O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Ленин
 
В

И

ТАТ

Т
. 35. – 78-
б

2
Материалы
и
документы

съезда
Компартии
Туркестана
. – 
С
. 56. 
137


qilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsipiga munosabatini ifoda etib
Turkistonni Rossiya Federativ Respublikasining tarkibidagi hududiy 
muxtoriyat shaklida tashkil etishni Turkiston Ta’sis Majlisiga taqdim etadi»

Shuningdek, qurultoy «Turkistonda istiqomat qiladigan kam sonli millatlar 
huquqlarining har tomonlama himoya qilinishini tantanali ravishda 
ta’kidlaydi»
. Keltirilgan lavhadan ko‘rinib turibdiki, Turkistondagi biron-bir 
millatning manfaatlari inkor etilgan emas. Hokimiyatni shakllantirishda ham 
ana shu demokratik qoidalar nazarda tutilgan.
Qurultoy qatnashchilari olijanoblik qilib, demokratik yo‘ldan borganligini 
ko‘rsatish uchun bir necha dalillar keltiramiz:
1) qurultoyda Turkistonning barcha viloyatlaridan kelgan vakillardan 
tashqari, bir qancha jamoat uyushmalaridan, jumladan «Sho‘roi islomiya», 
«Ulamo jamiyati», «Musulmon tog‘ ishchilari», «Musulmon askarlar», «O‘lka 
yahudiylari», «Buxoro yahudiylari» va boshqa tashkilotlarning vakillari 
ishtirok etdilar;
2) o‘lkaning oliy organi bo‘lmish Muvaqqat Majlisga 54 nafar deputat 
saylash mo‘ljallangan, xususan, rusiyzabon vakillarga 18 ta joy ajratilgan 
(Sovetlar hokimiyatida bironta ham mahalliy millat vakillari bo‘lmaganligini 
eslang);
3) muxtoriyat Sovetlarning IV o‘lka syezdiga (1918 y. yanvar) 1918 yil 
20 martda Ta’sis majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif bilan murojaat qildi. 
Unga vakillarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, teng asosda, yashirin ovoz berish yo‘li 
bilan saylashni va joylarning 1/3 qismini musulmon bo‘lmagan aholiga 
ajratib qo‘yishni taklif qildi (ular aholining 7 % ni tashkil qilar edi);
4) qurultoy tasdiqlagan hujjatlarda Turkiston muxtoriyatining Rossiya 
Federativ Respublikasi tarkibida bo‘lishi, kamchilikni tashkil qilgan millatlar 
huquqining muhofaza qilinishi ta’kidlangan. Muxtoriyatning bundan boshqa 
ijobiy tomonlarini ham misol qilib keltirish mumkin.
Xo‘sh, muxtoriyatning qanday salbiy tomonlari bor ekan? 
Muxtoriyat hujjatlarida davlat shariat qonunlarini hurmat qilishi 
belgilangan
. Lekin shu asosda muxtoriyatni klerikalizmda (shariatga 
asoslanganlikda) ayblash mumkinmi? Axir, mahalliy xalqning hammasi 
musulmon edi-ku? Ana shunday sharoitda islomni inkor qilish hech qanday 
mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Muxtoriyatni chet el, xususan, Angliya bilan maxfiy aloqadorlikda 
aybladilar. To‘g‘ri, bunday aloqa bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo shunga 
asoslanib, muxtoriyatchilarni Turkistonni Angliyaning mustamlakasiga 
aylantirishdagi harakatda ayblash adolatdan emas. Nima uchun 
muxtoriyatchilar uzoqni ko‘zlab Turkistonni Rossiya mustamlakasidan 
qutqarib, ozod qilishda Angliyaning yordamidan foydalanishi mumkin emas 
1
Туркестанские
ведомости
. – 1917. – 18–21 
нояб

2
Улуғ
Туркистон
. – 1917. – 8 
дек

3
Turkiston muxtoriyatining faoliyatini tahlil qilishda biz M. K. Hasanovning 
«
Кокндская
автономия
и
некоторые
ее
уроки
» maqolasidan foydalandik. Qarang: 
Октябрьская
революция
в
Средней
Азии
и
Казахстане

теория

проблемы

перспек
-
тивы
изучения
. – 
Т
., 1991. – 
С
. 159. 
138


edi? Biz ko‘proq Angliyaning Turkistonda Rossiyaga bo‘ysunmagan 
mustaqil kuchli davlat yaratish maqsadi bo‘lgan, degan fikrga moyillik 
bildiramiz. Axir, bolsheviklar Turkistonda o‘z hokimiyatini o‘rnatishda 
boshqa siyosiy kuchlardan foydalangan-ku, nima uchun shu usuldan 
muxtoriyatchilar foydalanishi mumkin emas edi? 
Biz yuqorida keltirilgan dalillar bilan Turkiston muxtoriyatiga yuz foiz 
ijobiy baho berish tarafdori emasmiz. Muxtoriyat tarkibida o‘z zamonasining 
yetuk ma’rifatparvarlari, o‘z xalqini ozod qilish uchun chin dildan harakat 
qilganlar bilan birga, o‘zlarining tor doiradagi siyosiy manfaatini ko‘zlagan, 
xurofotga berilgan mutaassiblar ham bor edi, desak xato bo‘lmaydi.
Turkiston muxtoriyatining kamchiliklarini tanqid qilish mumkin, lekin bir 
narsani unutmaslik kerak, ya’ni muxtoriyatning vujudga kelishi 
bolsheviklarning mahalliy millatlarni mensimaslikka asoslangan noto‘g‘ri 
siyosatiga muayyan javob bo‘ldi. Sovet hukumati esa o‘zining siyosatini 
mahalliy millatlar manfaatiga moslashtirish o‘rniga Turkiston muxtoriyatini 
qurol kuchi bilan zo‘ravonlarcha tugatdi.
Bolsheviklar partiyasining Turkistondagi rahbarlaridan biri bo‘lgan D. I. 
Manjara muxtoriyatning tugatilishini shunday eslaydi: «Milliy siyosatda yo‘l 
qo‘ygan xatolarimiz tufayli Qo‘qon muxtoriyati vujudga keldi... Uni 
yo‘qotish paytida yana bir xatoga yo‘l qo‘ydik. Qurol-yarog‘i bo‘lmagan 
muxtoriyatchilar joylashgan eski shaharni qamal qilish o‘rniga biz to‘plardan 
o‘qqa tutdik, keyin dashnoqlarning qurolli to‘dalarini ishga soldik. Natijada 
talon-taroj, nomusga tegish, qirg‘in boshlandi. Bundan muxtoriyatchilarga 
aloqasi bo‘lmagan tinch aholi katta zarar ko‘rdi»
1
.
Yana bir dalil. Muxtoriyat tugatilishi bilan Farg‘ona vodiysida bo‘lgan 
Turor Risqulov (Musbyuroning
2
bo‘lajak raisi) o‘zining xabarnomasida 
shunday yozadi: «Farg‘ona viloyatidagi barcha voqealarda armanlarning 
«Dashnaksutyun» partiyasi uyushtirgan ig‘vogarlik ishi ko‘rinib turibdi. 
Qizil Armiya guruhlari qaroqchilar bilan kurashish o‘rniga ichkilikbozlik 
bilan shug‘ullanganlar, o‘sha qaroqchilarga qurol-yarog‘ va o‘q-dori 
sotganlar. Tinch qishloqlarni talab, ularni qaroqchilarni yashirganlikda 
ayblanganlar»
3
.
Xo‘sh, bolsheviklar nima uchun milliy muxtoriyat tuzilishiga qarshi 
bo‘ldilar va uni qon to‘kish yo‘li bilan tugatdilar? 
Buning birinchi sababini Turkiston bolsheviklarining o‘sha davrdagi rahbari 
Tobolinning so‘zlaridan bilish mumkin. U shunday deb yozgan edi: 
«Bugungi kunda muxtoriyatni darhol amalga oshirish to‘g‘risida gap bo‘lishi 
mumkin emas, chunki muxtoriyatning birinchi sharti o‘lkadan ruslar 
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish