mumkin. Zero, zamonaviy tibbiyot ham inson ruhining oʻlimdan keyin qush kabi parvoz qilishi fikrini ilgari suradi.
Bizningcha, ushbu qissaning toʻliq va aniq izohini Ibn Sinoning diniy, ilmiy va falsafiy qarashlaridan izlash kerak. Demak, yunon falsafasining Ibn Sino ilmiy dunyoqarashiga taʼsiridan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosa chiqarishimiz mumkin: qissadagi qushlar – insonlarning ruhlari, ularning Podshoh oldiga borishi – Tangri sari safari yoki koʻngil (qushi)ning Robbisiga iltijosi desak, toʻgʻriroq boʻladi.
Asar syujetidagi qushlarning safari Qurʼoni karimdagi “Al-Isro” surasi va meʼroj haqidagi hadislar asosida yaratilgan. Undagi qushlar oshib oʻtgan vodiylar – paygʻambarimiz meʼroj kechasi bosib oʻtgan osmonning sakkizta qavatiga ishoradir. Undan keyingi seroʻt, sersuv vodiy – jannatga, keyingi ikki saroy – malakut va jabarut olamlariga muqoyasa qilinadi.
Tasavvuf adabiyotining bu davrdagi vakili, Ibn Sinoning kichik zamondoshi Abu Homid Muhammad Gʻazzoliydir. Uni tasavvuf olamida ham islohotchi sifatida bilishadi. Sababi, u tasavvuf falsafasini islom dinining kalom va tafsir ilmlari bilan yaqinlashtirdi.
Adabiyotshunos olim Sh. Sharipovning fikricha, “… uning (Gʻazzoliyning ) “Risolat ut-tayr” asari oʻz gʻoyaviy mazmuni bilan va falsafiy konsepsiyasi jihatidan Ibn Sinoning shu nomli risolasida ilgari surgan fikrlariga zid boʻlib, unga raddiya sifatida vujudga kelgan
Gʻazzoliyning asarida esa qushlar podshohning oʻzini talab qilib boradilar. Demak, Gʻazzoliy bu asarda tasavvufiy fikrni – qushlar – insonlarning ruhlari Oʻz podshohi (Olloh)ga intilishi kerak, Uni izlab, tasavvuf vodiylari uzra safar qilmoqlari lozim, degan fikrni ilgari suradi.
Ibn Sino “Tayr qissasi”ni qamoqda shogirdlariga yuborgan noma tarkibida bitgan. U bu risolalarni faqat shogirdlari va yaqin kishilari uchun yozgan boʻlib, uni omma tushunishini zarur, deb hisoblamagan. Ibn Sinoning bu falsafiy risolalarida ramziy timsollar, asosan, muallif fikrini “yomon koʻzdan” yashirish uchun xizmat qiladi. Imom Gʻazzoliyning asarlarida esa timsollar, askincha, oʻquvchining asarni yaxshiroq tushunishi uchun xizmat qilgan.
Doston soʻnggida yetti vodiy aro oʻzlarini poklab, kamolotga erishgan oʻttiz qush Semurgʻ oʻzlari ekanliklarini anglab yetadilar. Attorning ushbu asari oʻzining ulugʻvor gʻoya va mazmuni, badiiy va falsafiy qudrati bilan nafaqat oddiy kitobxonlarning, balki koʻpgina ulugʻ ijodkorlarning yuraklariga choʻgʻ tashlaydi. Ulkan shoir Gulshahriy unga javoban birinchi marta turkiy tilda “Mantiq ut-tayr” dostonini bitadi. Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni esa bunday javoblarning eng mukammali sanaladi.
Musulmon adabiyotining g‘oyaviy motivlarini yuqoridagi asarlardan ham anglab olishimiz mumkin.Musulmon adabiyotining eng muhim g‘oyasi -bu Haqqa yetishmoqlikdir.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |