Reja: Adabiy tanqid fan sifatida



Download 40,25 Kb.
bet1/4
Sana02.02.2022
Hajmi40,25 Kb.
#425512
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbek adabiy tanqidi


Mavzu: O’zbek adabiy tanqidi.Antologiya

Reja:



  1. Adabiy tanqid fan sifatida.

  2. O‘zbek adabiy tanqidchiligining shakllanish tamoyillari.

  3. Istiqlol davri o’zbek adabiy tanqidchiligi.

  4. Antologiya.

«Adabiy tanqid»tushunchasi, lug‘aviy va istilohiy ma’nolari. Adabiy tanqid ilmda


o ‘ziga xos hodisa sifatida dastlab Platón, Aristotel, Aristarx faoliyatlarida antik zamonda namoyon bo'ldi. Aslini olganda, tanqidning ilk unsurlari xalq og‘zaki ijodida boshlangan. 0 ‘tmishda badiiy asar haqida ikki xil: og'zaki va yozma shakllarda fikr bildirib kelindi. Ilk badiiy asar yaratuvchisi xalq bo‘lganidek, ularga ilk munosabat bildiruvchi ham xalqning o ‘zidir. Hayotning barcha jabhalari, jumJadan, kishilarning tabiiy ofatga qarshi kurashdagi jasoratini, muayyan maqsad yo‘lidagi intilishlari, qahramonlik fazilatlari va rang-barang ruhiy holatlarini ifoda etuvchi asarlar maydonga kelishi va xalqning bu asarlarga, ularda tasvirlangan
voqea-hodisalarga munosabati, bahosi, m a’qullashi yoki inkori, ulardan zavqlanishi yoki aksincha qoniqmasligi tabiiy edi. Adabiy tanqidning paydo bolishida mana shu tabiiy jarayon yotadi. Dem ak, badiiy asar paydo bo‘lishi bilan unga baho berilishi
(qanchalik oddiy boiishidan qat’i nazar) zamiridagi estetik uzv adabiy tanqidning dunyoga kelishini taqozo etadi. Bunday hol umum jahon miqyosidagi adabiy tanqidiy tafakkurning paydo bo‘lishi uchun umumiy qonuniyat sanaladi.
Shu tariqa adabiy tanqidning ilk namunalari folklor asarini yaratuvchilar hamda uni tinglovchilar toifasiga mansubdir dcyish mumkin. Shunday holat o ‘zimizning baxshilar va ular ijrosidagi asarlarni tinglovchilar uchun ham xos bo‘lgan. Bu hol
adabiy tanqid hodisasining qadimiyligidan guvohlik bcradi, albatta.
Jumladan, Fozil Yo'Idosh o kg‘lidan «uSanobar», «Farhod va Shirin»
dostonlarini tinglagan xalq baxshiga o ‘z taassurotlarini bildirgani haqidagi ma’lumotlar fikrimizni tasdiqlaydi. Yillar, davrlar osha yozm a adabiyot bilan parallel ravishda goh uning tarkibida, goh unga alohida munosabat tarzida yozma adabiytanqidiy fikrlaryuzaga keldi va shakllanib bordi. Bora-bora u jamiyat va adabiyot rivojida mustaqil va mustahkam mavqega ega bo'ldi. Binobarin, tanqid deganda biz nimani tushunainiz? Arabiy lug‘atlarning shahodat berishicha, «naqd» so‘zining bosh ma’nosi - «saralamoq», yarn vaxshini yomondan yoki aslni soxtadan
ajratish dcmakdir. «Naqada» o ‘zagidan kelib chiqqan tanqid istilohi muhokama qilmoq, tekshirmoq, o ‘rganmoq, nimaningdir haqqoniyligi va to‘g ‘riligini isbotlamoq, yutuq va kamchiliklarini aniqlash, badiiy asami baholash, izohlash kabi ma’nolarni ifodalaydi. Ma’lumki, Sharq mumtoz poetikasi an’anaviy ilmi qofiya, ilmi
aru/, ilmi bade’dan tarkib topgan edi. Tanqid ham ana shu uchlik ichida bo‘lgan. Vazn, qofiya, ifoda, tasvir, bayondagi g ‘alizliklar uni yaxshi tushunuvchilar tomonidan bcc’tiborqolmagan. Badiiy asardagi kamchilikni ko‘rsatadigan «ilmi naqd» tarzida an’ana kasb eta borgan. Biroq boshda u dastlab ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’da har birining o ‘zida naqd qismi sifatida mavjud bo‘lgan. XIII asrning yirik adabiyotshunosi Shamsiddin Muhammad binni Qays Roziy «Al- M o‘jam» kitobida ilmi naqdni alohida fasl qilib ajratgan. Olim bu ilmning ahamiyati, vazifalari haqida ham maxsus fikr yuritadi.
1483- yili Alisher Navoiy homiyligida bitilgan Atoulloh Husayniyning «Badoyi us-sanoye» asarida ham badiiy asar kamchiligi muammosi alohida bobda bayon etilgan. Alisher Navoiy zamondoshi Husayn Voiz Koshifiyning «Badoyi’ ul afkor fi sanoyi’ ul ash’on> kitobi ham Sharq tanqid ilmi tarixini yoritish uchun muhim manba hisoblanadi. Bu asarning badiiy san’atga bag'ishlangan an’anaviy
kitoblardan farqi shundaki, uning birinchi bobi badiiy san’atlar, ikkinchi bobi ilmi naqd, ya’ni adabiy tanqidga bag‘ishlangan. Koshifiy bu adabiy ilmni yanada mukammallashtirdi, kitobda naqdning lug'aviy va istilohiy ma’nosi, bu adabiy ilm ning vazifalari aniq ta’riflangan: «Nazm aytmak bayonidakim uni naqd ilmi derlar va
adabiy ilmlarning biri deb bilurlar va naqd lug‘atda «saralamoq» va «soh tangani qalbaki tangadan ajratmoq degani. Istilohda eng yaxshi she’rni yomonidan ajratish va ulami o ‘zaro farqlash iimidan iborat va bu ilmni shuning uchun naqd deganlarki, tanga naqqodi (saralovchi)qalbaki tangalar orasidagi haqiqiy tangani ajratsa, bu ilm sohibi (tanqidchi) ham pokiza va beayb suxanni noshoista va ayblik suxanlar
orasidan saralab aytishi kerak. Har holda kimki she’r ayblaridan ogoh
bo‘lmasa, unga beayb she’rni namuna qilib ko‘rsatishi lozim »1. Ko‘rinib turibdiki, olimning adabiy tanqid oldiga qo‘ygan taiabi hozir ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotgan cmas. Yunon tilidagi «sritike» so‘zi bilan ifodalangan (uni ruslarda ilk
bor Kantemir 1799-yilda «kritik» shaklida taomilga kiritgan) tanqid, V.G.Belinskiy talqinicha, «hukm qilmoq», keng ma’noda esa, mulohaza bildirmoq, fikr yuritmoq ma’nolarida qo‘llangan. Shu sababli tanqid faqat san’at va adabiyot asarlarigagina xos bo'lmay, turli fanlarga, jumladan, tarix, axloq va boshqa sohalarga ham taalluqlidir. Demak, tanqid tushunchasi doirasining kengligi uning hayotdagi
barcha hodisa-voqealarga tegishli ekanini ko'rsatadi. Shu jihatdan tanqid hayotning qaysi bir sohasiga tegishli bo‘lsa, o ‘sha jabha nomi bilan ham atalishi an’anaviydir. (Masalan, ijtimoiy tanqid, iqtisodiy tanqid kabi). Rus va Yevropadagi qator xalqlarda realistik adabiy tanqidning san’at va fan sintezidan iborat holda shakllana boshlashi XVII asr oxiri va XVIII asr boshlariga to ‘g‘ri keladi. Adabiy tanqid harakatdagi
estetik tafakkur tarzida adabiy jarayon mohiyatini tahlil qilish va baholash xususiyatini kasb etgan; ijtimoiy-falsafiy estetik qarash shaklida adabiyot va jamiyat munosabatlari qay darajada in’ikos topganini zam on mafkurasi prizmasidan
o ‘tkazgan holda umumlashtirish san’ati darajasiga ko‘tarilgan. Binobarin, san’at qanchalik ichki xilma-xiUikka ega bo‘lsa, tanqid ham o‘sha sohalarga tegishlilik kasb
etadi. Bunga teatr va kino tanqidini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Badiiy adabiyot muammolariga daxldor tanqid adabiy tanqiddir. Chunki adabiy tanqidning qiziqish doirasini so‘z san’ati – badiiy adabiyot tashkil etadi. Hozirgi tushunchamizdagi o ‘zbek adabiy tanqidining shakllanishi o ‘zbek vaqtli matbuotining tug'ilishi va rivoji
bilan chambarchas bogUiqdir. Vaqtli matbuot adabiyotga aloqador bu yangi sohani taraqqiy ettirishga katta hissa qo‘shdi. Nashr etilgan badiiy va taijima asarlariga vaqtli matbuot sahifalarida taqrizlar berildi. Bu taqrizlar adabiy tanqid uchun keng va izchil shaküanish yo‘lini ochdi.

O ‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixini davrlashtirish masaiasi. Boshlanayotgan yangi davr adabiy-badiiy talablari va estetik chtiyojlarini ifoda etib, zamonning yangi tipdagi badiiy adabiyoti, yangi inson va kitobxonni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘ygan adabiy tanqid 0 ‘zbekistonda XX asr boshlarida matbuot bilan birga Lug'ildi. Uning yuzaga kelishida, awalambor mumtoz adabiyot va adabiy-tanqidiy tafakkur


an’analari, qolaversa, yangi matbuot sahifalarida bosilgan maqolalar
hamda an’anaviy tarzda sharq qoMyozmalari orqali kirib kelgan jahon ilmiy estetik qarashlaridagi namunalar muhim rol o ‘ynadi. Yangi o ‘zbek adabiy tanqidchiligining maxsus hodisa sifatida tug‘ilib, shakllanib, kaniolot bosqichiga ko‘tarilish yo‘lida kechgan qiyir.chilik va ziddiyatlar mohiyatini artglash uchun tarixning adabiymadaniy sahifalarini birma-bir varaqlab, ko‘zdan kechirish, erishilgan
ilmiy-esietik yutuqlarni, mavjud nuqsonlarni tahlildan o ‘tkazish, adabiy-badiiy, ilm iy-estetik tafakkur taraqqiyoti qonuniyatiarini haqqoniy o'rganish va yoritish zamr bo'ladi. O ‘zbek tanqidchiligi iidizlari uzoq o'tmishga borib taqaladi. Biz
uning XX asr tongidan boshlangan tarixini yoritishni maqsad qilib qo‘ydik. Shu o'tgan vaqt mobaynidagi adabiy tanqidning fazilatlarini o'zlashtirish, nuqsonlarim haqqoniy tahlildan o ‘tkazib, sabab va oqibatlarini aniqlash, adabiy tanqidning yozuvchilar va o ‘quvchilar ommasiga ta’siri doirasini yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun zarurdir.
«Biz bugun yangi asrga qadam qo‘ydik. X o‘sh, yangi asrga o'zbek
adabiyotshunosligi qanday yoilanm a bilan kiradi? U o ‘zining qaysijihatlaridan voz kechadi va hatto qaysi gunoblaridan tavba qllib, qaysi fa/iiatlari bilan yangi davrga yuz tuiadi? Kamchiliklar oz emas. ...Lekin shunga qaramay, bugun umidsizlikni yig‘ishtirmoq kerak va ahiliik bilan ishga kirishib, yangi adabiyotning rivojiga faol
ko‘makaslimoq kerak»1. Bu fikmi adabiy tanqidga nisbatan ham qollash mumkin, chunki badiiy adabiyot bilan adabiy tanqid doimo birga harakat qiladi.
Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar muayyan davrlarga ajratib
o ‘rganiimasa, maqsadga o!ib boradigaii to'g'ri yo‘lni topish qiyin kechadi. Shunga ko‘ra, adabiyot tarixi badiiy ijod va ijtimoiy hayotda ro'y bergan katta voqealar, tub burilishlarga asoslanib davriashtiriladi, ba’zan soddagina qiüb: «20-yillar adabiyoti», «60-yillar adabiyot;» tarzida qismlarga ajratiladi. Bundan anglashiladiki, davrlashtirish taraoyillari hali qat’iy belgilangan emas. Yoki bu davrlashtirishning
ko‘p ham oson emasiigidan mujda b oisa, ajab emas. Anime sbunisi ayonki, ijtim oiy hayot va ijtimoiy ong taraqqiyoti qonimiyatlan, xususiyatlari hamma vaqt muayyan sohaning o ‘ziga xos mazmuni, mundarijasi, muammolari markazida turadi.
Tanqid rivoji adabiyot livoji bilan cham'oarchas bog‘iiqdir. Adabiyot ham, tanqid ham hayotdagi go‘zallikni yoritadi va iztaydi, ulanii turlicha shaklda ifoda etadi. V.G. Belinskiy bu haqda shunday yozadi: «San’atkor va adabiyotchi o ‘zining san’at va adabiyot haqidagi tushunchasini bevosita yaratgan asarlarining o ‘zi bilan ifoda etadi;
tanqidchi esa san’at va adabiyot haqidagi tushunchasini mantiqli fikr
vositasi bilan mushohada tarzida ifoda etadi. Bu holda san’at va adabiyot tanqid bilan qo‘lga-qo‘l berishib boradilar va bir-birlariga o‘zaro ta’sir etadilar»2. Buyuk munaqqid qayta-qayta ta’kidlagan bu hodisa adabiy tanqid tarixi o‘rganilmaguncha badiiy adabiyot tarixining haqqoniy va toMiq manzarasini yaratish mumkin emasiigidan guvohlik beradi. Bu hol adabiy tanqid tarixini adabiyot tarixining ajralmas bir qismi qilib qo‘yadi Shu mantiqdan kelib chiqib « 0 ‘zbek sovet adabiy tariqidi tarixi» (1987) ikki jildligi mualliflari o ‘zbek adabiy tanqidi bosib
o ‘tgan yo ‘lni zam on mafkurasiga tayangan ravishda quyidagicha
o ‘rganadilar: !.
1.O ‘zbek sovet adabiy tanqidining vujudga keiishi va ilk qadamlari (1917-1932).
2. O ‘zbek sovet adabiy tanqidi sotsiaiistik realizm estetikasi bilan
qurollanish yo'lida (1932—1941).
3.Ulug‘ Vatan urushi davri o ‘zbek adabiy tanqidi (1941—1945).
4. Ulug‘ Vatan urushidan keyingi davr o'zbek adabiy tanqidchiligi(1945-1956).
5. Adabiy tanqid tarixida yangi bosqichning boshlanishi (1956— 1961).
6. Adabiy tanqidning tez va keng rivojlanish yo‘liga kirishi (1962—1972).
7. O ‘zbek adabiy tanqidi yangi bosqichda (1972—1980)’.
Ko‘rinadiki, bunday davrlashtirishga sohadagi o kziga xosiiklar emas, mamlakal tarixi, yoxud shu tarixdagi o‘ziga xosiiklar asos qilib oiingan. U esa o ‘zbek adabiy tanqidining chinakam ilmiy tarixini — rivojlanish yo'lidagi haqiqiy manzarasini aks ettirmagan. Unda adabiy tanqidda kcchgar. jarayonlai sho‘ro tarixi va mafkurasiga moslashtirib talqin ctilgan. Chunonchi, o ‘zbek adabiy tanqidchiligining sotsiaiistik realism bilan qurollanishi aslida uning mafkuraviyiashtirilishidan iborat bo‘iib,
VKP (b) MKning 1925-yil 18- iyunda qabul qilgan «Partiyaning badiiy adabiyot sohasidagi siyosati to‘g ‘risida»gi rezolutsiyasi, VKP (b) MFCning «Adabiy-badiiy tashkilotlarni qayta qurish haqida»gi 1932- yil 23-apreldagi qarori, Butunittifoq Yozuvchilari uyushmasining I syezdida tasdiqlagan yo‘l-yo‘riqiari sho‘ro adabiyotining mohiyati, omonatligi, notokg‘ri laraqqiyot yo‘lini tanlaganligini ko‘rsatdi. RAPP ( 0 ‘zAPP) adabiyot sohasida dushman izlash, adabiy raqib yaratish
mahoratini o'zlashtirdi. Leopold Aveibax singari RAPP rahbarlari M.Sheverdin, d im Sharafiddinov. Rahmat Majidiy, Sotti Husayn, Jamol Boybo'latov singari yoshlarni siyosiy hushyorlik ruhida «tarbiyalay boshJadilar». 30-yillarning boshlaridan rus adabiyoti milliy adabiyotlarning rahnamosi, o ‘rnak univcrsitetiga aylantirildi. Badiiy
adabiyot, adabiy tanqid sohasida shaxsiy adovat, yomonotlik qilish
tamoyili kuchaydi. Sotsiaiistik realizmning sho'ro adabiyoti, tanqidchiligining asosiy
inetodi sifatida tasdiqlanishi sho'ro adabiyotining inqirozini belgilab berdi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi 60-yiilar arafasigacha bo‘lgan davrni qamrab oluvchi uch bosqich esa aslida, o ‘zbek adabiytanqidchiligining shiddat biian izlanishi adabiy-tanqidiy tafakkurda 0‘zgarishlar ro‘v berishi, yangi-yangi shakllaming o‘zlashtirilishi va realizm uchun kurash yillari bo'ldi. Albatta, bu jarayon ham sho'ro
va partiyaviy maflairaga to’yingan holda kechgan esa-da, shaxsga sig‘inish oqibatlannmg tugatila boshlashi tufayli, har qalay adabiy tanqidda ham hur fikming uyg‘onayotganidan ayrim mujdalar berdi. Adabiy tanqid stalincha qatag‘on quibonlari ijodini qayta baholashga kirishdi, lirika, badiiy mahoratni 0‘rganishda estetik tahiilda ayrim yangi qadamiar tashlandi. Ayniqsa, tarixiy asaríarda o ‘zlikni angtash va erk tuyg‘ularinmg jamiyatui uyg'otuvchi mohiyatini idrok etishga
urinish kuchaydi. Qolaversa, adabiy jarayonda yuz berayotgan xilmaxii izlanishlar — ijodiy metod va janrlar rang-barangligi hodisalari mohiyatini, qiynala-qiynala bo‘lsa-da, idrok eta bordi va estetik bahosini berishga, umumlashtirishga hamda ulardan tegishli xulosalar chiqarishga harakat qildi, qisman m a’lum natijaiarga erishdi.
A.Rasulov va N.Xudoyberganovlar o ‘zbek tanqídí tanjan i ikki davrga b o iio o ‘rganishni tavsiya etadilar. Ular fikricha:
1. 1917—1955-yiIlami o'z ichiga oluvchi bosqichda yangi o ‘zbek
tanqidchiligining tug‘ilishi, shakilanishi va maxsus tan sifatida taikib
topishi sodir bo‘ldi.
2. 1956-yildan to 1990-yilgacha kechgan va kechayotgan vaqtni
qamtab oladi.
Bu davrda o'zbek tanqidchiligi fan va san’at uyg‘unligidan tashkil topgan maxsus adabiy hodisa tarzida rivojlanib. Ilmiy estetik kamolotga erishish jarayonini boshdan kechiradi1. Tabiiyki, mualliflar o ‘zbek adabiy tanqidi tarixini bu tarzda ikki
davrga bo‘lib o'rganish ham nihoyatda shartlidir. Chunki bunday davrlashtirishda salkam bir asr davomidagi o ‘zbek tanqidchiligida kechgan o ‘zgarishlar, yangilanishlar, ayrim tanazzul va boshqa holatlami ilg‘ash, anglash hamda ulaming sabablarini aniqlash ko‘rinmay qoladi. Jarayondagi murakkabliklaming deyarli bir tekisíikka tushib qolishi ushub davrlashtirishning eng kemtik nuqtalaridan biridir.
Mustaqillik davrida yaratilgan o ‘quv qo‘Uanmalarida ham davrlashtirish masalasiga e’tibor qaratilgan. B.Rahmonov XX asr o ‘zbek adabiy tanqidchiligining taraqqiyotini uchga, ya’ni «jadidchilik davri», «sho‘- ro davri» va undan keyingi yillar singari katta bosqichlarga boladi.
Adabiy tanqid yangi bosqichda. 0 ‘zbckiston mustaqillikka erishgandan so‘r.g barcha sohalarda crkin rivojlanish boshlandi. Bu hoi ilm-fan, adabiyot va san’at laraqqiyotida ham o*z ifodasini topdi. Sho‘ro davri iskanjasidan va siyosatlashgan mafkura tazyiqidan qutuigan badiiy tafakkur erkin ijod yo'liga o‘tdi. Adabiy tanqid badiiy asarlaiga milliy g‘oya va umumbashariy mezonlar asosida baho bera
boshladi. Ayni vaqtda, ana shunday yo‘nalishlarda yangi asarlar yaratilishiga ta’sir ko‘rsatishni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Istiqlol davriga kelib, baholash mezonlarida jiddiy o‘zgarish!ar va yangilanishlar ro‘y bera boshladi. Mumtoz adabiyotimiz muammolari va siymolari ijodini o‘rganishda, shokro bosqichi adabiyoti nam unalarini qayta baholash hamda qatag'on etilgan adiblarga munosabatda tam omiia yangi tamoyillar yuzaga kcldi. Ularga milliy istiqlol g‘oyalari va umumbashariy mezonlar asos qilib olindi. Ulug' mutafakkir Alisher Navoiyning qutlug* 550 yilligini nishonlash Mustaqil 0 ‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va adabiy-madaniy hayotidagi
Istiqlol g‘oyalari asosida amalga oshirilgan dastlabki buyuk tadbirlardan bin bo‘!di.
Prezidentimiz I. Karimov tomonidan Alisher Navoiy asarlarini yosh avlod ruhiyatiga yanada chuqurroq singdirish, chuqur va har tomonlama tadqiq-targcib etish zarurligiga, deyarli davlat siyosati darajasida e’tibor qaratildi.
Navoiy asarlarining 20 jilddan iborat to‘liq kulliyoti chop etilishi, 5 jilddan iborat o‘zbek tiiining izohli lug'ati bosilib chiqishi tr.uhim voqea bo‘ldi. 0 ‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi naqidagi -yangi, toldirilib yanada boyitilgan Qonunning qabul qilinishi o'zbek xalqi g‘ururiga g‘urur qo‘shdi.
Mustaqillik yillarida Fitrat, Cho'lpon, A.Qodiriy, Behbudiy, Munaw ar qori Abdurashidxonov, Elbek, Botu, Usm on Nosir hayoti va ijodini asl, tarixiy jihatdan haqqoniy ko‘rinishda tadqiq etish adabiyotshunoslik va tanqidning dolzarb masalalariga aylandi. H.H.Niyoziy, G ‘.G ‘ulom, Oybek, H.Olimjon, A .Q ahhor kabi san’atkorlar asarlarini qayta va xolis baholashga o'tildi.
Mustaqillik yillarida tarixiy-biografik tadqiqotlar yaraiishga e’tibor
kuchaydi. M.Qo'shjonov, O.Sharafiddinov, N .Karimov, E.Karimov, U.Normatov, B.Qosimov, A.AIiycv, Sh.Turdiycv, S.Ahmcdov, A Jalolov, I.Haqqulov singari adabiyotshunoslar XX asr yozuvchilari haqida qator sermazmun tadqiqotlar yaratdilar. Ularning safiga B.Karimov, NJabborov, D.Quronov, U.Hamdam, S.Meliyev, Sh.Rizaycv kabi keyingi avlod vakillari o ‘zlarining yangi-yangi salmoqli izlanishlari bilan keiib qo'shildilar.
B.Qosimov, Sh.Yusupov, U.Dolimov, Sh.Rizayev, S.Ahmedov qalamiga mansub «Milliy uyg‘onish davri o'zbek adabiyoti* hamda N.Karimovning «XX asr o‘zbek adabiyoti manzaralari» nomli kitoblari bu davrning katta yutuqlari sifatida e’tirof etildi. Bu yillarda adib, adabiyot zamondoshlar xotirasida, zamondoshlar nigohida rukni ostida qator kitoblar turkumi bosilib chiqdi. Qator kitoblarda G ‘.Karimov, S.Dolimov, N.Mailayev, Sh.Shomuhammedov singari ustozlaming
o'lmas siymolari yoritildi. Filologiya fanlari doktori, professor K. Quramboyevning «G‘afur G ‘ulom va adabiy aloqalar», «Adabiy ta’sirdan ijodiy o‘ziga xoslikka»,
«Maxtumquli she’riyati 0 ‘zbekistonda#, «Adabiyjarayon, ijod mas’uliyati, adabiy aloqalar», «Maxtumquli — ilhom chashmasi* kabi kitoblarida adabiy ta ’sir va aloqalar, ijod m as’uliyati. R. Ibragimovaning « 0 ‘zbek milliy fantastikasi», «Fantastika va hayot» kabi tadqiqotlarida fantastika va ijod muammolari tadqiq etildi.
Adabiy tanqidda intellektual mushohada ortdi, balandparvwlik. madhiyabozlik yo‘qolib bormoqda. Fikrni dalillash, ishontirish san’atiga, kitobxonda go‘zallik tuyg‘usini tarbiyalash masalalarida jiddiy siljishlar ro‘y bera boshladi.
Tanqidda A.Rasulov, B.Sarimsoqov, B.Karimov, H.Boltaboyev,
U.Hamdamov, U. Jo‘raqulovvaboshqalarning asarlari misolidajahon adabiyotshunosligi tajribalari, mezonlari, uslubiy yo‘na!i>hlari kuchaydi. Ayni vaqtda P M irzaahm edova, M .Sharafiddinova, A.Qosimov, M.Xolbekov tadqiqotlari misolida o ‘zbek adabiyotini jahon adabiyoti kontekstida o‘rganish tamoyillari yuzaga keldi. Sharqda, o ‘zimizda 0 ‘rta asrlardayoq tafsirlar misolida namoyon
bo‘lib, XIX asrda Yevropada tushunlirish, lalqin san’atining yangi
ko'rinishi — «gcrmcncvtika» deb atalgan tadqiq yo‘nalishi XX asr oxiri XXI asr avvalida adabiy yodgorliklami, umuman, badiiy asaming tub ma’nosini talqin ctishning yangi metodi — usuli sifatida namoyon bo‘la boshladi. Germenevtikaning ayrim yo‘nalishlari Forobiy sharhlaridan tortib, XIX asrgacha 0 ‘zbekistonda davom etib kelgan bedilxonlik va mashrabxonliklarda, xususan, «Mabdai nur* hamda Maleho Samarqandiyning «Muzakkirul ashob» va Is’hoq Bog‘istoniyning «Tazkirai
Q alandaron» kabi asarlarida m a’lum m a’noda mavjud b o ‘lgan an’analar yangi bosqichda Ovrupo mezonlari asosida ilmiy tus oldi. Bu davrga kelib, shuningdek, o‘zbek tanqidi va adabiyotshunosligiga M. Baxtin ilmiy-nazariy qarashlarining sezilarii ta’sirini kuzatish mumkin. Mustaqillik tufayli, ayniqsa, hur va crkin fikrlash imkoniyati yaratildi. Um um an, keng kitobxonlar ommasi, xususan, barkamol
avlodni fikr qulligidan ozod etishga harakat, mustaqil fikrlay oladigan
kishilarni tarbiyalash adabiy tanqidning ham yetakchi masalasiga aylandi.
Bu m atlab larbiya jarayoniga ham kirib keldi va o'qitishning avtoritar m etodidan shaxsga qaratilgan usuliga o‘tildi. Ma'naviyat masalalariga Davlat miqyosidagi e'tibor, adabiy tanqid muammolariga ham shu nuqtayi nazardan qarashni taqozo etdi. Nashriyot masalalaridagi boshqaruv tizimining davlat monopoüyasidan chiqib, rangbaranglashuvi adabiy-tanqidiy va adabiyotshunoslik ishlarining chop etilishini jadallashtirish bilan bir qatorda, ularning yo‘nalishidagi turli xillikka ta’sir etdi. Bu yo‘nalishda «Ma’naviyat» va «Meros» nashriyotlari faollik ko‘rsatdilar. Adabiy tanqid tabiati, avvalambor, badiiy asar va hayotga suyanadi. G ‘oya, ijtim oiyot, vazifalar ham ana shulaming zamiridan kelib chiqadi va ularga bog‘liq holda taraqqiy etadi. Biroq bu degani adabiy tanqid doim o hayot va adabiyotning ortidan crgashib yuradi, degani emas.
U hayot va adabiyotni o‘rganish, tahlil etish barobarida, o‘z izlanish natijasidagi fikr, nalija, xulosa, taklillar bilan hayot va adabiyotdan birmuneha oldinda yurishi mumkingina emas, lozimdir. Bu adabiy tanqidning mohiyatiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biridir. Istiqlol davriga kelib, adabiy tanqid erishayotgan yutuqlar va kamchiliklar, o‘/.ida ana shu xususiyatni nechog‘Iik aks ettirayotganligiga
qarab ham belgilanadi. Sho‘ro davrida hokim mafkuraning asosiy targ‘ibotchilaridan biriga aylangan adabiy tanqid o‘zining asi ilmiy-estetik vazifasini bajarishga,
konsepsiya va mezonlarni yangidan qurishga kirishdi. Natijada tanazzulga yuz tutgan markscha-lenincha metodologiya o ‘rniga badiiy asami tahlil va talqin etishda hurfikrlilikka asoslangan xolis ilmiy metodologik tamoyillar vujudga kcla boshladi. Bu tamoyillaiga ko‘ra, endi badiiy asarga insonning ijtimoiy faoliyatini aks ettiruvchi vositagina dcb cmas, balki, birinchi navbatda, o‘ziga xos dunyoqarash va qalb egasi bo‘lgan individni poetik kashf qiluvchi san’at hodisasi sifatida qarash o‘rinlasha bordi. Shu tariqa adabiy tanqid insonni badiiy kashf etish va tasvirlash yo‘Ilari hamda usullarining o‘ziga xosliklarini o‘rganuvchi soha b o ‘Iishi lozimligi idrok etildi va badiiy adabiyotga, asosan, san’atkorlik nuqtayi nazaridan yondashish tamoyili
yangi bosqichga o‘tdi. Istiqlol davri tanqididagi yangilanish tamoyillari kcng qamrovli bo‘lib, unda yangilanayotgan metodologik asoslami chuqur anglash,
adabiy tanqid tafakkuridagi yangilanish jarayonlari va omillarini o‘rganish, madaniy merosni, xususan, XX asr o ‘zbek adabiyotini qayta baholash yuzasidan adabiy jarayonda kechgan va kechayotgan izlanishlami turli yondashuv va usullar asosida yangicha o ‘rganishni kasb etish, masalaga miJliy qadi iyatlar nuqtayi nazaridan yondashish tamoyillarini o'zlashtirish, ayni chog‘da, adabiy jarayondagi xilmaxil shakl va uslub izlanishlarini badiiylikning yangicha mezonlari asosida tadqiq etish bosh masalaga aylandi. Adabiy tanqiddagi yangilanish tamoyillari va omillari. M a’lumki, har qanday sohada yangilanish sodir boMishi uchun bir necha muhim
omillar asos vazifasini o‘taydi va bu omillarsiz sohada yangi yo‘nalishlar yuzaga kelmaydi. Adabiy tanqid tafakkuriga xos yangilanish, yangicha tahlil tamoyillarining paydo bo‘Ia boshlashi va shakllanishiga xizmat qiladigan omillar nimalardan iborat, ular adabiy jarayonga qachon va qay tarzda ta’sir ko‘rsatadi, degan savollai^a turli davrlarda turlicha izohlar berilgan. Adabiy tanqid konsepsiyasini yangilaydigan, yangicha qarashlar, tendensiyalar, yo'nalishlar, tahlil prinsiplarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar ikkita bo'lib, ular asosan, ichki va
tashqi mohiyatdan kelib chiqadi. Ichki omil deganda, eng avvalo, yangicha tanqid tafakkurini yuzaga keltiruvchi uning o‘z ichki tabiatidagi xos xususiyatlar, binobarin
qonuniyatlar nazarda tutiladi. Bu qonuniyatlar yuzaga chiqishida alohida iste’dod sohibi bolishi darkor; tanqidchi «m en»ining roli beqiyosdir. Bu omil badiiy
adabiyotning ham ichki qonuniyatlari bilan mustahkam aloqadorlikda kechadi va zohir bo‘ladi. Adabiy tanqidda konsepsiyaning yangilanishi munaqqid dunyoqarashidagi yangilanish bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Dunyoqarash
yangilanmay turib ilm-fanda yangilanish bo‘lishi mushkul. Bu, ayniqsa, ijtimoiy fanlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Shu bois, dunyoqarashning yangilanishi ham ijtimoiy, ham ma’naviy omillarga birdek bog‘liqdir. Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan 0‘zgarishlar jamiyat rna’naviyatida aks etadi. Ayni chog‘da, ma’naviy olam ham ijtimoiy borliqning shaklu shamoyilini belgilovchi muhim omillardan sanaladi.
Bu ikki tushunchani bir-biridan ayri holda qarash masalani jo‘nlashtirishga olib keladi.
Zero, Prczidentimiz I.Karim ov ta ’kidlaganidek, «Insonga xos
orzu-intilishlam i ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy va m a’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o ‘rinli bo‘ladi. Qachonki ana shu ikki muhim omil o‘zaro uyg'unlashsa, tom ma’nodagi qo‘sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida o ‘sish-o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir boMadi»1.
D arhaqiqat, adabiy tanqid tafakkuridagi yangilanish va o‘sish o‘zgarislilarda ham, eng avvalo, ichki omil - munaqqid «men»i, shaxsiyati, dunyoqarashi, intuitsiyasi, tafakkur tarzi va iste’dodi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Adabiy-tanqidiy qarashlami yangilaydigan tashqi omillar esa adabiy jarayon va ijtimoiy hayotdan tashkil topgandir. M a’lumki, har bir badiiy asar aniq shaxs — ijodkor tomonidan yaratiladi. Chinakam iste’dodlar tomonidan yaratilgan badiiy yetuk asarlar poetik tafakkurni u yoki bu jihatdan yangilaydi, adabiy hayotda
yangi tamoyillar, oqimlar va yo‘nalishlarning vujudga kelishiga zamin hozirlaydi.
"Adabiyotda antologiya - odatda birlashtiruvchi mavzudagi yoki mavzu bilan to'plangan asarlar to'plami bo'lib, ular qisqa hikoyalar, esselar, she'rlar, lirikalar yoki pyesalar bo'lishi mumkin va ular odatda tahrirchi yoki kichik tahririyat kengashining e'tiboriga tushib qolishi kerak, shuni ta'kidlash kerakki, agar asarlarning bir joyga to'plangani bir xil muallif tomonidan yozilgan bo'lsa, unda kitob antologiya emas, balki to'plam sifatida aniqlanadi.

Antologiyalar odatda mualliflar o'rniga mavzular atrofida tartibga solinadi.
Garland
Antologiyalar 11-asrga qadar eng qadimgi adabiy asar sifatida paydo bo'lmaydigan romanlardan ancha uzoqroq bo'lgan. "She'riyat klassi" (muqobil "Qo'shiq kitobi" deb nomlanadi) miloddan avvalgi VII-XVII asrlar orasida tashkil etilgan xitoy she'riyatining antologiyasidir. "Antologiya" atamasi Gadaraning "Anthologia" 1 - asrda to'plangan gullar kabi she'riyat mavzusiga bag'ishlangan she'riyat to'plami, "gullar to'plami" yoki "gullar" ma'nosini anglatadi.

20-asr


XX asrdan oldingi antologiyalar mavjud bo'lsa-da, antologiyani adabiy shakl sifatida o'zida aks ettirgan zamonaviy nashriyot sanoati bo'ldi. Antropologning marketing vositasi sifatida afzalliklari ko'p edi:

  • Yangi yozuvchilar yanada tovar nomiga bog'lanishi mumkin

  • Qisqacha ishlarni yig'ish va monetizatsiya qilish osonroq

  • Shu kabi uslublar va mavzular bilan mualliflarni kashf etish yangi o'quv materiallarini qidirib, kitobxonlarni o'ziga tortdi

Bir vaqtning o'zida ta'lim sohasidagi antologiyani ishlatish traksiyaga aylandi, chunki asosiy tafakkur uchun zarur bo'lgan adabiy asarlarning katta hajmi katta ulushlarga ega bo'ldi.
1962 yilda boshlangan "Norton antologiyasi" - ko'plab mualliflarning hikoyalari, insholari, she'rlari va boshqa asarlar to'playdigan mamont kitobidir (masalan, "Amerika adabiyotining Norton antologiyasi"). va butun dunyo bo'ylab tezda sinf xonasining asosiy qismiga aylandi. Antropologiya adabiyotning nisbatan qisqacha shaklida biroz bevosita umumiy nuqtai nazarga ega bo'lsa, keng taklif qiladi.

Download 40,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish