berilgandir. Albatta,
aniq raqamni keltirish qiyin, chunki bunday ma’lumotlar
keltirilgan hujjatlarning topilishi amrimahol. Fuqarolar urushida, ochlikdan,
qatag‘onlar natijasida halok bo‘lganlarni hisobga olish va bu to‘g‘rida ochiq-
oydin axborot berishdan sovetlar hokimiyati manfaatdor bo‘lmagan.
Lekin
millionlab emas, hattoki bir inson huquqining poymol etilishi, joniga jabr
qilinishining o‘zi fojiadir.
Ma’lum bo‘lishicha, 1917–1920 yillarda, ya’ni
uch yil ichida
Turkistonning ekin maydonlari 40 foizga kamayib ketdi, chunki, bir
tomondan, erkaklar birodarkushlik urushida qatnashayotgan bo‘lsalar,
ikkinchi tomondan, bolsheviklar olib borgan «harbiy kommunizm» siyosati
ishlab chiqarishdagi manfaatdorlikni so‘ndirdi. Natijada qishloq xo‘jalik
mahsulotlari 2
martaga yaqin, qoramollar soni 2,5 marta kamayib ketdi,
sug‘orish tarmoqlari vayron bo‘ldi. Savdo-sotiq to‘xtaganligi natijasida
Turkiston xo‘jaligiga 298 mingta omoch, 394
mingta ketmon va boshqa ish
qurollari yetishmas edi
1
. Natijada ochlik hukm sura boshladi.
Biroq bu ochlik bolsheviklarni deyarli tashvishga solmadi. Masalan,
bolshevik Tobolinning fikricha, ochlikka qarshi kurashishga mo‘ljallangan
mablag‘larning frontlarni ta’minlashga sarflangani inqilob uchun ma’qulroq
(chunki bu borada maqsadga erishib bo‘lmaydi)
2
. Shu dunyoqarashning
o‘ziyoq Turkistondagi mahalliy xalqqa kulfat keltirgan kommunistik g‘oyaning
insoniylik normalaridan yiroqligidan dalolat beradi.
Istiqlolchilik harakatining asl mohiyati mahalliy aholining ozodligi,
mamlakatning mustaqilligi uchun
kurash ekanligini tan olib, uning ba’zi
nuqsonlari haqida so‘z yuritmaslik xolislikka xilof.
Milliy ozodlik harakati tarkibida siyosiy maqsadni ko‘zlagan
Madaminbek va boshqa qo‘rboshilarning ham bo‘lganligini, ularning
dastalarida rus ofitserlari ham xizmat qilganligini, ular istiqlolchilarni
xorijdan, ayniqsa, Afg‘oniston tomondan qurol-yarog‘
bilan
ta’minlanganligini, 1919 yilda Farg‘onada Madaminbek boshliq muvaqqat
hukumat tuzilganligi va uning xorij bilan aloqada bo‘lganligini, ayni paytda
ba’zi guruhlarning tinch aholini talash bilan ham shug‘ullanganliklarini inkor
qilmaymiz. Lekin shu kabi ayrim dalillar asosida
butun milliy ozodlik
harakatini qoralash insofdan emas, chunki ushbu faktlarning har biri ortida
qandaydir obyektiv asos bor.
Madaminbek va boshqa qo‘rboshilar xalqni bolsheviklar istibdodiga
qarshi kurashga ko‘tarar ekan, harakatdagi Qizil Armiya bilan to‘qnashishga
to‘g‘ri kelishini yaxshi tushunganlar. Bor quroli
ketmonu belkurakdan iborat
bo‘lgan musulmon dehqonini harbiy ishga o‘rgatishda kimdan foydalanish
kerak? Agar rossiyalik mutaxassislar bunda yordamga kelgan bo‘lsa, buning
nimasi yomon? Umumiy dushmanni bartaraf qilishda nima uchun ulardan
foydalanish mumkin emas? Qurol-yarog‘ni Rossiya bermaydi.
Shuning
uchun uni faqat chet eldan olish mumkin.
Yana shuni e’tirof etish joizki, milliy ozodlik harakatida ishtirok
1
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: