O‘zbekiston tarixi


Sovetlarning shovinistik siyosatiga ommaviy qarshilikning vujudga kelishi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

2. Sovetlarning shovinistik siyosatiga ommaviy qarshilikning vujudga kelishi 
va uning oqibatlari 
Turkistonda sovetlar hokimiyatining majburlab o‘rnatilishi va Turkiston 
muxtoriyatining qurolli kuchlarni ishlatib, xunrezlik yo‘li bilan yo‘q qilinishi 
hududda yangi hokimiyatga ommaviy qarshilik harakatining avj olishiga 
turtki bo‘ldi. Qarshilik harakatining tarkibiy qismlarini Rossiya 
ma’muriyatining hokimiyatdan majburlab chetlatilgan va o‘z mavqeini qayta 
tiklashga harakat qilayotgan vakillari; yangi hokimiyatda yetakchi o‘rinni 
egallash uchun intilayotgan menshevik, eser va boshqa rusiyzabon siyosiy 
kuchlar hamda ularning xayrixohlari; nihoyat, o‘z ozodligi, juda 
bo‘lmaganda, milliy manfaatlarining yangi hokimiyat tomonidan tan olinishi 
uchun kurash olib borayotgan istiqlolchilar harakati tashkil qildi. 
Istiqlolchilar harakatiga qo‘lida qurol bilan sovetlarga qarshi 
kurashganlardan tashqari, maxfiy tashkilotlarning faoliyatida ishtirok 
etganlarni va kommunistik partiyaga kirib, sovet tashkilotlarida turib, o‘z 
millatdoshlarining manfaatini himoya qilganlarni ham kiritish lozim. Biz 
uchun eng muhimi istiqlolchilik yoki milliy ozodlik harakatining kelib 
chiqish sabablari va oqibatlarini o‘rganishdir, chunki u o‘zining ommaviyligi 
va uzoq davom etganligi bilan ham e’tiborga loyiq. Bundan tashqari, u 
barcha mahalliy millatlarning manfaatlarini ifoda etib, bosqinchilikka qarshi 
qaratilgan edi.
Milliy ozodlik harakatlarining qanchalik avj olganligi, uning saflarida 
aholining qancha qismi ishtirok etganligi, qanchasi unga xayrixoh bo‘lganligi 
haqida aniq ma’lumotlar keltirish qiyin. Lekin biz milliy ozodlik 
harakatlariga barham berish uchun sovet davlati tomonidan maxsus Farg‘ona, 
Yettisuv, Kaspiyorti frontlari tuzilganligini inobatga olsak, bu harakatning 
qanchalik keng tarqalganligi haqida tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. 
Bundan tashqari, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, faqat Farg‘ona vodiysidagi 
Madaminbekning dastasida – 30 ming, Shermuhammadbeknikida – 20 ming, 
142


Ergash qo‘rboshinikida – 8 ming nafar atrofida yigit bo‘lgan
1
.
O‘zbekistonda milliy aholining bolsheviklar siyosatiga qarshi o‘z ozodligi 
uchun kurashi asosan 1926–1927 yillargacha, ba’zi joylarda esa 1933 
yilgacha davom etdi va sovetlar unga – «bosmachilik», milliy ozodlik 
harakatining faol qatnashchilariga esa – «xalq dushmani» tamg‘asini 
yopishtirdilar.
Shu o‘rinda istiqlolchilik harakati boshlanishi va shiddatli ommaviy tus 
olishi, uzoq davom etishi, fojiali oqibatlarga olib kelishining asl sabablari 
nimada ekan, degan savolning tug‘ilishi tabiiy.
Istiqlolchilik harakati kelib chiqishining nazariy asoslari bolsheviklarning 
jamiyatni o‘zgartirish, ya’ni sotsializm tuzumini qaror toptirish usuliga 
munosabati bilan bog‘liq. Bu munosabat quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
birinchidan,
 
bolsheviklar o‘zlarining jamiyatni o‘zgartirish harakatlariga 
V. I. Leninning sotsialistik inqilob nazariyasini, ya’ni mavjud tuzumni 
majburlab, qurolli kuch ishlatib o‘zgartirish usulini asos qilib oldilar. 
Insonning ming yillar davomida shakllangan turmush tarzini majburlab 
o‘zgartirish qarshilikka uchrashi tabiiy edi, shunday bo‘ldi ham;
ikkinchidan,
 
xususiy mulkka ekspluatatsiya manbai sifatida qaralib, uni 
majburan davlat tasarrufiga olish jamiyatda eng katta qarshilikka sabab 
bo‘ldi, chunki mulk inson o‘z joni, oilasi, e’tiqodi qatorida e’zozlaydigan eng 
yuksak ne’matdir. Bolsheviklar esa uni qonunga xilof ravishda tortib oldilar. 
Turkistonda ham Xalq Komissarlari Kengashining raisi F. Kolesovning hech 
qanday qonunga asoslanmagan 1918 yil 28 fevral farmoyishiga binoan, 
aholidagi bor paxtaning hammasi, kimda va qancha bo‘lishidan qat’i nazar, 
joyida, mulk egasi va uning oila a’zolari hayotini xavf ostida qoldirib, davlat 
hisobiga tortib olindi. Undan tashqari, 274 ta xususiy paxta tozalash zavodi 
ham davlat tasarrufiga o‘tkazildi
2
. O‘sha davrda Farg‘ona vodiysida 
dehqonlar asosan paxta yetishtirish hisobiga tirikchilik o‘tkazganlar. Ammo 
paxta nafaqat boylarda, balki bir parcha yeri bo‘lgan o‘rtahol yoki kambag‘al 
dehqonlarda ham bo‘lgan, buning ustiga ana shunday dehqonlar ko‘pchilikni 
tashkil qilgan hukumatning bunday munosabatidan so‘ng tirikchiligi zarar 
ko‘rgan oddiy dehqonlar kayfiyatining ko‘tarilmagani aniq.
Biz eslatgan davr haqida harbiy tarixchi D. Zuyev shunday yozadi: 
«Bosmachilik harakati paxta o‘rniga don yetishtirishga o‘tilayotgan davrda 
vujudga keldi: (paxtani davlat tortib oladigan bo‘lsa, uni ekishdan na foyda. 
– 
E. A.
) natijada yuz minglab dehqonlar, aravakashlar, olibsotarlar, paxta 
zavodlarining ishchilari, hammollar ishsiz qoldilar»
3
. Umuman olganda, 
1930 yillarga kelib aholining ixtiyorida deyarli xususiy mulk qolmadi. 
Demak, keltirilgan dalillardan xulosa qilib aytish mumkinki, sovet hukumati 
olib borgan siyosat boylar bilan bir qatorda kambag‘al dehqonlarning ham 
manfaatlarini poymol qilgan;
1
Qarang: 
Ўзбекистоннинг
янги
тарихи

Иккинчи
китоб

Ўзбекистон
совет
мус
-
тамлакачилиги
даврида
. – 
Т
., 2000. – 99–100-
б

2
Qarang: 
C
еменюта
 
В

Голод
в
Туркестане
в
1917–1920 
годах
// 
Человек
и
по
-
литика
. – 1991. – 

12. – 
С
. 73. 
3
O‘sha joyda. – 
С
. 73.
143


uchinchidan,
 
Sovetlarga qarshilikning kuchayishiga olib kelgan yana bir 
sabab bolsheviklarning ijtimoiy hayotga sinfiylik nuqtai nazaridan 
yondashishidir. Ularning fikricha, kommunistik jamiyatga o‘tish uchun 
davlatni faqat ishchilar diktaturasi boshqarishi mumkin, o‘zga sinflar va 
tabaqalar, jumladan dehqonlar esa yo ishchilar (kommunistik) mafkurasini 
qabul qilishlari yo sinf sifatida yo‘q qilinishlari lozim. Bolsheviklar 
Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish