musulmonlari» kitobida o‘z ifodasini topdi. Ularning mohiyatini quyidagilar
tashkil qiladi:
– Rossiya ma’muriyati musulmonlarni atayin taraqqiyotdan, ilm-
ma’rifatdan uzoqda tutayotganligini, musulmonlarning tili, dini, turmush
tarzini buzayotganligini tan olish;
– musulmonlarning hayotini rus tili emas, balki anglash oson, eng
ta’sirchan va tushunarli bo‘lgan ona tilida o‘zlashtiriladigan ilm-fangina
o‘zgartirishi mumkinligini, musulmonlar ta’lim tizimi zamon talabidan
orqada qolganligini ta’kidlash;
– musulmonlarning Rossiyani, uning hayotini va qonunlarini
o‘rganishlari, tor dunyoqarashlarini yangilashlari, hayotni jonlantiruvchi
bilimga ega bo‘lishlari uchun imkon yaratish lozimligini uqtirish;
– Rossiya tarkibida yashamoqchi bo‘lgan turkiy xalqlarning amaldagi
teng huquqliligini ta’minlash uchun ularning turmush tarzi, urf-odatlari,
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini saqlab qolish kerakligini, aks holda, u
o‘zligini yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlash;
– taraqqiyotga, madaniyatga erishish, adolat o‘rnatish uchun jahondagi
tartibni buzishga, sotsialistik inqilobga hojat yo‘qligini, aks holda, katta
qiyinchiliklarga duch kelinishini anglash
1
.
Agar Ismoilbey G‘asprali g‘oyalarining mohiyatiga nazar tashlasak,
ularning, ayniqsa, dastlabki davrda Rossiyaning ruslashtirish siyosatiga
qarshi qaratilganligi, yuksak taraqqiyotga milliylikni saqlagan holda
erishishga chaqirishi sezilib turishini ko‘ramiz.
Ismoilbey Faspralining O‘rta Osiyoda jadidchilik g‘oyalarini tarqatishdagi
xizmatlarini tan olamiz. Ammo ayni paytda o‘zbek ziyolilarining ham bu
boradagi harakatlari munosib baholanishi kerak, deb hisoblaymiz. Ularning
ko‘pchiligi jadidchilik g‘oyalariga o‘z yo‘li bilan mustaqil ravishda yetib
kelganlar. Bugungi kunda Turkiston jadidlarining rahnomasi, asli
samarqandlik Mahmudxo‘ja Behbudiy, toshkentlik Munavvarqori
Abdurashidxonov va buxorolik Abdurauf Fitratning taraqqiyparvarlik
harakatiga asos solganliklari, unga rahbarlik qilganliklari hammaga ma’lum.
Shu bois, biz, ularning xizmatlariga batafsil to‘xtalmay, Buxoroning
ko‘pchilik uchun tanish bo‘lmagan 12 nafar ulamosidan biri domla
Ikromning bu boradagi faoliyati haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
Domla Ikrom XIX asrning oxirlarida Makkaga qilgan safari davomida
Yaqin Sharqning bir qancha mamlakatlarida, jumladan Turkiyada ham
bo‘lib, u yerlardagi ta’lim tizimi bilan tanishadi. Qaytganidan so‘ng, hayotini
islomni mutaassiblik va aqidaparastlikdan xalos etish, ta’lim tizimini isloh
qilish, dars jadvaliga dunyoviy bilimlarni kiritishga bag‘ishlaydi. U amir,
mufti, qozi va ulamolarning noto‘g‘ri siyosatini tanqid qiladi. Domla Ikrom
o‘zining jadid maktablari, umuman, Buxorodagi xalq ta’limi tizimiga oid
izlanishlarining natijalari va fikr-mulohazalarini umumlashtirib, bir risola
yozadi, uni chop ettirib, xalq orasida tarqatadi. Risolaning birinchi qismida
jamiyatdagi umumiy kamchiliklar oshkora tanqid qilinadi, ikkinchi qismida
hokimlar, qozilar, ulamolarning kirdikorlari ochib tashlanadi, so‘ngida esa
1
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: