xalq ta’limini isloh qilish yuzasidan ilgari surilayotgan g‘oyalar
shariat
qoidalariga ko‘ra asoslanadi
1
.
Biz bu o‘rinda ikki narsaga e’tibor qaratmoqchimiz: birinchisi –
jadidchilik harakatining O‘rta Osiyo ijtimoiy hayotidagi ichki obyektiv
zarurat tufayli yuzaga kelganligi; ikkinchisi – uning boshida islom diniga
shunchaki aqida emas, balki kishilik jamiyatini takomillashtiruvchi omil
sifatida yondashuvchi ziyolilarning turganligi.
Jadidchilik harakatining ijtimoiy asosini taraqqiyparvar ziyolilar,
ruhoniylar, mulkdorlar va hunarmandlar tashkil qildi. Bu harakat o‘zining
rivojlanishi jarayonida tashkiliy va g‘oyaviy jihatdan
murakkab bosqichlarni
bosib o‘tdi.
Birinchi bosqichga shartli ravishda XX asr boshlaridan to 1910–1914
yillargacha bo‘lgan davrni kiritish mumkin. Bu bosqichni jadidlarning
tashkiliy va g‘oyaviy jihatdan shakllanishi davri, desak bo‘ladi.
Bunda hali uyushmagan jadidlar zamonaviy taraqqiyot talablariga javob
bermaydigan xalq ta’limi tizimini isloh qilish, islom ta’limotini
aqidaparastlikdan mosuvo etishdan iborat oddiy ma’rifiy va madaniy ishlarni
maqsad qilib qo‘yadilar. Chunki ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy
sohalarda
mutaassiblik, johillik, xurofotning hukmronligi, o‘quv uslubining o‘ta
ibtidoiy va qoloqligi, aniq maqsadlar aks etgan dasturlarning yo‘qligi maktab
va madrasalarda ta’limga e’tibor berilmayotganligining sababi edi. Shu bilan
birga, o‘quv muassasalarining rasman ruhoniylar ixtiyorida bo‘lganligi va
ularning ko‘pchiligi o‘ta mutaassibligi ta’lim tizimini isloh qilishga, islom
ta’limotining o‘zini qotib qolgan aqidaparastlikdan
xalos qilishga imkon
bermas edi.
Belgilangan maqsadni quyidagi vazifalarni bajarish orqali amalga oshirish
rejalashtirildi:
1) ta’lim usullarini o‘zgartirish, ya’ni qo‘llanib kelayotgan va samarasiz
«harfdan – tovushga» qoidasini qulayroq «tovushdan – harfga» o‘tish usuli bilan
almashtirish hamda o‘quv rejalarida dunyoviy bilimlarning yetakchi o‘rin
egallashini ta’minlash;
2) yoshlar tarbiyasida va aholining ma’naviyatini shakllantirishda islom
ta’limotiga asoslanish; ammo uning turli sharhlarini o‘rganish emas, balki
Qur’oni karim, hadislar va shariat normalarini asl manbalar asosida tahlil
qilish; ulardagi qoidalarga ko‘r-ko‘rona amal qilish o‘rniga
ularni inson
manfaati va taraqqiyoti uchun xizmat qildirish. Bu fikrni Abdurauf Fitrat
Qur’on oyatlari asosida asoslaydi: «Olloh taolo Qur’onda biz insonni
maqtab, yuksak baho berib, xalq etib yaratdik... barcha yer va osmondagi
narsalarga sizlarni hukm etuvchi deb buyurdik... deydi. Demak, mulohaza
eting, agar yer va osmondagi narsalarning bir qismi insonning buyrug‘iga
bo‘ysunmas ekan, farangiylar bu yelkanli kemalar va havodagi uchish
vositalarini qayerdan yaratmoqdalar»
2
;
3) aholini taraqqiy etgan davlatlardagi ijtimoiy hayotning yutuqlari bilan
1
Batafsilroq ma’lumot olish uchun qarang:
Арифджанов
Э
.
Қ
.
ХХ
аср
бошларида
Бухоро
маданияти
:
ҳақиқат
ва
афсоналар
. –
Т
., 1998. – 24–25-
б
.
2
Фитрат
А
.
Ҳинд
сайёҳи
қиссаси
//
Шарқ
юлдузи
. – 1991. –
№
8. – 36-
б
.
129
tanishtirish
orqali jaholatdan qutqarish, ko‘zini ochishni maqsad qilib
qo‘ygan ommaviy axborot vositalarini yaratish.
Jadidlar o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish va xalq ta’limining yangi
tizimini yaratishga harakat qildilar. Ular taraqqiyparvar ulamolar, mulkdorlar
yordamida bir qancha «jadid» («yangi uslub») maktablarini tashkil qildilar.
Bu maktablar o‘zining dastlabki davridayoq samarali ekanligini isbotlab,
aholining e’tiborini qozondi va tez orada ko‘payib bordi. Faqat
Turkistonning asosiy shaharlarida 92 ta yangi uslub maktablari faoliyat
ko‘rsatgan
1
.
Shunga qaramay, aholini xurofotda saqlashdan manfaatdor
jaholatparst ruhoniylar jadid maktablarining faoliyatiga qarshilik ko‘rsatdilar.
Chor Rossiyasining ma’muriyati esa vaziyatni qo‘ldan chiqarmaslik uchun
bu maktablarni o‘z nazoratida ushlab turish borasida maxsus xizmatlarga
topshiriq berganligi arxiv materiallaridan ma’lum.
Masalan, Rossiyaning Buxorodagi siyosiy agenti Turkiston general-
gubernatori S. V. Chirkinga yozgan maxfiy xatida (1914 y.) amirlikdagi
jadid maktablarining tashkilotchilari va o‘quvchilarining tarkibi haqida
batafsil ma’lumotlar keltiradi va bu maktablarni aholi yaxshi qabul
qilayotganligini
tashvishlanib yozadi
2
.
Jadid maktablarining aholi e’tiborini qozonganligini quyidagi dalil bilan
ham isbotlash mumkin. 1914 yilda Buxoro amiri Sayid Olimxon jamiyatda
endigina o‘z o‘rnini topayotgan yangi uslub maktablarini yopishga, ota-
onalardan bolalarni maktabga yubormaslik haqida tilxat olishga farmon
beradi. Shunday bo‘lishiga qaramay, amalda yopilgan 4 ta maktab o‘rniga 45
ta norasmiy maktab pinhona ochiladi va faoliyat ko‘rsatadi
3
.
Jadidlar Turkiston kelajagi bilan bog‘liq g‘oyalarni xalqqa yetkazish
maqsadida o‘z gazeta va jurnallarini yaratishga harakat qildilar.
Maxmudxo‘ja Behbudiy 1913 yildan boshlab «Samarqand» gazetasini chop
qila boshladi. Keyinchalik bu gazeta «Oyna» jurnaliga aylantirildi. Bundan
tashqari, «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat», «Sadoi Turkiston», «Sadoi
Farg‘ona», «Buxoroi sharif», «Turon» kabi gazetalar
va jurnallar vaqti-vaqti
bilan chiqib turdi. Ular mahalliy aholining siyosiy va milliy ongini
shakllantirishda katta ahamiyat kasb etdi. Shulardan «Sadoi Turkiston»
gazetasi mamlakatni g‘aflat uyqusidan uyg‘otish va jaholatdan xalos
etishning, madaniy-ma’rifiy uyg‘onishning bosh targ‘ibotchisi bo‘ldi, deyish
mumkin. Uning birinchi soni 1914 yil 1 aprelda dunyo yuzini ko‘rdi.
Gazetaning eng katta xizmatlaridan biri millatni g‘aflat uyqusidan
uyg‘otishga qaratilgan murosasiz tanqidiy qarashlari edi. Bu borada gazeta
yosh shoirlarning ijodidan foydalanishga harakat qildi. Misol tariqasida shoir
Abulhamid Cho‘lponning gazeta sahifalarida e’lon qilingan «Turkistonlik
qardoshlarimizga» she’ridan parcha keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: