qarshilikka uchrar edi»
1
. Bolsheviklarning o‘z siyosatini amalga oshirishda
aynan shunday yo‘l tutganliklari, shuningdek o‘sha qaqshatqich bostirish,
riyokorlik, bosqinchilik, xunrezlik usullarini qo‘llaganliklari, aholi eng quyi
tabaqalarining ham qarshilik harakatiga qo‘shilishiga va bu harakatning
yanada ommaviylashib ketishiga sababchi bo‘ldi. Fikrimizni asoslash uchun
bir necha misollar keltiramiz.
1918–1920 yillarda Rossiyada fuqarolar urushi davom etayotganligi,
Turkistonda avvallari g‘alla yetishtirilgan yerlarga paxta ekishga o‘tilganligi
sababli bu yerda ochlik hukmronlik qildi. Bolsheviklarning oziq-ovqat
siyosatini amalga oshirishlari ham aynan shu davrga to‘g‘ri keldi. Unga
ko‘ra, Qizil Armiyani davlat emas, balki u o‘zini o‘zi ta’minlashi kerak edi.
Demak, armiya o‘ziga kerak bo‘lgan mahsulotni xalqdan yig‘ib olishi kerak
bo‘lgan. Maxsus tuzilgan harbiy oziq-ovqat guruhlari (ular tarkibida mahalliy
millat vakillari bo‘lmagan) tub aholining ehtiyojlarini hisobga olmasdan, uni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri talaganlar. Bundan tashqari, ishchilarning oziq-ovqat
guruhlari ham bo‘lgan. O‘sha davrdagi mahalliy hokimiyat ham doimo
Moskvaning oziq-ovqat tayyorlash bo‘yicha topshiriqlarini oshirib bajarishga
tayyor turgan. 1921 yilda (Turkistonda ochlik hukm surayotgan paytda)
V. I. Lenin markazga 58 vagon don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari
yuborish to‘g‘risida topshiriq bergan. Turkiston hukumati bu vazifani qariyb
uch barobar oshirib bajarishga, ya’ni 150 vagon jo‘natishga qaror qiladi
2
.
Zo‘rg‘a kunini ko‘rib turganlarning bor-yo‘q narsalarini tortib olgan, mol-
mulkini yashirganlarni otib tashlashga buyruq bergan sovet hukumati olib
borayotgan tadbirlarga qarshilikning ommaviy tus olishi, aholining o‘z
manfaatlarini himoya qilish uchun qo‘liga qurol olishi tabiiy edi.
Yana bir dalil. 1922 yilda Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining
to‘rtinchi plenumi «bosmachilik» harakati bilan bog‘liq masalani maxsus
muhokama qildi. Plenumda Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining raisi
Qayg‘isiz Otaboyev nutq so‘zladi. Sovetlarning Turkistonda olib borayotgan
nomaqbul siyosatini ko‘rsatish uchun ana shu nutqdan bir necha ko‘chirmalar
keltiramiz:
«Bizning 4 yil mobaynida olib borayotgan barcha ishlarimiz bu yerdagi
mahalliy aholining asrlar davomida shakllangan turmush tarziga, urf-odati va
an’analariga butunlay zid edi. Vaziyat bilan hisoblashishga uquvimizning
yo‘qligi hammamizning kasalligimizdir...
Biz o‘zimizning uquvsiz siyosatimiz bilan aholining o‘zimizga qarshi
qo‘zg‘alishiga sabab bo‘libmiz... Buxoro inqilobining mohiyatini tushuntirar
ekan, notiqlar bizning inqilobimiz boshqa inqiloblardan shunisi bilan farq
qiladiki, bu inqilob faqat amirgagina emas, ayni paytda xudoga ham qarshi
qaratilgan, deb javrashayapti. Bu gapni shahri sharif hisoblangan Buxoroda,
din g‘oyat mustahkam o‘rin olgan, butun turmush tarzi to‘laligicha diniy
asosga qurilgan, aholisi o‘ta dindor va mutaassib hisoblangan Buxoroda
1
Do'stlaringiz bilan baham: